1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Kuzatish  usulining  o`ziga  xos  xususiyatlari.  Kuzatish  bilishning  eng  faol 
shakllaridan  biri  sifatida  tashqi  olam  ob`ektlari  haqidagi  dastlabki  tasavvurlar  majmuidir. 
Ayni chog`da shuni qayd etish lozimki, kuzatish tafakkur bilan chambarchasb bog`langan 
idrok  formasi  hamdir.  Kuzatishning  muhim  o`ziga  xosliklaridan  biri-fikrlay  turib  ko`ra 
bilishdir.  
Kuzutish 
usulining 
sotsiologiyada 
keng 
qo`llanilib 
kelayotgan 
muhim 
ko`rinishlaridan 
biri-bevosita 
kuzatish 
shaklidir. 
Bevosita 
kuzatish 
amalga 
oshirilayotganda  tadqiqotchi  bilan  ob`ekt  o`rtasida  to`g`ridan-to`g`ri  munosabat  yuzaga 
keladi.  Kuzatishning  ikkinchi  kata  yo`nalishida  bilvosita  kuzatish    shakli  orqali  bevosita 
kuzatish  usulida  qo`lga  kiritilgan  ma`lumotlar  boyitiladi,  kerakli  o`zgarishlar  va 
to`ldirishlar  kiritiladi.  Kuzatishning  muhim  shakllaridan  yana  biri-o`z-o`zini  kuzatishdir. 
Bunday  hollarda  o`rganilayotgan  shax  stadqiqot  ob`ektidan  tadqiqot  sub`ektiga  aylanadi. 
O`z-o`zini  kuzatish  natijalariga  ko`ra,  pedagog  o`z  faoliyatiga  zarur  o`zgarishlar  kiritishi 
mumkinki, shu  narsa, ayniqsa, diqqitga sazovordir.  Kuzatish  usullarining  tabiiy sharoitda 
kechuvchi muhim ko`rinishlaridan biri – ochiq - oydin kuzatish shaklidir. Bunday kuzatish 
shakliga  misol  qilib,  kelin-kiyovlarning  to`y  marosimidagi  holatlari,  vafot  etganlar 
qarindoshlarining  g`amgin  holatlari,  tantanali  lenta  qirqish  epizodlari  va  boshqa  hayotiy 
lavhalarni  keltirish  mumkin.  Ochiq-oydin  kuzatishning  pedagogik  jarayondagi 
ko`rinishlari  muayyan  qiyinchiliklarga  ham  ega.  Bunday  usuldagi  kuzatishda 
tekshiriluvchi  tabiiy  xatti-harakatlar  o`rniga  atrofdagi  kishilar  xohishiga  ma`lum  darajada 
mos  tushuvchi  xarakatlar  qilishga  moyil  bo`ladi.  Masalan,  yosh  bolalarni  kattalar 
tomonidan  ochiq  kuzatishga  jalb  etilsa,  bolalar  o`zlarini  kattalar  tomonidan,  faqat  ijobiy 
baholanishlariga  jiddiy  xarakat  qila  boshlaydilar.    Ana  shu  kamchiliklarni  to`ldirish 
maqsadida  sotsiolog  tekshiriluvchi  ob`ektlar  faoliyati  ustidan  yashirin  kuzatish  ishlarini 
olib boradi. Yashirin kuzatish garchi odobsizlik hisoblansa-da, yaxshi maqsadlarga xizmat 
qilishi  nuqtai  nazaridan  va  keng  tarqalgan  sotsiologik  shakl  sifatida  muhim  ahamiyatga 
ega.  Shu  o`rinda,  birovlarning  sir-asrorini  bilish,  xufiya  ish  tutish,  umuman,  birovlarning 
xatti-xarakatlarini  yomon  niyatlarda  kuzatish  singari  tasavvurlarni  ilmiy  kuzatish 
shakllaridan keskin ajratish lozim. Albatta, yashirin kuzatish ochiq kuzatish ochiq kuzatish 
shakli  bilan  uyg`un  holatda  qo`llanilganda,  olinadigan  samara  yanada  yaqqolroq  bo`ladi. 


 
198 
Kuzatish  usullarining  yana  bir  shakli-uzluksiz  kuzatishdir.  Uzluksiz  kuzatish  muayyan 
ijtimoiy-pedagogik  jarayonni  boshdan  oxirigacha  nazorat  qilib  turish  zarurati  tug`ilganda 
keng  qo`llaniladi.  Bunday  hollarda  kuzatishning  vaqt  jihatidan  chegaralanganligi 
kechayotgan voqeaning qancha davom etishi bilan bog`liq, masalan, muayyan dars sifatini 
tekshirishga bag`ishlangan uzluksiz kuzatish 45  minut, navro`z bayramini kuzatish 3 kun, 
ramazon bayramlari 4 kun davom etishi  mumkin. Uzoq vaqtga mo`ljaallangan kuzatishga 
5-6  kishidan  iborat  guruh  tuzilib,  har  bir  kishiga  muayyan  vazifalar  yuklab  qo`yiladi. 
Tugallangan  yoki  nihoyasi  aniq  bo`lmagan  jarayonlarni  uzluksiz  kuzatish  kutilgan 
natijalarga  hamisha  ham  olib  kelavermaydi.  Bunday  hollarda,  diskert  (ahyon-ahyon, 
alohida) kuzatish shakliga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.  
Muayyan ob`ektni quyidagi talablardan kelib chiqib, kuzatish lozim: 1.Bir ob`yektni 
o`rniga  turli  xil  kishilar  tomonidan  kuzatish  kerak.  Kuzatish  jarayoni  tugagach,  mazkur 
ob`yekt  haqidagi  fikrlar  taqqoslanadi.  Bu  talabga  rioya  qilinganda  mazkur  ob`yekt 
xususida  sub`ektiv  fikr  emas,  balki  umumiy  fikr,  ob`yektiv  pozitsiya  yuzaga  keladi. 
2.Kuzatish  jarayoni  yashirin  bo`lishi  muhim,  zero  manzara  sezilarli  kuzatish  ta`sirida 
buzilishi  mumkin.  Bu esa kuzatish  natijalari tabiiy  va ishonarli chiqmasligiga olib keladi. 
Kuzatuvchi  ba`zan  devor  ortidan  turib,  maxfiy  kuzatuvchi,  ba`zan  esa  bahs-
munozaralarning  faol  ishtirokchisi  sifatida,  o`z  vazifasini  sir  tutgan  holda,  muayyan 
kuzatish ishlarini ham olib bora oladi. 3.Kuzatish davomida tegishli omil, holat, belgilarni 
mufassal  qayd  etib  borish  lozim.  Mazkur  jarayon  ishini  texnik  vositalarni  qo`llab 
engillashtirish maqsadida kinoga olish yoki magnit tasmalarga yozib borishning ahamiyati 
kattadir. 4.Kuzatish  natijalari  tarbiyaviy jarayon  ishtirokchilarining o`z-o`zini kuzatish  va 
o`z-o`zini  baholash  natijalari  bilan  qiyoslanishi  maqsadga  muvofiqdir.  5.Kuzatish 
usulining  muhim kamchiligi reprezentativlik talabiga rioya qila olmasligidir. Shu boisdan 
ham,  kuzatish  usulini  sotsiologik  tadqiqotlarning  boshqa  usullari  bilan  uyg`un  holda 
amalga oshirish lozim. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish