Kuzatish usulining o`ziga xos xususiyatlari. Kuzatish bilishning eng faol shakllaridan biri sifatida tashqi olam ob`ektlari haqidagi dastlabki tasavvurlar majmuidir. Ayni chog`da shuni qayd etish lozimki, kuzatish tafakkur bilan chambarchasb bog`langan idrok formasi hamdir. Kuzatishning muhim o`ziga xosliklaridan biri-fikrlay turib ko`ra bilishdir.
Kuzutish usulining sotsiologiyada keng qo`llanilib kelayotgan muhim ko`rinishlaridan biri-bevosita kuzatish shaklidir. Bevosita kuzatish amalga oshirilayotganda tadqiqotchi bilan ob`ekt o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri munosabat yuzaga keladi. Kuzatishning ikkinchi kata yo`nalishida bilvosita kuzatish shakli orqali bevosita kuzatish usulida qo`lga kiritilgan ma`lumotlar boyitiladi, kerakli o`zgarishlar va to`ldirishlar kiritiladi. Kuzatishning muhim shakllaridan yana biri-o`z-o`zini kuzatishdir. Bunday hollarda o`rganilayotgan shax stadqiqot ob`ektidan tadqiqot sub`ektiga aylanadi. O`z-o`zini kuzatish natijalariga ko`ra, pedagog o`z faoliyatiga zarur o`zgarishlar kiritishi mumkinki, shu narsa, ayniqsa, diqqitga sazovordir. Kuzatish usullarining tabiiy sharoitda kechuvchi muhim ko`rinishlaridan biri – ochiq - oydin kuzatish shaklidir. Bunday kuzatish shakliga misol qilib, kelin-kiyovlarning to`y marosimidagi holatlari, vafot etganlar qarindoshlarining g`amgin holatlari, tantanali lenta qirqish epizodlari va boshqa hayotiy lavhalarni keltirish mumkin. Ochiq-oydin kuzatishning pedagogik jarayondagi ko`rinishlari muayyan qiyinchiliklarga ham ega. Bunday usuldagi kuzatishda tekshiriluvchi tabiiy xatti-harakatlar o`rniga atrofdagi kishilar xohishiga ma`lum darajada mos tushuvchi xarakatlar qilishga moyil bo`ladi. Masalan, yosh bolalarni kattalar tomonidan ochiq kuzatishga jalb etilsa, bolalar o`zlarini kattalar tomonidan, faqat ijobiy baholanishlariga jiddiy xarakat qila boshlaydilar. Ana shu kamchiliklarni to`ldirish maqsadida sotsiolog tekshiriluvchi ob`ektlar faoliyati ustidan yashirin kuzatish ishlarini olib boradi. Yashirin kuzatish garchi odobsizlik hisoblansa-da, yaxshi maqsadlarga xizmat qilishi nuqtai nazaridan va keng tarqalgan sotsiologik shakl sifatida muhim ahamiyatga ega. Shu o`rinda, birovlarning sir-asrorini bilish, xufiya ish tutish, umuman, birovlarning xatti-xarakatlarini yomon niyatlarda kuzatish singari tasavvurlarni ilmiy kuzatish shakllaridan keskin ajratish lozim. Albatta, yashirin kuzatish ochiq kuzatish ochiq kuzatish shakli bilan uyg`un holatda qo`llanilganda, olinadigan samara yanada yaqqolroq bo`ladi. Kuzatish usullarining yana bir shakli-uzluksiz kuzatishdir. Uzluksiz kuzatish muayyan ijtimoiy-pedagogik jarayonni boshdan oxirigacha nazorat qilib turish zarurati tug`ilganda keng qo`llaniladi. Bunday hollarda kuzatishning vaqt jihatidan chegaralanganligi kechayotgan voqeaning qancha davom etishi bilan bog`liq, masalan, muayyan dars sifatini tekshirishga bag`ishlangan uzluksiz kuzatish 45 minut, navro`z bayramini kuzatish 3 kun, ramazon bayramlari 4 kun davom etishi mumkin. Uzoq vaqtga mo`ljaallangan kuzatishga 5-6 kishidan iborat guruh tuzilib, har bir kishiga muayyan vazifalar yuklab qo`yiladi. Tugallangan yoki nihoyasi aniq bo`lmagan jarayonlarni uzluksiz kuzatish kutilgan natijalarga hamisha ham olib kelavermaydi. Bunday hollarda, diskert (ahyon-ahyon, alohida) kuzatish shakliga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.
Muayyan ob`ektni quyidagi talablardan kelib chiqib, kuzatish lozim: 1.Bir ob`yektni o`rniga turli xil kishilar tomonidan kuzatish kerak. Kuzatish jarayoni tugagach, mazkur ob`yekt haqidagi fikrlar taqqoslanadi. Bu talabga rioya qilinganda mazkur ob`yekt xususida sub`ektiv fikr emas, balki umumiy fikr, ob`yektiv pozitsiya yuzaga keladi. 2.Kuzatish jarayoni yashirin bo`lishi muhim, zero manzara sezilarli kuzatish ta`sirida buzilishi mumkin. Bu esa kuzatish natijalari tabiiy va ishonarli chiqmasligiga olib keladi. Kuzatuvchi ba`zan devor ortidan turib, maxfiy kuzatuvchi, ba`zan esa bahs-munozaralarning faol ishtirokchisi sifatida, o`z vazifasini sir tutgan holda, muayyan kuzatish ishlarini ham olib bora oladi. 3.Kuzatish davomida tegishli omil, holat, belgilarni mufassal qayd etib borish lozim. Mazkur jarayon ishini texnik vositalarni qo`llab engillashtirish maqsadida kinoga olish yoki magnit tasmalarga yozib borishning ahamiyati kattadir. 4.Kuzatish natijalari tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarining o`z-o`zini kuzatish va o`z-o`zini baholash natijalari bilan qiyoslanishi maqsadga muvofiqdir. 5.Kuzatish usulining muhim kamchiligi reprezentativlik talabiga rioya qila olmasligidir. Shu boisdan ham, kuzatish usulini sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari bilan uyg`un holda amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |