22-mavzu: Mehnat munosabatlarini tartibga solishda
Xalqaro Mehnat Tashkilotining o`rni va ahamiyati.
Reja:
1.Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi.
2.Xalqaro Mehnat Konferetsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faollligini tashkil etish.
Tayanch iboralar:
xalqaro Mehnat Tashkiloti; muzokaralar; ijtimoiy-mehnat munosabatlari; Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi; ma`muriy kengash; tarmoq qo`mitalari; sulh, mehnat sharoitlari; aholini ijtimoiy muhofaza qilish; delegat; farmoyish beruvchi qo`mita; vakolatlarni tekshirish qo`mitasi; moliyaviy qo`mita; konventsiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish qo`mitasi; koventsiya; Xalqaro Mehnat Byurosi (XMB); ijtimoiy hamkorlik loyihalari; ijtimoiy-axborot markazi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil eitilishi va rivojlanishi.
Ijtimoiy sulhni barpo etish va saqlash, inson huquqlarii himoya qilish, uch tomonlama muzokaralar o`tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzildi. U o`zining faoliyati mobaynida juda katta tajriba to`pladi va muzokaralar o`tkazish jarayonini rivojlantirish, hamda vujudga kelgan ijtimoiy-mehnat muammolarini va ixtiloflari uch tomonlama muzokaralar va bitimlar asosida tartibga solish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi.
XMT 1919 yilda g`arb sotsial-demokratiyasining tashabbusi va ishtiroki bilan jamiyatda zo`ravonlik bilan bo`ladigan ziddiyatlarning oldini olish uchun xalqaro tashkilot sifatida tashkil etildi. XMTning tuzilishi murakkabdir. U:
-Xalqaro Mehnat Konferentsiyasini;
-tarmoq qo`mitalari;
-mintaqaviy Konferentsiyalar va mintaqaviy maslahat qo`mitalari;
-Ma`muriy kengash;
-Bosh direktor boshchiligidagi Xalqaro mehnat byurosini o`z ichiga qamrab oladi.
XMT-eng keksa va yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Versal sulh shartnomasiga muvofiq.
Millatlar Ligasi huzurida avtonom tashkilot 1946 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasasi bo`ldi. Uning eng faol tashkilotchilardan biri va birinchi rahbari (1919-1932 yillar) - Xalqaro Mehnat Byurosining direktori Al’bert Toma siyosiy arbob va Frantsiya xukumatida vazir bo`lgan edi.
1944 yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tashkil topganiga 25 yil to`lganda Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi Filadel’fiyada Deklaratsiya qabul qiladi, unda Ustav bilan birgalikda tashkilotning maqsad va vazifalari belgilab beriladiki, ular hozirgi kungacha o`z ahamiyatini asosan saqlab kelmoqda. Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, Xalqaro Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:-ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishga qaratilgan xalqaro siyosat va dasturlarni ishlab chiqish;
-mazkur siyosatni amalga oshirish maqsadida Konventsiyalar va Tavsiyalar tarzida mehnat normalarini yaratish va qabul qilish;
-ishtirok etuvchi mamlakatlarga ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda yordam (texnikaviy va boshqa hamkorlik) berish;
-inson huquqlarini himoya qilish (mehnat qilish huquqi, birlashish huquqi, majburlovchi mehnatdan, kamsitishdan himoya qilish va shu kabilar);
-mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilash uchun kambag`allikka qarshi kurash olib borish, ijtimoiy ta`minotni rivojlantirish;
-mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish muhitini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi dasturlarini ishlab chiqish, atrof muhitni muhofaza qilish va tiklash;
-mehnatkash va tadbirkorlar tashkilotlariga ularning ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasida xukumat bilan birga olib boradigan ishlarida yordam berish;
-mehnatkashlarning eng nochor guruhlarini: xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, keksa kishilar, kelgindi (mehnat) kishilarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Shu bilan birga, hozirgi sharoitda tashkilot faoliyatining ustivor yo`nalishlarini belgilab olish zarurligi paydo bo`ldi. XMTning keyingi yillardagi faoliyat dasturlarida bu yo`nalishlarni asosan quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
-demokratiyalash jarayonini qo`llab-quvvatlash, toki u uch tomonlama muzokaralar asosida, ya`ni har bir davlatdagi sanab o`tilgan uch sherik o`rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordvam bersin;
-kambag`allikka qarshi kurashi, ayniqsa, aholining ish bilan badligii oshirish hisobiga, xususan, ishchi kuchini keng suratda qayta tayyorlashni tashkil etish yo`li bilan davom ettirish;
-mehnatkashlarning barcha shakllardagi mehnat va fuqarolik huquqlarini himoya qilish.
Shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkiloti o`z ishida usullardan foydalanadi. Ulardan uchta asosiysini ajratib ko`rsatish mumkin:
1.Xalqaro Mehnat normalarini ishlab chiqish va qabul qilish, koventsiyalar va tavsiyalar, hamda ularning bajarishini nazorat qilish.
2.Ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda mamlakatlarga yordam ko`rsatish.
3.Ijtimoiy – mehnat muammolari sohasida tadqiqotlar o`tkazish va nashr ishlarini amalga oshirish.
Binobarin, Xalqaro Mehnat Tashkiloti murakkab rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Uning tashkil etilishi vaqtida 45 davlat ishtirok etgan bo`lsa, 1944 yilda 171 ta davlat ishtirok etdi, ularda jahonning 90 foiz aholisi istiqomat qilar edi. Sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga 1934 yildan 1940 yilgacha a`zo bo`lib turdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi munosabati bilan va urushdan keyingi dastlabki yillarda sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ishtirok etishni to`xtatdi va o`zining bu tashkilotga ishtirokini 1954 yilda tikladi. Ayni paytda XMTga Ukraina va Belorussiya a`zo bo`lib kirdilar. Ittifoq inqirozga uchragandan keyin, O`zbekiston Respublikasi ham mustaqil davlat sifatida 1992 yil 13 iyul’da BMTning maxsus muassasi-Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi. XMT va O`zbekiston xukumati tashabbusi bilan 1993 yil iyunda Toshkentda «Mehnat bozori va O`zbekiston aholisini ijtimoiy muhofaza qilish» va 1994 yil aprel’ oyida «Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishda o`z-o`zini ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzularida xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Ta`kidlash joizki, 1969 yil Tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan unga Nobel’ mukofoti berildi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti ishida ko`pgina tajriba to`plangan bo`lishiga qaramasdan hali ko`p muammolar ko`zga tashlanadi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
1.XMT garchi siyosatdan xoli tashkilot, deb e`lon qilingan bo`lishiga qaramasdan, baribir hali ma`lum darajada siyosiy tashkilot bo`lib qolayotir. Bu hol Markaziy va Sharqiy Evropaning sobiq sotsialistik mamlakatlariga salbiy va ajratuvchilik bilan munosabatda bo`lishda o`z ifodasini topgan edi. Mazkur mamlakatlarning rahbariyatlari sotsialistik yo`alishdan voz kechgandan keyin va bozor munosabatlariga o`tishgach, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bu mamlakatlarga nisbatan munosabati o`zgarmoqda. Lekin, kelgusida bu munosabatlarning qanday bo`lishi hozircha noma`lumdir.
2.XMTning katta tajribasidan, uning ishlab chiqqan va qabul qilgan ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida konventsiyalari va tavsiyalaridan nimalarni va qanday foydalanish mumkinligini hali o`rganish va amalda sinab, tekshirib ko`rishni talab qiladi.
Rossiyaning Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan o`tkazgan dastlabki maslahatlari, hamda, Xalqaro Mehnat Byurosining bandlik masalalari yuzasidan bergan tavsiyalari shuni ko`rsatadiki, hali uning faoliyati Rossiya xalqlarining milliy xususiyatlari, an`analari, tafakkur tarzi etarli darajada hisobga olinayotgani yo`q.
3.Jahonda ro`y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlar Tashkilotning maqsadlari, vazifalari va ish yo`nalishlarida tegishli o`zgarishlar qilinishini talab qiladi. Bundan bir necha yil muqaddam Xalqaro Mehnat Tashkilotining Ustaviga ayrim o`zgarishlar kiritilgan edi, bugungi kunga kelib etarli bo`lmay qoldi. Hayotning ko`rsatishicha, ish rejalarini o`rtacha muddatli (6 yilga mo`ljallab) tuzish tajribasi o`zini unchalik oqlamadi.
4.Tashkilot va uning asosiy organlarining tuzilishida bir qator muammolar bor. Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi har yili to`planadi va uning ishida ko`pgina delegatlar va maslahatchilar ishtirok etadilar. Bu esa Xalqaro Mehnat Tashkilotidan ham, shuningdek, ishtirok etuvchi mamlakatlardan ham ko`pgina kuch g`ayrat va mablag` sarflashni talab qiladi.
5.Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ma`muriy Kengashning tuzilishi bir necha o`n yillardan buyon o`zgarmay keladi. Sanoat jihatidan ancha rivojlangan mamlakatlardan XMT xukumat a`zolarining doimiy soni (10) haqidagi masala qayta qarab chiqilishi kerak, chunki, u rivojlanayotgan mamlakatlarning noroziligiga sabab bo`lib kelayotir.
6.XMT ning butun ishida uni mutaxassis kadrlar bilan to`ldirib borish, shuningdek, ekspertlar va maslahatchilarni mintaqalarda ishlash uchun tanlash ham g`oyat muhim ahamiyatga egadir. Bu erda kadrlarning barqarorligini ta`minlash ijobiy holdir. Lekin, uning o`z kamchiliklari ham bor. Bu mutaxassislar o`zlarining mamlakatlaridan uzilib qolgan, batamom xalqaro amaldorlarga aylangan Xalqaro Mehnat Byurosining xodimlari o`z xalqidan, uning orzu-umidlari va manfaatlaridan ajralib qoladilar. Turli mamlakatlar va mintaqalarning vakillari Xalqaro Mehnat Byurosida bir tekisda taqsimlanmagan. Bu muammo ma`lum bo`lsa ham, lekin hal qilinmasdan kelmoqda.
Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faolligini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |