Hujjatlarni o`rganish sotsiologik tadqiqot usuli sifatida. Hujjat-moddiy material hisoblanib, voqea va faktlar xususidagi ma`lumotlarni ifodalaydi. Hujjatlarni taxminan shunday xarakterlash mumkin: 1.Hujjatlarda muhr, shtamp, bosmaxona blanka belgilari bo`lib, ular muayyan muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi. 2.Hujjat ma`lum mansaabdor shaxs tomonidan imzolangan bo`lib, uning ismi-sharifi va unvoni aks etadi. 3.Hujjatda, u tuzilgan joy vaqt,qabul qili shva muayyan adresga jo`natish belgilari qayd etilgan bo`ladi.
Umuman olganda, sotsiolog u yoki bu hujjatni o`rganar ekan, uning quyidagi tomonlariga ahamiyat berishi lozim:
1.Hujjatning ko`rinishi, shakli, hajmi.
2.Hujjat qanday tuzilgan.
3.Hujjat mualliflari.
4.Hujjatni tuzishdan maqsad.
5.Hujjatning haqqoniyligi darajasi.
6.Qayd etilgan ma`lumotlarning ishonchga arzish-arzimasligi.
7.Hujjatning ijtimoiy ahamiyati.
8.Hujjatning faktik mazmuni.
9.Hujjatning baholovchi mazmuni.
10.Hujjat muallifiga nisbatan qanday xulosalar qilish lozimligi.
Hujjatlarni o`rganish va tahlil etish usulini shartli ravishda ikkiga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir:
1.An`anaviy, klassik, mazmuniy tahlil.
2.Sifat miqdoriy yoki kontent tahlil.
Agar hujjatlarni an`anaviy yoki mazmuniy tahlil usulida muayyan tadqiqot ob`ektining tshqi ko`rinishi, hajmi, nima haqidaligi, muallifi, ishonchlilik me`yori, foydalilik darajasi, kimga mo`ljallanganligi, qaysi tildaligi va hokazolar atroflicha o`rganilib, xulosa qilinsa, kontent tahlilda o`rganish ko`lami jiddiy teranlashadi vat adqiqotchi o`zi o`rganayotgan manbaning mohiyat asoslariga nazar sola boshlaydi. Odamda, hujjat hajmi va mazmun ko`lamiga ko`ra, kontent tahlil usuli ikki yo`nalishda, ya`ni deduktiv va induktiv usullarda amalga oshiriladi. Ilmiy bilishning deduktiv usuli qo`llanilganda, hujjatning muayyan bir jihati mufassal va atroflicha tadqiq etilib, hujjat xususida umumiy ilmiy xulosaga kelinadi. Induktiv usulda hujjat mohiyati har tomonlama o`rganilib, uning umumiy mazmuni va tarkibiy qismlari xususida ham to`laqonli yaxlit fikr yuzaga keladi. Sotsiolog tadqiqotning ishonchli va har tomonlamaasosli chiqishi uchun, avvalo, induktiv usulga murojaat etishi va muayyan til doirasidagi hujjatlarni atroflicha o`rganib, mavzu xususida umumiy bilimlarga ega bo`lishi va muayyan tasavvur hosil qilishi maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida esa, ana shu tasavvurga mustahkam tayangan holda, sotsiolog deduktiv usulni qo`llab, konkret tanlab olingan hujjat tahlilini amalga oshirishi va ilmiy asoslangan yaxlit umumiy xulosaga erishishi mumkin.
Xullas, hujjatlarni o`rganish va tahlil etish jarayonida an`anaviy, mazmuniy tahlil usuli kontent tahlil usuli bilan birgalikda qo`llanilgan hollarda tadqiq ob`ektini o`rganish birmuncha qulaylashib, ijtimoiy axborot manbalariga chuqurroq kirib borish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |