4.Joylashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iborat. 5.Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funktsiyasi. Bu funktsiyaning vazifasi to’lovga qodir talabni muvofiqlashtirishdir, bunday talab deganda, xaridorlarning pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qodir talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |