Etiborga molik jixat: Bolajonlar o’zlariga ro’llar olib jamoa bo’lib ishlay oladilar.
33-Mavzu:
To’kiladigan maxsulotlarni hajmini o’lchash
Maqsad: To’kiladigan maxsulotlar haqida tushunchaga ega bo’ladi, to’kiladigan narsalarni hajmini biladi, to’kiladigan narsalarning hajmini o’lchay oladi, o’lchov asboblarini bilib oladi, o’lchash usullarini o’rganadi, tabiat narsa va predmetlarga o’z munosabatini bildiradi.
Kerakli jixozlar va materiallar: Shakar yorma maxsulotlari, tarqatmalar, rasmlar, shartli o’lchovlar
Fan va tabiat markazi: Faoliyatning borishi:
1. To’kiladigan maxsulotlar haqida tushunchaga ega bo’lish
2. To’kiladigan maxsulotlarni hajmini o’lchash
3. O’lchash usullari va asboblarni o’rganish
4. Rasmlar va tarqatmalar bilan ishlash
5. Rasmlar va tarqatmalarni ketma-ketlikda qo’yish
6. Bolalarni rag’batlantirish
Qo’shimcha qism: Og’irlikni o’lchaydigan va tarozi haqida malumotga ega bo’lish. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |