Faoliyatning maqsadi: Tarbiyalanuvchilarga o’zbek milliy armiyasi haqida tushuncha berish, milliy armiyamizga nisbatan g’urur hissini singdirish, askar akalarimizga bo’lgan mehrni uyg’otish, ularga havas va hurmat qilishga o’rgatish, bolalarda Vatan himoyachisi bo’lish tuyg’usini shakllantirish.
Bolalarga «Temurbeklar qasamyodi»ni yod oldirish, bolalarni sog’lom, baquvvat qilib tarbiyalash, askarlarni fidoyiligini ulug’lovchi she’rlar o’rgatish. Ularda g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirish, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligini va askarlar, Vatan posbonlariga bo’lgan mehrini uyg’otish, ularni havas va hurmat qilishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |