2. Injiring firmalari – ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi. Eksport injiring firmalari boshqa mamalakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishshlanmalar bozorida lizenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi. Murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.
3. Konsalting firmalar – ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug‘ullanadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash faoliyat turlariga ko‘maklashadi.
4. Venchur firmalari – bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo‘lib: ilmiy- muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yo‘rik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
5. Seleng firmalari – ular jismoniy va yuridik shakxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o‘z ehtiyojlar bo‘yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadilar. Bu mulklarga yer maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul qimmatli qog‘ozlar kiradi.
6. Trast firmalari – bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradi. Ular ishonchli vakil sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Tarst firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli vakil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
- nomli aksiyalarda foydalanish huquqlarini boshqa shaxsga berish;
- moliyaviy mablag‘lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog‘ozlar va hakozolardan foydalanish.
Nazorat savollari.
“Struktura” nima? Boshqarish srukturasichi?
Boshqarish bo‘g‘ini va bosqichi deganda nimalar deya olasiz?
Boshqarish strukturasini belgilash nimalarga bog‘liq?
Boshqarirish strukturasining qanday tashkiliy turlarini bilasiz?
Chiziqli pog‘onali strukturaning mohiyati nimada? Uning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
Chiziqli-shtabli struktura to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
Funksiyaonal strukturaning o‘ziga xos xususiyati nimada? Buning ham kamchiliklari bormi?
Dasturli-maqsadli strukturaning mohiyati nimada? Uning qanday turlarini bilasiz?
Matritsaviy struktura deganda nimani tushunasiz? Uning qanday turlarini bilasiz?
Boshqarishning tashkiliy strukturasini takomillashtirishning qaysi yo‘nalishlarini bilasiz?