1 mavzu mavzu: Tabiatda bo’lib o’tadigan mavsumiy hodisalar bilan tanishtirish. Reja


bir qismi bilan o’tkaziladi. O’yin mashqlari kichik va o’rta guruhlarda alohida ahamiyatga egadir.  Didaktik o’yin-mashg’ulotlar



Download 150,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.07.2022
Hajmi150,13 Kb.
#835207
1   2
Bog'liq
1 MAVZU Mavzu

37
bir qismi bilan o’tkaziladi. O’yin mashqlari kichik va o’rta guruhlarda alohida
ahamiyatga egadir. 
Didaktik o’yin-mashg’ulotlar 
«Ajoyib qopcha», «Gul
magazini» kabi o’yinlarni o’z ichiga oladi. Ular ma’lum mazmunga ega bo’lib,
o’yin-mashg’ulotlarga qiziqarlilik kiritadi. Bunda o’qitish o’yin qoidalari,
harakatlari orqali bevosita olib boriladi. O’yin-mashg’ulotlardan kichik va o’rta
guruhlarda foydalaniladi, katta guruhlarda esa ular mashg’ulotning bir qismini
tashkil etadi. 
Harakatli o’yinlar
. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o’yinlar
xayvonlarning hatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog’liq
bo’lib, ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalarini aks ettiradi. Bu «Ona tovuq va
jo’jalar», «Mushuk va sichqonlar», «Kuyosh va yomg’ir» va shu kabi
o’yinlardir. Ijodiy o’yinlar. O’yinda bolalar mashg’ulot, ekskursiya, kundalik hayot
jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar (parrandachilik fabrikasi,
issiqxona va shu kabilardagi ishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda
ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiatdagi
mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar. 
Ijodiy o’yinlarning 
mustaqillik
xarakteri tarbiyachiga bolalarni yangi bilim, malaka va ko’nikmalardan o’rgatish
metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbiyachi bolalar
qaysi bilimlarni etarlicha egallaganlaru, qaysilarini yana kengaytirish lozimligini
bilib olish uchun ijodiy o’yinlarni diqqat bilan kuzatib borishi lozim.
Tarbiyachi tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o’yinlarni boyitib,
ekskursiyalar, sayrlar vaqtida bolalarni kattalarning mehnati haqidagi bilimlarini
kengaytiradi, diafilmlar ko’rsatadi, kitoblar o’qib beradi.O’yinni rivojlantirishda
qishloq mehnatkashlari — sut sog’uvchi, bog’bonlar haqidagi hikoyalar bolalarga
alohida ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga ularda kattalar mehnatiga nisbatan qiziqish
uyg’otib o’yin mazmunini boyitadi. Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o’yinlarni
avj oldirish uchun sharoit yaratish ya’ni zarur o’yinchoqlar — qishloq xo’jalik
mashinalari, xayvonlar va 
shu kabilar bilan 
ta’minlash darkor.
Ijodiy o’yin turlaridan biri tabiiy materiallar — qum, loy, mayda toshchalar, so’ta
va shu kabilar bilan o’ynaladigai o’yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijod
qilar ekan ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yosh guruxda
yilning fasliga mos tabiiy material bilan o’ynash uchui sharoit yaratiladi. Bular qum


maydonchalari hamda qunj stollari, qum va qor bilan o’ynash uchun shakl
to’plamlari, odamlar va xayvonlarning rezinkadan yasalgan figuralari, uy,
daraxtlarning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar chakamug, metall
karkaslar bo’lib, bular yordamida figuralar yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o’yin
uchun tabiiy materiallarni tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi
hamda 
foydalanish 
usullarini 
ko’rsatadi.
Mavzu 
yuzasidan 
savollar.
 
1. 
Tabiat 
bilan 
tanishtirish 
metodikasining 
vazifasini 
sanang?
2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda talimtarbiya 
jarayonida 
ularning 
ongiga 
nimalarni 
hosil 
qilish 
muhimdir?
3. Tabiatning oddiy hodisa va tasavuurlarini kengaytirish maqsadida qanday
o’yinlardan 
foydalaniladi?
4. 
Ta’limiy o’yinlarga qaysi o’yinlar k

Download 150,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish