5 gacha sanashni o‘rgatish
Sanashni o‘rgatish maqsadini (narsalarni sanab chiqibgina nechta? (qancha?)
degan savolga aniq javob berish mumkin) tushunib olishiga va sanash vositalarini:
sonlarni tartib bilan atashni va ularning to‘plamning har bir elementiga bo‘lgan
munosabatini bilib olishiga yordam berishi kerak.
To‘rt yoshli kichkintoylarga ayni bir vaqtda bu faoliyatning ikki tomonini
o‘zlashtirish qiyinlik qiladi. Shuning uchun o‘rta guruhda sanoqqa o‘rgatishni ikki
bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqichda ikki to‘plamdagi sonlarni taqqoslash asosida bolalarga
mazkur faoliyat (natijaviy sonni topish)ning maqsadi ochib beriladi. Bolalarni 1 va
2, 2 va 3 element to‘plamlarini farqlashga va tarbiyachining sanashi asosida
natijaviy sonni aytib berishga o‘rgatiladi. Bunday “hamkorlik” oldingi ikki
mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Ular bu tafovu-tlarni sonlar bilan belgilaydilar va
mana bunga ishonch hosil qiladilar: guruhlardagi narsalar soni teng, demak,
narsalarning miqdori ayni bir so‘z bilan ifodalanadi (2 ta qizil doiracha va 2 ta
havo rang doiracha), bitta narsani qo‘shdilar (oldilar), narsalar soni ko‘paydi
(kamaydi) va bu guruh yangi so‘z bilan ifodalana boshladi. Bolalar har bir son
narsalarning ma’lum miqdorini bildirishini tushuna boshlaydilar va sonlar
o‘rtasidagi bog‘lanishlar (katta, kichik va shu kabilar)ni asta-sekin o‘zlashtirib
boradilar. Pedagog (tarbiyachi) birida ikkinchisidagiga qaraganda bitta narsa
ko‘proq bo‘lgan ikki narsalar yig‘indisini taqqoslashni tashkil qilib, narsalarni
sanaydi va bolalar diqqatini natijaviy songa jalb etadi. U avval qaysi narsalar
ko‘proq (kamroq)ligini, so‘ngra esa qaysi son ko‘pligi va qaysisi kamligini
aniqlaydi. Bolalarning narsa to‘plam- laridagi sonlarni farqlashlari va ularni so‘zlar
(sonlar) bilan atalganlari sonlarni taqqoslash
uchun asos bo‘ladi.
Bоlalar faqat navbatdagi sonni qanday
olish mumkinligini emas, balki undan oldingi
sonni: 2 dan 1 ni, 3 dan 2 ni va shu kabilarni
predmetlar (narsalar) yordamida qanday olish
mumkinligini ham ko‘rishlari muhim.
Tarbiyachi goh bitta narsa qo‘shib guruhni ko‘paytiradi, goh undan bitta
narsani olib kamaytiradi. Har gal qaysi narsalar Ko‘proq, qaysilari kamroq
ekanligini aniqlab, sonlarni taqqoslashga o‘tadi.
U bolalarni faqat qaysi sonning ko‘pligini emas, balki kamligini ko‘rsatishga
(2-2, 3>2, 2<3 va shu kabilar) o‘rgatadi.
Bolalarga qayerda 1 ta, qayerda 2 ta, qayerda 3 ta narsa borligini aytish va
ko‘rsatish taklif qilinadi, bu 2, 3 ta narsaga ega bo‘lgan to‘plamlar bilan tegishli
so‘zlar sonlar o‘rtasidagi asosiy aktiv bog‘lanishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Bolalar nutqida narsalar va sonlarning yig‘indilarini taqqoslash natijalarini
aks ettirishga katta e’tibor beriladi. (“Sabzilar olxo‘rilardan ko‘proq, olxo‘rilar
sabzilardan kamroq. 4 ko‘p, 3 esa kam 3 dan 4 ko‘p, 5 dan kam”).
Bolalar ikkinchi bosqichda hisoblashni bilib oladilar, avval 3 gacha bo‘lgan
narsalarning hisobini olishga, keyin esa 4 va 5 gacha bo‘lgan narsalarni sanashga
o‘rganadilar.
Bolalar 2 va 3 ta narsadan iborat bo‘lgan to‘plamlarni bir-biridan farq qilishni
o‘rganib olganlaridan so‘ng nechta?(qancha?) savoliga faqat narsalarni sanab
chiqibgina aniq javob berish mumkinligini bilgarilaridan keyin ularni 3 gacha
bo‘lgan, keyinchalik 4 va 5 gacha bo‘lgan narsalarni sanashga o‘rgatiladi.
Birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq sanashni shunday o‘rgatib borish
kerakki, natijada bolalar har bir sonning qanday hosil bo‘lishini, ya’ni natural son
tuzilishining umumiy prinsipini tushunib olsinlar. Shuning uchun har bir keyingi
sonning hosil bo‘lishini ko‘rsatishdan avval undan oldingi son qanday hosil
bo‘lganligi eslatib o‘tiladi. 2-3 sonlarini izchillik bilan taqqoslash bolalarga, har
qanday natural sonning bittadan ko‘pligini va boshqasidan, “qo‘shni sondan”
kamligini (3<4<5), bittadan kam birorta ham natural son yo‘qligini ko‘rsatish
imkonini beradi.
“Ko‘p”, “kam” tushunchalarining nisbiyligini bolalar keyinchalik shu asosda
bilib oladilar.
Ular narsalar to‘plamlarini mustaqil ravishda o‘zgartirishni o‘rganishlari
kerak. Masalan, qanday qilsa narsalarning soni bab-baravar bo‘lishini, 2 ta narsa (4
ta narsa) o‘rniga 3 ta narsa bo‘lishi uchun nima qilish kerakligini hal qilishlari
lozim.
O‘rta guruhda sanash ko‘nikmalari batafsil mashq qilinadi. Tarbiyachi sanash
usullarini bir necha marta ko‘rsatadi va tushuntirib beradi, bolalarni narsalarni o‘ng
qo‘l bilan chapdan o‘ngga qarab sanashga; musiqa asboblari nomlari; musiqa
tovushlarini sanash va anglash, sanash jarayonida narsalarni qo‘l tekkizib navbati
bilan ko‘rsatishga, oxirgi sonning nomini aytib, yakuniy ishora qilishga, narsalar
guruhi atrofidan qo‘lni yurgizib chiqishga o‘rgatadi.
Bоla
sanash
harakatlari
ko‘nikmalarini o‘zlashtirib olganidan
so‘ng,
ularni
foydalaniladigan
predmetlar bilan tanishtirish zarur. Bu yerda izchillik taxminan quyidagicha
bo‘lishi mumkin: bolalar har bir narsaga qo‘l tegizib ovoz chiqarib sanaydilar;
predmetlarga ko‘rsatkich tayoqchani tekkizib ovoz chiqarib sanaydilar; ma’lum
masofada turib ovoz chiqarib sanaydilar; ichlarida pichirlab sanaydilar. To‘rt
yoshli kichkintoylar ichlarida o‘ylashni bilmaydilar, ularda sanash ko‘nikmalari
mustahkam emas, shuning uchun ularga ichlarida sanashni taklif etib bo‘lmaydi.
Sаnash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun bir qancha mashqlar bajariladi.
Mustaqil sanash uchun qulaylik yaratish maqsadida sanaladigan narsa,
mashg‘ulotlar sharoiti o‘zgartiriladi, bolalarning jamoa bo‘lib ishlashi ularning
qo‘llanmalardan foydalanib mustaqil ishlashi bilan almashtirib turiladi, ish usullari
xilmaxillashtiriladi. Turli xil o‘yin mashqlaridan, shu jumladan, faqat narsalarning
sanash ko‘nikmasini mustahkamlash imkonini beruvchi o‘yin mashqlaridan
foydalanibgina qolmay, balki narsalar ning shakli, o‘lchami haqidagi tasavvurlarini
shakllantirishga, fazoda mo‘ljal olishni o‘rgatishga imkon beradigan o‘yin
mashqlaridan ham foydalaniladi. Sanash narsalar o‘lchamlarini aqqoslash bilan;
geometrik shakllarni farq qilish va ularning gilarini ajratib ko‘rsatish bilan; fazoviy
yo‘nalish (chapdan, 0 ngdan, oldinda, orqada)larni aniqlash bilan bog‘lanadi.
Bolalarga tevarak-atrofdan ma’lum miqdordagi narsalarni kuzatish taklif
qilinadi. Oldin bolaga namuna (ko‘rgazma) beriladi. Ko‘rgazmada nechta doiracha
bo‘lsa, shu doirachalar soniga teng o‘yinchoq yoki buyum izlaydi. Keyinchalik
bolalar faqat so‘z asosida harakat qilishga o‘rganadilar (“4 ta o‘yinchoqni top”).
Tarqatma material bilan ish olib borayotgan vaqtda bolalarning hali narsalarni
sanay olmasliklarini nazarda tutish kerak. Avval bolalarga hisoblash emas, balki
sezish, sanash ko‘nikmasini talab qiladigan topshiriqlar. Ma’lumki, 5 ichida
bo‘lgan teng va teng bo‘lmagan (bitta ko‘p yoki bitta kam) miqdordagi
narsalarning ikki to‘plamini taqqoslash bolalarga birinchi beshlik sonining qanday
tashkil topishini eslatish imkonini beradi.
Teng, teng emas, ko‘p, kam va sanoqning nisbatlarini aniqlash uchun ikki
guruh predmetlarini birma-bir taqqoslash usullarini bolalar ongiga yetkazish
maqsadida to‘plamlarni tenglashtirishga oid topshiriqlar beriladi, masalan:
“Hamma bolalarga yetadigan piyolalar olib kel”,— va hokazo. Bolalarni narsalarni
tartib bilan chapdan o‘ngga qarab sanashga, sanoq yakunining nomini aytishga
o‘rgatish sanoqko‘nikmalarining mustahkamlanishiga olib keladi.
Katta guruhda sonni xotirada saqlab qolish mustahkamlanib boriladi. Buning
uchun predmetlarni sanab chiqish mashqlari asta sekin murakkablashtirib boriladi.
Masalan, bolalarga ayni bir vaqtdagi son aytiladi, darhol ikki xil predmetni yoki bir
xildagi, ammo bir-biridan rangi yoki hajmi jihatidan farq qiladigan predmetlarn
sanab chiqish taklif qilinadi. Predmetlar nomi ularningjoylashish o‘rni bilan
bog‘lanadi.
Bolalar sonni xotirada eslab qolishga, predmetlarni bittalab olishga,
sonlarning olingan har bir predmet bilan
munosabatini
aniqlashga,
bajarilgan
topshiriq
haqida
hisobot
berishga
o‘rgatiladi. Ba’zi bir fazoviy tasavvurlar
o‘ziga nisbatan predmetning joylashish
o‘rni oldida, orqasida, chapda, o‘ngda: qog‘oz varag‘i yuzasida tasvirlangan
predmetlarning joylashishi yuqorida, pastda, chap tomonda, o‘ng tomonda, o‘rtada
kabilar mustahkamlanadi.
3> Do'stlaringiz bilan baham: |