QISQA XULOSALAR.
Marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqaliqondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri - bu ishlab chiqarish xajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar tо‘rin ing kо‘payishi va tadbirkorlar о‘rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir.
Ehtiyoj – indevid shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bо‘lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potensial hamda hohish talabga bо‘linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketing asosida bozorni xar taraflama о‘rganishyо‘nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni kо‘rsatib utish mumkin:
talabni о‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni о‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiqqilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
1908 yili tijorat marketing tashkiloti ilk bor tashkil topdi. 1926 yilda AKShda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yili Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi.
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish xajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqakо‘rsatgichlarni uzok muddatli о‘zgarishlarini aniqlash tahlil kilindi. Shunga kura bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish kuzda tutilgan.
60-yillarga kelib bozordagi о‘zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va xal kilindi.
70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chikildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustakil kirib bordi.
Marketing uz rivojida bir kadar evolyusiya tarakkiyot bosqichini kechdi. Bu evolyusiya bir-biri bilan izchil tarzda almashadigan uch yirik davrni о‘ziga kamraydi: birinchi davr - marketing kotsepsiyasi “ishlab chiqaroish konsepsiyasi” - “mahsulot ustunligi” tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - “imkoni boricha kо‘prok tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz”;
ikkinchi davr “sotish konsepsiyasi” nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini “mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing” shiori bilan sotishni mо‘ljallash birinchi о‘rin ga chikadi.
Marketingni ishlab chiqarishni boshqarish va bozor yо‘nalishidagi savdo sotikning yagona bir tizimi sifatida ikki jihatdan qarab chiqish zarur. Birinchisi - boshqaruv marketingi korxonani boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat.Ikkinchi jihat - marketing bozorida bevosita olib boriladigan faoliyat deb qaraladi. Agar marketing ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida “korxonaning tafakkur tarzi” hisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bulgan marketing korxonaning “harakat tarzini” shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing-“miks”ni vujudga keltiradi. Uning asosida “5r” formulasi turadi: 1 - narx (price); 2 - mahsulot (product); 3 - о‘rin -joy (place); 4 - siljitish (promotion, 5-inson (people).
Do'stlaringiz bilan baham: |