Ma’naviyatshunoslikning tarkibiy qismlari va ularni o‘zaro aloqadorligi
Ma’naviyat va madaniyat, ularning o‘zaro munosabati
«Ma’naviyatshunoslik» ham boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil tarkibiy qismlariga ega. Ular madaniyat, madaniy meros, mafkura, qadriyatlardir.
Ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi. SHuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar. Madaniyat har doim ma’lum bir ma’naviyatning timsolini ifodalaydi. O‘z navbatida ma’naviyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir, ramzlar moddiyligida namoyon bo‘ladi.
Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari, mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash, aholi o‘rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va ma’lumot, umumiy majburiy va oliy ta’limni amalga oshirish, adabiyot va san’at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g‘oyalar va shu kabilar. Boshqacha aytganda, madaniyat-bu insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Uning tadqiqot manbaiga:
• inson yaratgan san’at sohasi;
• kishilarning muomala vositasi bo‘lgan til;
• jamiyat boyligi va mezoni bo‘lmish bilim;
• ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;
•jamiyatda sodir bo‘luvchi demografik va etnik jarayon kabilar kiradi.
Madaniyat bir butun ikki sohadan iborat: Moddiy va ma’naviy madaniyat. Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutilgan. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi deb hisoblashgan.
Industrial jamiyatining vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va texnologiyalarini tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qildi.
Moddiy madaniyat bir butun uch sohadan iborat: 1-sohasi bu mehnat qurollari ishlab chiqarishning barcha vositalari, turar joylar, aloqa vositalari, texnika qurilmalarga, bu jamiyat hayotining moddiy texnika asosi deb ataladi.
2-sohasiga ijtimoiy hayot va uning barcha tarmoklarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi ko‘plab ijtimoiy institutlar, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Bunga turli hokimiyat tuzilmalari va unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish, sog‘liqni saqlash va dam olish, bush vaqt va ko‘ngil ochish muassasalari tizimi kabi barcha ijtimoiy institutlar amalda jamiyat madaniyatini saqlaydi, o‘zgartiradi va qayta shakllantiradi.
Moddiy madaniyatning uchinchi sohasi (ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi) insonning o‘zi hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu soxasi nafaqat insoniyatni shunchaki biomavjudotlik muammolarini tadqiq qilmasdan, balki avlodlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini ham tahlil qiladi.
Umuman, moddiy madaniyatga mexnat madaniyati, ishlab chikarish madaniyati, turmush madaniyati, ekologik madaniyatlar kiradi.
Ma’naviy madaniyat kishilar ma’naviy ijodkorligi faoliyatlari natijalari- tasavvurlar, g‘oyalar, ilmiy bilimlar, diniy qarashlar, san’at sohalari, axlokiy va huquqiy me’yorlarni ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladi.
Ma’naviy madaniyatning aniq sohalariga falsafa, huquq, axloq, estetika va umuman ijtimoiy gumanitar fan sohalari kiradi.
Madaniyatning ikkinchi turi-bu ma’naviy madaniyatdir. Ma’naviy madaniyatga insonning aqli va ma’nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib insoniyat o‘z-o‘zini, avlodlarini saqlab qolishda, hayotda paydo bo‘lib turadigan ijtimoiy –ma’naviy inqirozlarni engib, yangi sharoitlar yaratishda va uni o‘rganishda, taraqqiyot yo‘llariga o‘tishning eng to‘g‘ri yo‘llarini kashf etishda xizmat qiladigan bilim, tajriba, dunyoqarash, an’analar va urf-odatlar majmuini ifodalaydi. Ma’naviy madaniyat ilm-fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot-ibodat, diniy marosimlar, diniy adabiyot, san’at kabi ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning zohiriy va botiniy ma’naviyati, ruhiyati olamidir. YUqoridagilar ma’naviy madaniyatning inson va jamiyat faoliyatida namoyon bo‘luvchi ko‘rinish va shakllaridir.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Umuman kishilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma’naviy madaniyatsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyat, inson bor ekan u ma’lum madaniyatga ega, busiz bo‘lishi mumkin emas.
Madaniyatning barcha turlari dialektik birlikda, o‘zaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni ma’naviy madaniyatdan batamom ajratib qarash mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birikadi. Birorta mehnat qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ham ma’naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy madaniyat voqe’likni badiiy aks ettirish va o‘zlashtirish vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |