Nazorat savollari:
Yordamchi disklar qanday tayyorlanadi?
Optimallashtiruvchi dasturlar to`g`risida nimalar bilasiz?
Kоmpyutеr fоydalanuvchiga mоs muhitini tashkil etish qanday amalga oshiriladi?
8-Mavzu: Nero dasturi va uning imkoniyatlari.
Ovozli ma`lumotlar va video tasvirlarga ishlov berish dasturlari.
Rеja:
Diskning turlari.
DC-ROM, DVD-ROM lar.
Nero dasturini yuklash.
Nero dasturida disklarga yozish.
Tayanch iboralar: CD-ROM, DVD-ROM, Standart IDE, IDE-kanal.
Asosiy plata tarkibida, tashqi xotira qurilmalarini, ayniqsa qattiq disklar va har xil diskovodlarni ulash uchun, qanaqa kiritish-chiqarish kontrollerlari mavjudligini, va ularga nechta qurilma ulash mumkinligini ko`zdan kechiring. Diskovodlar, qattiq disklar, CD-ROM (Si Di ROM), DVD-ROM (Di Vi Di ROM) va boshqa qurilmalar, kompyuterga, quyidagi lokal ma`lumotlar shinalari bo`linmalari yordamida ulanadi. IDE (Ay De I) shinasi:
vinchesterlarni, CD-ROM, DVD-ROM, Zip va vinchester o`rnatgichlarni ulash uchun mo`ljallangan. Standart IDE – qurilmalar IDE bo`linmasiga 40-o`tkazgichli ma`lumotlar kabeli yordamida ulanadi. Odatda bu bo`linmalar asosiy plata chetida joylashadi va bunday bo`linmalar ikkitani tashkil etadi. Asosiy platada bo`linmalar alohida belgilangan, masalan, IDE 0 va IDE 1. IDE bo`linmalari, platalarda va qurilmalarning o`zida shunday qilinganki, ma`lumotlar kabelini boshqachasiga o`rnatish mumkin emas. Asosiy plataga ma`lumotlar kabelining bitta qistirgichli tomoni to`g`ri keladi. Agar asosiy platada qistirgich tushadigan teshikchali bo`linma bo`lmasa, u holda platada 1 raqami bilan belgilangan IDE bo`linmasining birinchi kontakti bilan mos keladigan signal kabelidagi qizil rangga qarab o`rnatish kerak. Bitta kabel bilan bor yo`g`i ikkita qurilmani ulash mumkin. Kabelni ikkinchi tomonida ikkita bo`linma joylashgan. Har bir IDE qurilmada ulagichlar mavjuddir. Ularning ulanish sxemasi qurilma ust qismida keltirilgan. Odatda ular shunday o`rnatiladiki, agar ulagich birinchi oyoqchada joylashgan bo`lsa, qurilma Master yoki Primery (Praymeri) bo`lib hisoblanadi, agarda ikkinchida bo`lsa – Slave (Sleyv) hisoblanadi. Va har bir IDE kanal uchun ham huddi shunday. Agar kabel yordamida bitta qurilma ulanayotgan bo`lsa ulagichlarni holati ahamiyatsiz hisoblanadi. Tekshirib ko`ring, asosiy plata o`tkazuvchanlik qobilyati 33/66/100 Mbayt/s bo`lgan ATA turidagi tezkor vichesterlar bilan ishlay oladimi? Odatda bunday qurilmalar standart IDE bo`linmasiga qurilma bilan birgalikda beriladigan 80-o`tkazgichli ma`lumotlar kabeli, yordamida ulanadi.
Bunday qurilmalar 40-o`tkazgichli kabel bilan ham ishlashi mumkin, ammo bunda ularning ishlash tezligi yuqori bo`lmaydi.
Ko`pgina zamonaviy asosiy platalarda IDE 0 va IDE 1 standart bo`linmalaridan tashqari, butun bir tezkor xotira qurilmalari to`plamini ulashga mo`ljallangan. Serial ATA yoki qisqacha SATA deb nomlanuvchi maxsus bo`linma ham mavjuddir. Bunday qurilmalar 3 Gbayt/s tezlikkacha o`tkazuvchanlik qobiliyati bilan ishlashi mumkin. Masalan, bunday qurilmalar foto, video ma`lumotlar, umumiy tarmoq resurslari va boshqa ma`lumotlarni saqlovchi sifatida ishlatilishi mumkin. Bunday qurilmalarni ulash uchun, maxsus SATA kabeli, ya`ni bitta bo`linmaga birlashtirilgan elektr va ma`lumotlar o`tkazgichidan tashkil topgan kabel, hamda CD-ROM, DVD-ROM va vinchesterlarni ulash uchun SCSI (Es Ka Es I) shinalari ham ishlatiladi. Asosiysi SCSI – qurilmalarni ulash uchun, asosiy platada shunaqa shina nazarda tutilgan bo`lishi kerak. Oddiy kompyuterlarni asosiy platalarida bunday shinalar kam uchraydi. Asosan SCSI interfeysi serverlarda va mobil kompyuterlar qo`llaniladi. Ko`pgina asosiy platalarda IDE-kanaldan tashqari FDD (Ef Di Di) lokal shinalar kotrolleri ham nazarda tutilgan. Ular orqali ikkitagacha, disket deb nomlanuvchi floppi disk qurilmalarini ulash mumkin. Ko`pchillik foydalanuvchilar bu qurilmalarni o`tmishni narsasi hisoblasalarda, bundan arzonroq axborot tashuvchi vosita hali o`ylab topilmagan. Chunki tashuvchining arzon narxi kabi uning qurilmasi narxi ham arzon. Bu qurilmalarning ma`lumotlar kabelini boshqa shleyflar bilan adashtirish mumkin emas, chunki:
uning diskovodlarga ulanadigan bo`linmalari oralig`i buralgan.
birinchi diskovod doim birinchi bo`linmaga ulangan bo`lishi shart.
ayrim hollarda bunday shleyflar diskovod uchun mo`ljallangan bo`linma yonida, ikkita qo`shimcha bo`linmaga ham ega bo`ladilar.
bu bo`linmalar qimmat bo`lmagan diskovodlarga mo`ljallangan bo`lib, shleyfga qurilma platasidagi kontaktlar yordamida ulanadi.
Ammo optik qurilmalarni tezkor rivojlanishi va yozuvchi CD-ROM, DVD-ROM kabi qurilmalarni, hamda CD-RW (Si Di Er Ve) va DVD-RW (Di Vi Di Er Ve) turidagi qayta yozuvchi qurilmalar narxini pasayishi, ancha ma`naviy eskirib qolgan FDD (Ef Di Di) qurilmalarini bozordan siqib chiqarmoqda. Masalan, anchadan beri zamonaviy noutbuklarda diskovod qurilmalari mavjud emas. Ularning o`rniga yozuvchi CD-ROM, DVD-ROM qurilmalari yoki bu qurilmalarning COMBO (Kombo) deb nomlanuvchi birgalikdagi turi o`rnatilayapti. IDE va FDD shleyflari korpus ichida yetarlicha ko`p joyni egallaydi, bu esa boshqa qurilmalarga murojaat qilishni qiyinlashtiradi va tizimni normal sovutilishiga halaqit beradi, shuning uchun ayrim hollarda ularning floppi disk qurilmalarini va qattiq disklarni ulash uchun o`ralgan ko`rinishi uchraydi. Diskka yozish yoki diskni o`qish uchun quyidagi qurilmalar mavjud:
CD-ROM (CD diskni o`qiydi)
CR-RW (CD diskni o`qiydi va unga ma`lumotlar yozadi)
DVD-ROM (CD va DVD diskni o`qiydi)
DVD-COM (CD va DVD diskni o`qiydi, CD diskka ma`lumotlarni yozadi)
DVD-RW (CD va DVD diskni o`qiydi va ularga ma`lumotlarni yozadi)
Nero dasturining bir nechta variantlari mavjud. Ularning bari bir xil vazifa uchun ishlaydi: disklarga ma`lumtlar yozish. Ma`lumotlar bir necha xil bo`lishi mumkin: hujjatlar, mp3, klip va hokazo. Dastlab nero dasturi qanday yuklanishini ko`rib o`tamiz:
Nero dasturi ishga tushirish jarayoni:
Nero dasturining umumiy ko`rinishi:
CD yoki DVD diskni tanlash:
Diskni yozish mobaynida quyidagi xollar mavjud:
Diskdan diskka ko`chirish:
Diskka ma`lumotlarni yozish.
Bu quyidagicha amalgam oshiriladi:
Nero dasturida yozish uchun o`ng tomondagi fayllarni sichqoncha yordamida ushlab, chap tomonga tortib olib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |