Nazorat savollari:
kriptofrafiyaning asosiy tushunchalarini ayting.
Kriptologiyaning fan sifatida shakllanishini aytib bering.
Kriptotizmlarga qo`yiladigan qanday talablarni bilasiz?
Kriptografik tizimlarning nazariy va amaliy bardoshliligi deganda nimani tushunasiz?
Mutlaqo maxfiylik nima?
6-Mavzu: Qattiq diskga xizmat ko`rsatish amallari.
Rеja:
Qattiq disk nima?
Ma'lumot yozilishning sirt zichligi.
Qattiq disklarning ishlash prinsiplari.
Disklarni formatlash.
Diskda razdellarni tashkillashtirish.
Tayanch iboralar: qattiq disk, diskni formatlash, qattiq diskning asosiy bo'g'inlari.
Kompyuterning eng muxim komponentlaridan biri qattiq diskdir. Qattiq disk ma'lumotlarni saqlovchi qurilma bo'lib, uning ishdan chiqishi katta muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Kompyuterdan to'gri foydalanish va uni modernizatsiyalash uchun qattiq disk nima ekanligini aniq tasavvur qilish kerak. Qattiq diskning asosiy elementlariga bir nechta aylnana shaklidagi alyuminiy yoki shishasimon kristalli plastinalar kiradi. Egiluvchan disklardan (disketalardan) farqli o'laroq ularni egib bo'lmasligi sababli ular qattiq disk deb nomlangan. Qattiq disk odatda vinchester deb ham ataladi. Bu termin 60-yillada paydo bo'lib, shu yili IBM firmasi tomonidan sigimi 30 Mbaytga teng bo'lgan bir qo'zg'almas hamda bir olinuvchi disklardan tashkil topgan yuqori tezlikka ega bo'lgan to'plagich ishlab chiqarilgan. Bu to'plagich katta tezlik bilan aylanadigan plastinalardan hamda ulardan ma'lumot o'qiydigan kallaklardan (golovka) iborat bo'lgan. Bu qurilmaning raqami 30-30 bo'lib, bunday raqamli ifodalanish mashxur Winchester qurolining ifodalanishi (30-30) bilan mos keldi. Shuning uchun ham vinchester termini ixtiyoriy statsionar qattiq disklarga nisbatan qo'llaniladigan bo'ldi. Bu odatiy professional jargon bo'lib, aslida bu turdagi qurilmalar oddiy vinchesterlar (qurol) bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Qattiq disklardagi to'plagichlarni baholashda asosiy kriteriylardan biri - ma'lumot yozilishning sirt zichligidir. U bit/dyuym (Bits Per Inch - BPI) kattalik bilan ifodalanadigan yo'lcha bo'ylab yozilishning chiziqli zichligi hamda bir dyuymga mos keluvchi yo'lchalar sonining (Traks Per Inch - TPI) ko'paytmasi bilan aniqlanadi.Qattiq disklarda to'plagichlarning asosiy ishlash prinsiplari quyidagilar: yo'lchalar va sektorlrga ajratilgan aylanadigan magnit disklar sirtidan universal o'qish/yozish kallaklari (golovka) tomonidan ma'lumotlar o'qiladi. To'plagichlarda odatda bir nechta disklar o'rnatilgan bo'lib, ma'lumotlar har bir diskning ikki tomoniga ham yoziladi. Disklarning barcha tomonlarida bir turdagi (bir hil joylashgan) yo'lchalar silindrga birlashtiriladi. Diskning har bir tomoni uchun alohida o'qish-yozish kallaklari mavjud bo'lib, barcha kallaklar umumiy sterjenga o'rbatilgan. Shuning uchun kallaklar bir-biridan mustaqil ravishda xarakatlanmay, balki ular sinxron ravishda xarakaltlanadi. Qattiq dislar egiluvchan disklarga nisbatan etarli darajada kattaroq aylanish tezligiga ega. Ularning aylanish chastotasi ko'pchilik dastlabki modellrning o'zida 3600 ayl/min ni (egiluvchan disklarda to'plagichlarga nisbatan 10 marotaba tezroq) tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda qattiq disklarning aylanish chastotasi o'sib bormoqda va ular orasida aylanish chasotasi 5400, 5600, 6400, 7200 va 10000 ayl/min ga teng bo'lgan qattiq disklar mavjud. Qattiq diskning aylanish tezligi uning aylanish
chastotasiga, sistema kallaklarining xarakatlanish tezligiga hamda yo'lchadagi sektorlar soniga bog'liq. Qattiq disk odadiy ishlash jarayonida o'qish/yozish kallaklari disk sirtiga tegmaydi. Komyuter elektr manbaidan o'chirilganda yoki disk to'xtaganda kallaklar disk sirtiga tushadi. Diskning faoliyat ko'rsatish jarayonida disk sirti bilan kallak o'rtasida juda kichkina havo qalami yuzaga keladi. Agar shu qatlamga chang zarrachasi tushib qolsa yoki disk chayqalib ketsa, kallak aylanayotgan diks bilan to'qnashishib ketadi. Agar ular etarlicha katta kuch bilan to'qnashganda kallak sinib ketishu mumkin.
Bunday holatmimg yuzaga kelishi oqibati turlicha bo'lishi mumkin - bir necha bayt ma'lumotning yo'qolib ketishidan to diskning ishdan chiqishigacha kabi hollar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
Disklarni formatlashning ikki hil ko'rinishi mavjud:
Egiluvchan disklarni Explorer yoki DOS ning FORMAT buyrug'i yordamida formatlash jarayonida yuqoridagi ikki operatsiya ham bajariladi, lekin qattiq disk uchun bu operatsiyalarni alohida amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, qattiq disklar uchun yuqoridagi ikki operatsiyalar bajarilishi o'rtasida diskni razdellarga ajratish deb nomlangan uchunchi operatsiya ham mavjud. Agar foydalanuvchi o'z kompyuteriga bir nechta operatsion sistemani o'rnatish istagida bo'lsa, diskni razdellarga ajratishi kerak. Quyi darajali formatlash jarayonida disk yo'lchalari sektorlarga bo'linadi. Bunda sektorlarning sarlavhalari hamda yakunlari yoziladi hamda sektorlar va yo'lchalar orasida intervallar hosil qilinadi. Har bir sektorning ma'lumotlar sohasi fiktiv qiymatlar yoki ma'lumotlarning maxsus matnli to'plamlari bilan to'ldiriladi. Egiluvchan disklardagi to'plagichlarda yo'lchadagi sektorlar soni disketa va disk yurituvchisining turi bilan aniqlanadi; qattiq diskda yo'lchadagi sektorlar soni to'plagichning interfeysiga hamda kontrollyorga bog'liq. Diskni razdellar deb ataladigan sohalarga bo'lish jarayonida har bir razdelda unda o'rnatilayotgan operatsion sistemaga mos fayl sistemasi ham o'rnatilishi mumin. Hozirgi vaqtda operatsion ssitemalarda asosan 3 ta fayl sistemasi qo'llaniladi. FAT (File Allocation Table - fayllarning joylashuv jadvali). Bu DOS, Windows 9x va Windowa NT operatsion sistemalar uchun standart fayl sistemasidir. DOS uchun FAT razdellarida fayllar nomining ruxsat etilgan uzunligi 11 simvolni tashkil etadi (8 ta simovol faylning nomi, 3 ta simvol faylning kengaytmasi), tom sig'imi (razdel sig'imi) esa 2 Gbayt gacha bo'lishi mumkin.
Windows 9x va Windows NT 4.0 va undan yuqorilar uchun ruxsat etilgan fayl nomining uzunligi 255 ta simvolni tashkil etadi. FDISK programmasi yordamida qattiq diskda faqatgina ikkita FAT fizik razdelni yaratish mumkin - asosiy va qo'shimcha razdellar, qo'shimcha razdelda esa 25 tagacha mantiqiy tomni (razdelni) hosil qilish imkoniyati mavjud. FAT32 (File Allocation Table, 32-bit - 32 razryadli fayllar joylashuv jadvali). Windows 95 OSR2, Windows 98, Windows 2000 va Windows XP operatsion sistemalarda qo'llaniladi. FAT 32 jadvallarida joylashub yacheykalarga 32 razryadli sonlar mos keladi. Bu turdagi fayl strukturada tom (mantiqiy disk) sig'imi 2Tbayt (2048 Gbayt) gacha etishi mumkin. NTFS (Windows NT File System - Windows NT fayl sistemasi). Fayllar nomining uzunligi 256 simvolni tashkil etadi, razdel sig'imi esa (nazariy) 16 Ebayt (16 x 1018 bayt) gacha bo'lishi mumkin. NTFS fayl sistemasi boshqa fayl sistemalarida mavjud bo'lmagan qo'shimcha imkoniyatlarga ega. Yuqori darajali formatlash jarayonida operatsion sistema fayllar va ma'lumotlar bilan ishlash uchun strukturalarni hosil qiladi. Har bir razdelga (mantiqiy disk) uning yuklovchi sektori (Volume Boot Sector - VBS) , fayllar joylashuv jadvalining (FAT) ikki nusxasi hamda ildiz katalogi (Root Directory) kiritiladi. Bu ma'lumotlar strukturalari yordamida operatsion sistemasi tominidan disk sohasi taqsimlanadi, fayylar joylashuvi aniqlanadi va muammolar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan diskdagi defektlangan sohalar belgilanadi. Aslida yuqori darajali formatlash bu formatlash emas, balki fayllar joylashuvi jadvalini va diskning boshlangich sektorlarini yaratadi. Haqiqiy formatlash - bu quyi darajali formatlash bo'lib, disk yo'lcha va sektorlarga bo'linadi. Qattiq disklarda to'plagichlarning har xil turlari mavjud, lekin deyarli barchasi bir hil asosiy bo'g'inlardan tashkil topgan. Bu bo'g'inlarning konstruksiyasi hamda foydalanilgan materiallarning sifati turlicha bo'lishi mumkin, biroq ularning ishlash xarakteristikalari va prinsiplari bir xil.
Qattiq diskda to'plagichlar konstruksiyasining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
disklar;
o'qish/yozish kallaklari;
kallaklarning privod mexanizmi;
disklar privodining dvigateli;
boshqaruv sxemali bosma platasi;
kabel va razyomlar;
konfiguratsiya elementlari.
Disklar, disklar privodining dvigateli, kallaklar va kallaklar privodining mexanizmi odatda HDA (Head Disk Assembly - kallaklar va disklar bloki) deb nomlangan germetik korpusda joylashgan bo'ladi. Odatda bu blok yagona bo'g'in sifatida ko'riladi; u deyarli ochilmaydi. Boshqa HDA blokiga kirmaydigan bo'g'inlar - bosma platasi, yuza paneli, konfiguratsiya elementlari va boshqa qismlar olinuvchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |