1-Mavzu: Ma’lumotlarni arxivlash



Download 4,77 Mb.
bet22/55
Sana07.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#327863
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
Axborot texnologiyalari 2013-2014

Nazorat savollari.


  1. Matеmatik modеl dеganda nimani tushunasiz?

  2. Matеmatik modеl qaysi sohada kullaniladi?

  3. Matеmatik modеlning samaradorligini nima tasdiqlaydi?

  4. Matеmatik modеllashda nima modеllashtiriladi?

14-Mavzu: Kasbiy faoliyatda matematik va kompyuterli

modellashtirishdan foydalanish imkoniyatlari

(turli kasbiy sohalar misolida).
Reja:


  1. Ma`lumotlar modeli.

  2. Kompyuterli modellashtirish.

  3. Ma`lumotlar modeliga qo`yiladigan talablar.


Tayanch iboralar: ma`lumotlar modeli, kompyutrerli modellashtirish, soddalik, yaqqollik, qismlarga bo`linishi, o`rin almashtirish, erkinlik.
Ma`lumotlar omborini loyihalash va yaratishdan oldin shu MO ga joylashtiriladigan axborotlarning umumiy tuzillishi haqida tasavvurga ega bo`lish lozim. MO dan kerakli savollarga javob olish va ma`lumotlarga turli o`zgartirishlar kiritish uchun ham uning umumiy tuzilishini bilish maqsadga muvofiq. Chunki MO da qanday ma`lumotlar borligini bilsangizgina, ularga mos savollarni qo`ya olasiz. Bir axborotni turli xil vositalar orqali va turli shakllarda ifodalash mumkin. Axborotlarni ifodalovchi vositalar majmuini ma`lumotlar modeli deyiladi. Albatta, turli odamlar tashqi dumyoni turlicha talqin qiladilar va ular haqida turlicha modellardan foydalaniladi. Modellashtirish va modellashning rasmiy muammolarini o`rganadigan va tadqiq etadigan yaxlit nazariya mavjud (bunday nazariyalar oliy o`quv yurtlarida o`rganiladi). Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo`lib, uning maqsadi atrofimizni o`rab turgan tabiat, unda ro`y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o`zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir.
Kompyuterda modellashtirish texnologiyasini o`zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishini talab qiladi.

Kompyuterda dasturlash tillardan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilish yasadi. XX asr oxirlarida yaratilgan yuqori quvvatli Pentium prosessorli kompyuterlarda o`rganilayotgan jarayonlar turli xil ko`rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya va h.k.) kopyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo`yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud. Ekranda hosil qilingan modelni kompyuter hotirasida fayl ko`rinishida saqlash va undan bir necha marta foydalanish mumkin. Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo`nalishlarni ajratish mumkin:



  1. Geometrik yo`nalishdagi tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi.

  2. Kompyuter geomtrik ob`yektlarning xossalarini o`rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni qurish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi.

  3. Ikkinchi yo`nalish turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog`liq. Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro`y beradiganjarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.

  4. Uchinchi yo`nalish – kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish – kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo`llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyuterda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqelikni anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o`ynaydi.

Ma`lumotlar modellari shakli qanday bo`lishidan qat`iy nazar quyidagi talablarni bajarishi kerak:

  1. Soddalik. Ma`lumotlar modeli kam sondagi bog`lanishli tuzilish turlariga ega bo`lishi lozim.

  2. Yaqqollik. Ma`lumotlar modeli vizual (ko`zga ko`rinadigan, tasvirlanadigan) bo`lishi kerak.

  3. Qismlarga bo`linishi. Ma`lumotlar modeli MO da oddiy o`rin almashtirish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim.

  4. O`rin almashtirish. Ma`lumotlar modeli o`ziga o`xshash modellar bilan almashtirilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.

  5. Erkinlik. Ma`lumotlar modeli aniq bo`lakchalarnigina o`z ichiga olmasligi lozim.

Yuqorida ko`rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta`minlay olmaydi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish