Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va
vazifalari. Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha murakkabroq
topshiriqlarni berish mumkin. CHunki bu yoshda bolalarning estetik
xissiyotlarining rivojlanish darajasi ancha yuqoridir. Bolalarga quyidagilarni
o’rgatish zarur:
Qog’oz shakliga yoki xajmli predmetga nisbatan naqshni simmetrik
joylashtirish;
Naqshda turli xil to’g’ri, doirasimon chiziqlardan, shakllardan, hamda
o’simlik elementlaridan foydalanish;
Asos (fon) ga nisbatan ranglarning chiroyli moslaShuvini topish;
Mo’yqalamdan maxorat bilan foydalanish (uchi bilan chizish,
boshchasi bilan to’liq chizish, mo’yqalamni turli yo’nalishda harakatlantira
olish).
Boshlang’ich mashg’ulotlarda o’rta guruxda hosil qilingan malakalar
mustaxkamlanadi. Ular quyidagilardan iborat: turli shakllarda mo’yqalam
yordamida to’g’ri chiziq chizish, botirib olish usuli bilan chizish, nuqtalar chizish.
Bu-o’rta gurux materialini oddiygina qaytarish emas. Bolalarning ixtiyoriga bir
necha xil ranglar, hamda naqshda bir-biriga moslashadigan elementlarning turli
xajmlari xavola qilinadi. Yilning boshida bolalarga doira ichida naqshni
chizishning yangicha usuli o’rgatiladi, ya’ni markaz, hamda kontsentrik aylana
bo’ylab simmetrik elementlar chiziladi. Doira va kvadratdan tashqari naqshni
tuzish uchun bolalarga–oval, uchburchak, rozeta (to’pbarggul shaklidagi bezak),
oltiburchak kabi shakllar beriladi.
Katta guruhda kompozitsion usul sifatida elementlarni navbat bilan
almashib chizish printsipidan foydalaniladi; bunday usul naqshni yanada
dekorativlashtiradi. Navbat bilan almashib chizishda naqsh o’z ichiga turli xil
shakldagi va rangdagi 2-3 xil elementni olishi mumkin. Naqshning bezak elementi
sifatida bolalar turli chiziq shakllaridan (enli va ensiz chiziqlar, botirib olib chizish,
nuqtalar, doirachalar, aylanalar chizish) va murakkabroq bo’lgan–o’simlik
shakllari (barglar, mevalar, gullar) dan foydalanishni o’rganadilar. Bunday
o’simlik shaklidagi elementlarni bir necha marta qaytarib chizish bolalar uchun
ancha murakkablik qiladi. Bolalarga yana mo’yqalamdan foydalanishning
yangicha usuli ko’rsatib beriladi, ya’ni qog’ozga mo’yqalamni yon tomoni bilan
botirib olish usulidir. Bunday botirib olish natijasida hosil bo’ladigan bosmalar
barg shaklida bo’ladi va ulardan gullarning, barglarning naqshini chizishda
foydalanish mumkin. (mo’yqalamning raqamini inobatga olgan holda: № 3, № 5,
№ 6.)
Katta guruxda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda turli ranglar
jilosidan foydalanishni o’rganadilar. Dekorativ rasmda mazmunli rasmga nisbatan
fonning rangi juda ham turli xil bo’lishi mumkin. Yorqin ranglarning
moslaShuvidan tashqari, bolalar ranglarning chiroyini ma’lum bir ranglar majmui
(gamma) da (ko’k, xavo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va xokazo) ko’rishni
o’rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg’a naqshlarni xis qilish layoqatiga
egalar. Masalan: qor parchasining naqshi, turning jimjimador naqshi. Katta
guruxda bolalarni xajmli buyumlarda naqshlarni hosil qilishga o’rgatiladi. Bunday
rasm chizishning murakkabligi Shundaki, naqsh kompozitsiyasini ko’zatish qiyin,
negaki chizuvchi uni qisman ko’ra oladi, va naqsh elementlarining shakli
buyumning yuzasi qavariqligidan ozmuncha o’zgaradi. Masalan: ko’zani yoki biror
o’yinchoqni bezatish. Shuning uchun bolalarga naqsh bilan bezash uchun
beriladigan xajmli buyumlar sodda shaklga ega bo’lishi kerak. Masalan: Dimkov
namunasi asosida loydan yasalgan–qushlar, otlar. Dimkov o’yinchoqlarining
naqshi sodda va ritmikdir–turli kenglikdagi to’g’ri va to’lqinsimon chiziqlar bilan
nuqtalarning, doirachalarning, xalqachalarning moslaShuvidan iborat. Bu
ornamentlar rangi jixatdan oq fonning bir necha asosiy yorqin ranglar bilan oddiy
kontrast (keskin) moslaShuvini beradi.
Bolalarni quyidagi vazifalarga o’rgatish kerak.
Varaqning shakliga mos qilib naqshni simmetrik chizish.
Naqshda turli to’g’ri, egri chiziq va shakllardan o’simlik
elementlaridan foydalanish.
Fondan kelib chiqib, nanglarning turli ottenkalaridan foydalanish.
Mo’yqalam bilan ishlash (uchi bilan, butun uchi bilan, turli
yo’nalishlarda erkin harakatlantirish).
Bolalar to’g’ri to’rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni
o’rganib boradilar. Bulardan tashqari oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh
chizishni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |