1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Reja


Bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik omillari



Download 304,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana16.03.2022
Hajmi304,47 Kb.
#496430
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi. O‘z

Bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik omillari
Kuzatuv va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar maktabgacha ta’lim muassasasiga bormagan
bola maktabga chiqsa, uning boshlang‘ich sinfdagi o‘qish faoliyati yetarli darajada samarali
bo‘lmaydi. Ya’ni, uning ta’limga moslashuvi sust kechadi, ijtimoiy munosabatlarga kirishishi,
aqliy faoliyati sekin rivojlanadi. Bolada ko‘pincha jismoniy, ruhiy jihatdan tayyor emaslik holati
kuzatiladi. Bunday bolaning maktabda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tengdoshi bilan
boshlang‘ich ta’limni olishi uning ruhiyatida zo‘riqish, uyalish, hadiksirash, o‘ziga nisbatan
ishonchsizlik kabi bir qator salbiy xislatlarini namoyon etadi va bu o‘z navbatida uning ta’lim
samarasiga ta’sir qiladi. Ta’lim olish motivatsiyasi, ilk o‘quv ko‘nikmalari shakllanmagan,
psixik jarayonlari rivojlanmagan bola o‘zlashtirishda tengdoshlaridan orqada qoladi, o‘qishga
nisbatan qiziqishi so‘nib, yakkalanib boradi. Bolalarni maktabga qabul qilishdan oldin ularning
qay darajada tayyorligini aniqlash lozim. Ushbu vaziyat nafaqat unga, balki butun oila
zimmasiga mas’uliyat yuklaydi. Yangi turmush tarzi va faoliyati bolaning jamiyatda yangi
mavqeni egallashi, kattalar va tengdoshlari bilan yangi munosabatlar o‘rnatishni yuzaga keltiradi.
6−7 yosh bolaning maktabga psixologik tayyorgarligini o‘rganishda quyidagi psixologik-
pedagogik nazorat ishlarini olib borish lozim:
− bolaning atrof-muhitga munosabati va bilimlar zaxirasi;
− maktabga bo‘lgan munosabati va rivojlanish darajasi;
− mustaqil fikrlashi va nutqining rivojlangani;
− emotsional-obrazli tasavvurning rivojlanish darajasi;
− qo‘l harakati motorikasining rivojlanish darajasi.
Yuqorida keltirilgan omillarni tarbiyachi va ota-onalar hamkorlikda nazorat qilishi zarur.
Maktabga tayyorlov guruhlarida bola faoliyatini kuzatish, yakka tartibda mashg‘ulotlar tashkil
qilish talab etiladi. Bundan tashqari, ota-onalar oilada quyidagilarni amalga oshirishi taqozo
etiladi:
− bola bilan birgalikda didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar o‘ynash;
− oilada bola bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish;
− bolani atrofdagilar bilan muloqotga kirishishga o‘rgatish;
− bolada “men” tushunchasining rivojlanishiga yordam berish.


Bu yoshdagi bola uchun diqqat barqarorligi harakterli bo‘lib, xotira faol rivojlanadi, so‘z
boyligi ortib boradi, tafakkuri jadal rivojlanadi. Shuningdek, mazkur yoshda u tashqi
ko‘rinishlarni umumlashtiradi, predmetlarni sifati bo‘yicha birlashtiradi, ulardan foydalanishda
harakat usullarini belgilaydi. Ular endi o‘ziga tanish bo‘lgan vazifada sabab-natijaviy aloqalarni
tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, jismoniy rivojlanishi jadallashadi. Bolalarning
maktabga moslashishini ta’minlash lozim. Bu masalani hal etishning samarali yo‘llari mavjud
bo‘lib, ular bolaning yoshi, individual xususiyatlariga mos bo‘lgan rivojlantiruvchi o‘yin va
mashg‘ulotlardir.
6−7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashning muhim omillari quyidagilar:
− bolaning maktabga tayyorligining asosiy va umumiy belgisi uning sog‘lig‘i va jismoniy rivoji,
ya’ni psixologik shakllangani;
− bolaning o‘qituvchini tushuna olishi va natijada sinf hamda maktab muhitiga moslasha olishi;
− bola ma’lum darajada o‘z imkoniyatlarini anglab yetishi;
− bolaning tengqurlari, ya’ni sinfdoshlari bilan til topishib ketishi uning qiynalmay o‘qishida
muhim kafolat hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan omil va kuzatuvlar natijasida 6 yoshli bolalarni maktabda
qiynalmay, toliqmay va qiziqish bilan o‘qib ketishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
− har bir dars jarayonida 2−3 daqiqali jismoniy mashqlarni bajarish ( bunday mashqlar bola
fikrini teranlashtirib, undagi ruhiy charchoqlikning oldini oladi);
− dars turiga qarab 1−2 daqiqali dam olishni joriy etish (qiziqarli voqealar, latifalar aytib berish);
− didaktik o‘yinlarni (tez aytish, qofiya bilan she’r o‘qish, bundan tashqari, o‘quv
mashg‘ulotlariga o‘yin elementlarini kiritib borish) noan’anaviy dars ko‘rinishida bajarish;
− bolaning yozish malakasini egallashda shoshilmaslik va shu bilan birga tez javob berishga
undamaslik;
− musiqali tanaffus joriy qilish (kuy tinglash, raqsga tushish kabi);
− sinf va maktabdan tashqari ishlarda tabiatdagi o‘zgarishlarni faslga mos tarzda idrok qilish, gul
va uy hayvonlarini parvarish qilishga o‘rgatib boorish;
− ota-onalar va tarbiyachi o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
− bolaning kundalik, haftalik va oylik ishchanlilik qobiliyati, aqliy jismoniy rivojini kuzatib,
qayd etib borish hamda shu asosda yangi ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Mazkur omillar
uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 304,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish