1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1



Download 0,65 Mb.
bet21/41
Sana05.05.2023
Hajmi0,65 Mb.
#935275
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn

Nazorat uchun savollar:
1. O‘rta guruxda loy va plastlin bilan ishlash o’rgatish vazifalari nimalardan iborat?
2. O‘rta guruxda loy va plastlin bilan ishlash o’rgatish mеtodlari qaysilar?
3. O‘rta guruxda bolalar ixtiyoriy loy ishlarida nimalar yasaydilar?


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori


2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006


Internet manbalari.
http://www.ziyonet.uz.


13-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruhlarda plastilin (loy) bilan ishlash.
Reja:
1. Katta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish.
2. Katta guruhda dekorativ loy ishlari
3. Bolalarni predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o‘rgatish.


Tayanch so’z va iboralar: Mazmunli loydan buyum, uy – ro’zg’or, izchillik.
Katta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish. Bola hayoti- ning 6-yilida uning tevarak-atrof haqidagi bilimlari, turmush tajrib- asi kengaya boradi. Uning qo‘l muskullari mustahkamlanib, taraq- qiy etadi. U qo‘l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara ola- digan bo‘ladi. Uning psixikasida ham sifat o‘zgarishi yuz beradi. Xotirasi o‘sadi, barqaror boiadi, diqqat ham tobora barqaror bo‘lib boradi. Bolalar oldin predmetni yasashda uning qismlarini va qism­larning shakli, xususiyatlarini aniq tasawur eta oladilar. Shu bilan birgalikda, katta guruhda bolalar predmetlarni ko‘proq harakat- da tasvirlashga harakat qiladilar. Bu guruhda bolalarni loy ishlari­ga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, propor- siyasini, uning tuzilishini, xarakterli detallarini va harakatini tasvir etish va boshqalar. Bu guruhda dekorativ loy ishlari davom ettiriladi. Texnik usullar ham bu guruhda murakkabla- shadi. 0‘rta guruhda qismlardan yasashsa, katta gunihga kelib, bu­tun bir loy bo‘lagidan yasaydilar. Shu bilan birga, stek bilan ish­lashga ham keng imkoniyat va o‘rin ajratiladi. Bu kvartalda bolalar dastawal o‘zlariga tanish bo‘lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstaiktorlik va haykalta­roshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlar yasay­dilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil navi. Bolalar shu ikki usulda odam figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlar- ning mazmuni asosan o‘yinchoqlardan olinadi. Masalan, Dimkovo qo‘g‘irchog‘i. Shu asosida bolalar asta-sekin ishlashga o‘tadilar. Tarbiyachi bolalarni predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o‘rgatib boradi. Masalan, uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatini o‘rgatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni silliqlashga o‘rganadilar. Bo­lalar asta-sekin o‘z ishlariga mazmun berislmi keng tatbiq etadilar, asosan, bir butun loy bo‘lagidan haykaltaroshlik usulida predmetlar yasaydilar. Masalan, mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Ik­kinchi yarim yillikda butun bir loy bo‘lagidan idishlar yasaydilar, so‘ng ularni lentasimon usul bilan bezaydilar.
Bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasawurlari kengayadi, loy ishi bo‘yicha bilim, malakani egallashgan bo‘ladi, ishlash jarayoni yana ham sifatli bo‘ladi. Bolalar harakatdagi odam yoki hayvonlar figurasi mavzusida turli xil loy ishlarini bajaradilar. Masalan, raqs- ga tushayotgan petrushka, «Ikki qizg‘anchiq ayiq» ertagi asosida va boshqalar. Idishlar yasashda yangi usulni qo‘llaydilar. Bu idishning tagi disk ko‘rinishida bo‘lib, devori esa yassilangan loy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bolalar o‘zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan, xo‘roz, tovuq, o‘rdak, jo‘ja va boshqalarni yasab, parrandalar shakli mazmunida ishlaydilar. Bu kvartalda bolalar ko‘proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Katta guruhda tarbiyachi loy mashg‘ulotini uyushtir- ganda ko‘p metod va usullarni qo‘llaydi. Bu guruhda ham tar­biyachi dastawal predmetni yoki naturani kuzatib, uning shaklini, qismlarini, proporsiyasini ko‘rib chiqadilar. Bu guruhda ham bo­lalar predmetni barmoq harakatlari bilan ko‘rib chiqishlari mum­kin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasay- dilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko‘rsatib berishi mumkin. Shuningdek, tarbiyachi bu guruhda ham bolalar bilan qo‘proq kuzatishlar olib boradi, badiiy adabiyotdan foydalanadi, rasm, haykaltaroshlik asarlari ustida kuzatishlar olib boradi. Savol- javoblar uyushtiradi, ko'rsatmalar, maslahatlar beradi, bola juda qiynalsa, alohida loy bo‘lagida yasash usulini ko‘rsatib beradi, to- pishmoqlardan keng foydalanadi. Bolalar ishini tahlil qilish ham muhim usullardan hisoblanadi. Bolalar bilan tahlil, suhbat sifatida uyushtiriladi. Bolalar har biri chiqib, ishning qandayligini, yasash usuli to‘g‘ri tanlanganmi, shakl to‘g‘ri berilganmi, qismlari, ular­ning proporsiyasi to‘g‘ri berilganmi, shular haqida so'zlashadi. Tahlilni har xil shaklda uyushtirish mumkin: bolalar o‘z joyida o‘tirib, bir bolani doskaga chiqarib, ishning sifatini tahlil qilishlari ham mumkin. Bunda o‘yin usulidan ham foydalanish mumkin.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish