2. «Applikatsiya» so‘zining ma’nosi
3. Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori
2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
22-Mavzu: MTTning kichik guruhida ijodiy rivojlanish markazlarida applikatsiya ishlarini o`rganish va rejalashtirish
Reja:
1. San’at markazida aplikatsiya
2. Bolalar qo’l matorikasi rivojlantirish
3.Amaliy ish bajarish
Markaz nomi: san’at markazi.
Mashg’ulot nomi: Applikatsiya.
Mashg’ulot maqsadi: Bolalar qo’l matorikasi rivojlanadi. Ular yasagan gullagan daraxtni to’g’ri yopishtira olishga o’rganadi. Tasavvur va fikrlari kengayib boradi. Kerakli jixozlar: Oq qog’ozlar, kley, rangli, qog’ozlar, mavzuga oid rasmlar.
Mashg’ulotning borishi: bolajonlar sizlar bilan bugun san’at markazimizda faoliyat olib boramiz. Markazimiz mashg’uloti applikatsiyadan gullagan o’rik daraxtini qirqib yopishtirishni o’rganamiz. Oldin sizlar bilan biroz tabiat qo’yniga sayrga chiqamiz qani ketdik.
Mana bolajonlar biz tabiat qo’ynidamiz. Kim aytadi xozir o’lkamizda qanday fasl ? To’g’ri baxor fasli. Bugun xavo qanday? Sovuqmi? Issiqmi? Men sizlarga biroz baxor fasli haqida yana tushuncha beraman. Baxor yosharish yangilanish faslidir Shuning uchun ham baxorni fasllar kelinchagi deyishadi. Bu faslda atrof yashil tusga kiradi daraxtlar kurtak chiqarib gullaydi. Issiq o’lkalardan qushlar uchib keladi. Bog’imizdagi o’rik daraxtini diqqat bilan kuzating uning gullari qanday rangda ekan? Tog’ri pushti rangda tanasi va barglarini xam qanday joylashganini yaxshilab ko’rib olamiz. Endi olgan bilimlarimizni mashg’ulotimiz davomida yanada mustaxkamlaymiz qani endi xonamizga ketdik. Bolajonlar oldimizda turgan rangli qog’ozlardan kerakli ranglarni ajratib olamiz. Bizga yashil, pushti va jigarrang ranglari kerak bo’ladi. Endi kerakli shakllarni birgalikda kesib olamiz. Va oq qog’ozimizga yopishtirishni boshlaymiz. Men sizlarga shakllarni kesib beraman. Sizlar o’z o’rniga qo’yib yopishtiring. Mashg’ulotimiz davomida eng faol qatnashgan, eng chiroyli gullagan o’rik daraxtini yasagan bolajonlarni rag’batlantiraman. Bolalar mashg’ulot so’nggida tarbiyachi bilan birgalikda doira bo’lib turib olishadi. Va gular kabi ochilib yopilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |