1.4. Logistik zanjir
Logistik zanjirning asosiy moddiy oqim, ya’ni logistik jarayonning boshidan oxirigacha harakatda bo‘luvchi moddiy resurslar tashkil etadi. Agar moddiy resurslar omborda saqlansa unda ular moddiy zahiraga aylanadi.
Moddiy oqim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
so‘ng ushbu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarni qidirish va xarid qilish boshlanadi (joyi, xajmi, sifati va bahosi);
agar resurs talabga mos kelsa u ishlab chiqaruvchining xom-ashyo omboriga tashab keltiriladi;
so‘ng tovar ma’lum bir texnologiyaga amal qilingan holda ishlab chiqiladi;
ishlab chiqarilgan tovar tayyor mahsulot omboriga tashib boriladi;
so‘ng tayyor tovar iste’molchiga etkaziladi.
1.5. Transport logistikasining asosiy funksiyalari
Transport tashish-muhim logistik funksiya bo‘lib, mahsulotni transport vositasi yordamida ma’lum bir texnologiya bo‘yicha ko‘chirish bilan bog‘liqdir. Logistikaning bu funsiyasi quyidagi logistik operatsiya va funksiyalardan iborat:
kuzatib borish;
yukni qayta ishlash;
yukni o‘rash;
yukka bo‘lgan egalik huquqini berish;
risklarni sug‘urtalash;
bojxonadagi protseduralar va h.k.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida transport korxonalari (tovar oqimi jarayoning boshqa ishtirokchilari singari) logistik zanjirda yagona iqtisodiy natijaga erishishga harakat qilishlari shart.
Tovar harakati jarayoni transport yordamida yagona texnologik zanjirga birlashadi. Transport yagona tarnsport-ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Logistik tizimda transportning asosiy funksiyalari ikkta: yuklarni tashish va ularni saqlash.
YUklarni tashish-tejamkorlik tamoyiliga amal qilgan holda yuk o‘rnini o‘zgartirish. Tejamkorlik tamoyili – bu qiymat va vaqt bilan bog‘liq hujjatlarni kamaytirishdir. Tashish jarayoni iqtisodiy nuqtai nazardan asoslanish lozim, chunki yuklarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirganda vaqt, pul va ekologik resurslar sarflanadi. Vaqt omili logistikada zahiralarni kamaytirish zaruriyatidan kelib chiqadi. (jumladan, yo‘lda bo‘lgan zahiralarni). Zahiralar kapitalni (moddiy resurslar) ortiqcha “band”qilib turadi.
Demak, tashishning ushbu funksiyasi uning bosh maqsadi – tovarni mo‘ljaldagi joyga tezroq, arzonroq va atrof muhitga nisbatan kam ziyon keltirish orqali etkazishni amalga oshiradi.SHuning bilan birga tashilayotgan yuk sifati va butligi saqlanishi lozim.
Transportning ikkinchi funksiyasi hisoblanuvchi yukni saqlash qayta ortish-tushirish operatsiyalarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda, omborxonalar etishmasligi holatlarida va yuk harakati yo‘nalishlari o‘zgarayotgan hollrda kuzatiladi. Bunda yukning yo‘lda bo‘lish vaqti oshadi.
Umuman olganda transport vositalarining yukni vaqtincha saqlash maqsadlarida ishlatilishi qimmatga tushadi, ammo logistik tizimning umumiy harajatlari nuqtai nazardan ayrim hollarda o‘zini oqlaydi. YUkni saqlashning boshqa yo‘li bo‘lmagan, yoki yukni etkazib berish muddatlari uzaytirilishi lozim bo‘lgan hollarda bu o‘zini oqlaydi.
Transport logistikasining asosiy tamoyili-xarajatlarni optimallashtirish hisoblanadi. Transportda bunga yuk tashish ko‘lami va yo‘nalishlar uzunligi hisobiga iqtisod qilish orqali erishiladi.
YUk tashish ko‘lami: yuk hajmi katta bo‘lgani uchun uning birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar kam bo‘ladi, chunki doimiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar, ortish-tushirish, xujjatlarni rasmiylashtirish va h.k.) kam bo‘ladi.
Yo‘nalishlar uzunligi hisobiga harajatlar masofa birligiga to‘g‘ri keluvchi chiqimlarning tegishli oqibatida kamayadi. Masalan, bir birlik yukni 800 km. Masofaga tashish, ikkiga bo‘lingan ushbu hajimdagi yukni 400 km. Masofaga tashishga nisbatan arzonroq bo‘ladi. CHunki har birlik yuk hajimga to‘g‘ri keluvchi solishtirma xarajatlar yuk tashish masofasi oshgani sari kamayib borish xarakteriga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |