1-modul. Sanoat korxonalari bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida
1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari
Reja
1.
Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi
2.
Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari
3.
Korxonalarning ichki va tashqi muhiti.
TAYaNCH SO‘ZLAR
Korxona
Tadbirkorlik
Raqobat
Xo„jalik mexanizmi
Tadbirkor
Biznes
Korxonalar yiriklashuvi
Mahsuliyati cheklangan jamiyat – bu
nizom sarmoyasi ma‟lum tahsis hujjatlariga
Ishlab chiqarish
Mehnat predmeti
Korxona umumiy tuzilishi
Kombinatsiyalash
Kooperatsiyalash
1.1.Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi
Insoniyat hayotining va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan
bog‟liqligi. Inson nimaiki qilmasa, qanday ishga qo„l o„rmasa, o„z maqsadiga erishish yo„lida
chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o„zining birlamchi ehtiyojini (oziq-ovqat,
uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, o„rmonlarni kesish, bino qurish,
chorvachilik bilan shug‟ullanish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan
shug‟ullangan. Ushbular bilan
bir qatorda insonning ijtimoiy, mahnaviy, mehnat qilish kabi
ehtiyojlari ham mavjud. Ularni qondirish uchun ham inson moddiy va mahnaviy resurslarga
duch keladi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o„z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida
ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o„z faoliyati doirasida yer,
kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi
korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash,
sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‟ullanadi.
SHunday qilib korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish
uchun vujudga kelgan
jamiyatning birlamchi va asosiy bo„g‟inidir.
Zamonaviy korxona – murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
sanoat korxonalarini tashkil etishning uchta asosiy yo„nalishda amalga oshadi:
ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish (IITE);
mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE);
boshqaruvni ilmiy tashkil etish (BITE).
Ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etishdan maqsad korxonalarda munosib texnik-texnologik
tizim yaratishdir. Bu ishlab chiqarish jixozlari va texnologiyaning ishonchli va samarali ishlab
turishi, xodimlarning o„zaro texnik-tashkiliy aloqalarini tartibga solishligini asos qilib oladi.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning (MITE) vazifasi - xizmatchilar jamoasida sog‟ lom
rasmiy munosabatlarni barpo qilishdir. U, yuqori mahsuldorlikka samarali va ijodiy mehnat
uchun sharoit yaratish bo„yicha o„lchovlar tizimini o„z ichiga oladi. Ammo, Mehnatni ilmiy
tashkil etishning imkoniyatlari korxonaning texnik-texnologik holati, uning iqtisodiy va
moliyaviy holatlari bilan cheklangan.
Boshqaruvni ilmiy tashkil etish – korxonaning moddiy va insoniy tuzilmasiga maqsadga
intilma ta‟sirini ta‟minlovchi texnik, iqtisodiy va ijobiy vositalar tizimidir. U, ularning yuqori
mahnaviy–texnologik
va iqtisodiy samaraga erishish maqsadidagi o„zaro ta‟siriga
ko„maklashadi.
Har qanday tadbirkorlik faoliyati – bu odamlar o„rtasida o„zaro
aloqani tashkil etish
asosida amalga oshiriladi. U qancha puxta bo„lsa va mohirona tartibga solinsa, iqtisodiy
manfaatga, qilingan harajatlarni foydali to„ldirmoqqa ishonch shuncha katta bo„ladi.
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish1 ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo„linadi. Masalan: og‟ir sanoat,
yengil sanoat, qishloqxo„jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko„rsatish tarmoqlari
kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o„z ichiga oladi.
Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo„lish mumkin.
Birinchisi - o„z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo„jalik mahsulotlarini, daryolar,
dengizlar, okeanlar, o„rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga
yetkazuvchi tarmoqlar.
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloqxo„jaligi
mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar,
o„rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar.
Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko„rsatuvchi tarmoqlar
(transport, aloqa, kommunal xo„jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta‟minot kabilar).
To„rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog‟liqni saqlash, ta‟lim va boshqa aholiga xizmat
ko„rsatuvchi sohalardan iboratdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo„lib, ular hududlarda tarixan
shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo„jalik aloqalari orqali tig‟iz bog‟liq, umumiy
qonun qoidaga buysinuvchi yagona tizimdir. SHu sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy
ishlab chiqarish sifatida qaraladi.
Milliy iqtisodiyotni asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur bo„lgan
moddiy, ijtimoiy, mahnaviy borliqlar korxonalarda yaratiladi.
Korxonalar, tarmoqlar va sohalarni
tarkibini, mazmunini, masshtabini, rivojlanish darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va xududiy
birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar tuziladi.
Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to„g‟risida so„z yuritilganda, bu masalaga
bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya‟ni korxonaning maqsadi o„z faoliyatidan foyda
(daromad) olish deb tahkidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - “Korxona - foyda olish maqsadida
mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat
yurituvchi subhekt” deb tahriflaydi va “shakllari ko„pligiga qaramay
korxonalar foyda olish
maqsadi orqali bir xil tus oladi” deb takidlaydi1. Aslida korxona o„z mahsulotlariga bo„lgan
talabni qanchalik to„la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo„ladi. SHu borada
Amerika avtomobil qurilishini hamda “Amaliyot falsafasini” yaratgan “fordizm” nazariyasini
asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o„rinli deb hisoblaymiz. G.Ford o„zining
tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat qilishda deb tushungan va “Faqat foyda olish
uchun qilinadigan ish - eng yuqori darajadagi xavf-xatarli faoliyatdir.
...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha iste‟mol uchun
ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat qilinmayotganligini sezib
qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi”2 deb tahkidlagan. (Tarjima darslik avtorlariniki.)
Taniqli tadbirkor “Bin” firmasini boshlig‟i L.P.Bin firmaning memorandumida, hamma
ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo„lgan, quyidagi tezisni yozdirib, unga rioya qilishni
qattiq nazorat qilgan: “Iste‟molchi - bizni shoximiz: Biz iste‟molchidan bog‟liqmiz, iste‟molchi
bizdan emas.
Hech kim, hech qachon o„z iste‟molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan.
Iste‟molchi - bu bizga o„z talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o„zimiz uchun,
hamda ular uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat”.
Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.SHvaytasralar “Ekonomika predpriyatiya”
(izdatelsskiy dom “INFRA-M”, 1999.) darsligida korxona faoliyatining samarasi o„z taklifi
orqali talabni to„la qondirishga bog‟liq degan fikrni olg‟a surishgan.
Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo„nalishdan iborat ekanligini
tahkidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo„lsa,
ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo„naltirilgan bo„lishi kerak. CHunki bu maqsadlarni
har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi.
Korxonaning maqsadi X – darajadagi foyda yoki daromad olish
Y - darajadagi talab yoki ehtiyojni qondirish
shbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga oshirishini
talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni kiritish mumkin. Talabga va
standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish
programmalarini amalga oshirish uchun texnik maqsadlar qo„yiladi. Ularga eng avvalo tovar
yoki mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko„rsatkichlarini standartga moslash, ishlab
chiqarish potentsialini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxonaning oldiga
ijtimoiy maqsadlar qo„yiladi.
Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta‟minlash har xil ko„rinishdagi ofatlarni (yonilg‟i, suv
toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi.
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir
qator vazifalarni bajarishi
kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko„rsatib o„tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-
texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo„jalik aloqalar, davlat bilan munosabatlar,
informatsion ta‟minot, moddiy-texnik ta‟minot, ishchi kuchi ta‟minoti, ijtimoiy, ekologik va
hokazolar.
Bu vazifalarni ayrimlarining mazmuni, yechimlari ushbu darslikning
keyingi boblarida
yoritiladi, ayrimlariga javobni tegishli fanlar o„rganadi va boshqa adabiyotlardan topish mumkin.
Korxona faoliyatida ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish takror ishlab chiqarish va
muomala jarayonlari ro„y beradi. Ishlab chiqarish doirasi ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko„rish
va mahsulot ishlab chiqishdan iborat. Takror ishlab chiqarish esa ishchi kuchini jalb etish va
ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarini
o„z ichiga oladi. Muomala doirasida korxona uchun zarur bo„lgan ishlab chiqarish vositalari
harid qilinadi va tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar sotiladi.