Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin: strategik moliyaviy rejalashtirish; joriy moliyaviy rejalashtirish.
Стратегик молиявий режа, ҳеч бўлмаганда, қуйидаги саволларга аниқ жавоб бермоғи лозим:
• хўжалик юритувчи субект учун талаб қилинадиган капиталнинг ўлчами қандай, у қайси манбалар ҳисобидан ва қандай муддатларда жалб қилинади?
• бу капиталдан қандай қилиб фойдаланилади?
• ўз кучига ишонган ҳолда хўжалик юритувчи субект ривожланиши мумкинми? Агар йўқ бўлса, молиявий ресурсларни жалб қилишнинг манбалари қандай?
• хўжалик юритувчи субект пул маблағлари тушуми, ишлаб чиқаришнинг рентабеллиги ва инвестисиялар даромадлигининг қандай даражаларига чиқиши мумкин ва қай муддатларда? Ўз навбатида, жорий молиявий режалаштиришнинг асосий функциялари қуйидагилардан иборат:
• ишлаб чиқариш, инвестисион, маркетинг, илмий-лойиҳавий ва қидирув фаолиятларини ҳамда сосиал лойиҳаларни амалга ошириш учун зарур бўлган молиявий ресурсларнинг ҳажми ва уларнинг манбаларини аниқлаш;
• маҳсулотни (ишни, хизматни) ишлаб чиқариш ва реализасия қилиш таннархини режалаштириш;
• пул оқимларини режалаштириш;
• бутун хўжалик юритувчи субект доирасида фойдани режалаштириш (башоратлаш);
• инвестисияларнинг даромадлилигини режалаштириш.
2-savol. Moliyaviy resurslarga bo’lgan talabni aniqlash – moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifasi ekanligi haqida
Kreditni qaytarish muddati. Bu eng tushunarli va oddiy «gorizont» sanaladi. Kredit ajratishga oid qaror qabul qilingunga qadar, bank loyiha biznes-rejasi bilan tanishib chiqadi, bunda mijoz kreditni belgilangan vaqtda to’lashga va tegishli foizlarni ta’minlashga qodirligiga alohida e’tibor qaratiladi. Kredit oluvchi tadbirkor uning maqsadi bilan bankning maqsadi tasodifan qarama-qarshi kelib qolishi mumkinligini unutmasligi kerak. Agar yetarlicha bilimga ega bo’lmasa, o’z manfaatlarini vaqtida himoya qilmasa, u holda kreditni to’lagandan keyin biznes zararga ishlagan bo’lib chiqadigan vaziyatga tushib qolish xavfi oshadi. - Kreditni qaytarish muddati. Bu eng tushunarli va oddiy «gorizont» sanaladi. Kredit ajratishga oid qaror qabul qilingunga qadar, bank loyiha biznes-rejasi bilan tanishib chiqadi, bunda mijoz kreditni belgilangan vaqtda to’lashga va tegishli foizlarni ta’minlashga qodirligiga alohida e’tibor qaratiladi. Kredit oluvchi tadbirkor uning maqsadi bilan bankning maqsadi tasodifan qarama-qarshi kelib qolishi mumkinligini unutmasligi kerak. Agar yetarlicha bilimga ega bo’lmasa, o’z manfaatlarini vaqtida himoya qilmasa, u holda kreditni to’lagandan keyin biznes zararga ishlagan bo’lib chiqadigan vaziyatga tushib qolish xavfi oshadi.
- Chiqimni qoplash - (boshqacha qilib aytganda «investisiyalarni qaytarish muddati») yig’ilgan pul oqimlari kiritilgan investisiyalarga tenglashadigan muddatdir. Mazkur rejalashtirish gorizonti investision loyihalarning moliyaviy modelini ishlab chiqishda qo’l keladi (ya’ni, faqat kiritilgan investisiyalar bilan bog’liq pul oqimlari ishtirokidagi modellar). Loyiha bir qarashda sarf-harajatlarni qoplay olishga qodirdek ko’rinishi mumkin, biroq shaxsiy mablag’lar yetarlicha bo’lmasa, loyihani moliyaviy modellashtirishda moliyalashtirish uchun qarz olingan mablag’lar mablag’lardan foydalanish ehtimolini ko’zda tutish kerak bo’ladi. Shaxsiy mablag’larning qoplanishi muddati tadbirkor ixtiyoridagi kreditlar qiymatiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |