1-mavzu: konstitutsiya va inson harakatlari erkinligi. Darsning maqsadi


Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars tipi



Download 120,14 Kb.
bet32/40
Sana20.06.2022
Hajmi120,14 Kb.
#685593
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
7-sinf kons dars ishlanma . . .(1)

Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars tipi; aralash,ananaviy.
Darsda foydalanadigan jihozlar; 7- sinf darsligi, tarqatma materiallar, qo`shimcha ma`lumotlar, internet ma`lumotlari qog’ozlar va marker.
Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni so`rashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.

Iste’molchi huquqlarini himoya qilish – muhim vazifa

Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng
huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar
muhofaza etilishini kafolatlaydi.

(O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 53-moddasidan.)

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlar jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy siyosatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy va huquqiy islohotlarning umumiy yo‘nalishi, raqobatning rivojlanishiga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan ushbu siyosat mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy dasturida ko‘zda tutilgan maqsadga erishish, ya’ni aholi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qat’iy belgilangan. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Akrom Mirazizov bilan O‘zA muxbirining suhbati ham fuqarolarimizning iste’molchi sifatidagi huquqlari qanday himoya qilinayotgani haqida bo‘ldi.




Yaqinda mamlakatimizda tarixiy sana – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 20-yilligi keng nishonlanadi, – deydi A.Mirazizov. – Asosiy Qonunimizning 53-moddasida iste’molchilar huquqlari ustunligi prinsipi o‘z ifodasini topgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) va iste’molchi manfaatlari bir-biriga zid kelganda, ustunlik iste’molchi tomonida bo‘ladi. Boshqacha aytganda, iste’molchi har doim haq.

O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi shakllandi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar bilan tartibga solinmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish qoidalari ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu qoidalar iste’molchilarning mahsulot ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va turli xizmatlar ko‘rsatadigan ijrochilar bilan keng ko‘lamli o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga olgan.

Mamlakatimiz fuqarolari “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga binoan tovar (ish, xizmat), ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, tovar, ish yoki xizmatni erkin tanlash hamda uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi, hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi, buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish, iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqiga egadir.

O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni huquqiy tartibga solish tizimi va mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning protsessual jihatlari haqida so‘zlab bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasiga muvofiq, davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, iste’mol munosabatlarida iste’molchi huquqiy jihatdan eng zaif tomon hisoblanadi. Iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qila olmaganda, ayrim muammolar yuzaga keladi. Bularning barchasi muayyan vakolatlarga ega davlat organlari, shuningdek, jamoat tuzilmalarining ishtirokisiz iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, bu boradagi huquqbuzarliklarning oldini olish kutilgan natijalarni bermasligidan dalolatdir.

Iste’molchi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda nima qilishi kerak? Avvalambor, huquqlar buzilgan hollarda zudlik bilan og‘zaki yoki yozma ravishda korxonaning mansabdor shaxsiga e’tiroz bilan murojaat qilish lozim. Masalan, seksiya, bo‘lim mudiri, do‘kon direktori, ta’mirlash ustaxonasi, xizmat ko‘rsatuvchi korxona rahbariga. Ko‘pincha iste’molchilar o‘z huquqlarini qayta tiklashi uchun ushbu choralarning o‘zi kifoya qiladi.

Iste’molchi huquqlari qayta tiklanmasa, u iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli davlat tuzilmalari, mahalliy hokimiyat organlari yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bundan tashqari, iste’molchi o‘z huquqlarini qayta tiklanishini so‘rab, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham murojaat qilishi mumkin.

Fuqarolarimizning iste’mol sohasidagi huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi qanday vazifalarni bajarmoqda?

Ma’lumki, istiqlol yillarida mamlakatimizda iste’molchilik harakati keng ommalashdi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalasida zarur bilimga ega bo‘lish – bu davr talabi. Biz har kuni uyimiz, oilamiz uchun xaridlar qilamiz, turli xizmatlardan foydalanamiz. Shuning uchun har birimizni “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda huquqlari mustahkamlangan iste’molchilar toifasiga kiritish mumkin.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur darajadagi sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini o‘tkazish, aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish uning asosiy vazifalari hisoblanadi.





Download 120,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish