1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi


Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars tipi



Download 0,5 Mb.
bet8/42
Sana01.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#624690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars tipi; aralash,ananaviy.
Darsda foydalanadigan jihozlar; 5- sinf darsligi , tarqatma materiallar,qo`shimcha ma`lumotlar, internet ma`lumotlari qog’ozlar va marker
Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Bilasiz, har qaysimizning o‘z ismimiz bor, u bizni boshqalardan farqlab turadi. O‘z ismingiz, familiyangiz va otangiz ismini talaffuz eting-chi, bu birikma faqat sizgagina oid ekanligidan voqif bo‘lasiz. Xuddi shunday familiyaga oilangizning boshqa a’zolari ham egadirlar, o‘z navbatida, bu narsa sizning aynan shu oilaga mansub ekanligingizni bildiradi. Otangiz ismi esa, tabiiyki, padaringizga ishora etadi. Ismingiz faqat sizga tegishlidir. Ko‘pgina xalqlarda ismlar hamisha alohida mazmunga ega bo‘lgan. Ism inson taqdirini belgilaydi deb hisoblangan. Shuning uchun ham o‘zlarining bo‘lg‘usi farzandiga ism tanlar ekan, ota-onalar uning butun hayoti shioriga, ramziga aylangulik ismni topishga intilishgan.
Ramz nimani anglatadi? «Ramz» so‘zi tanishtiruvchi belgi degan ma’noni ifodalaydi.
Demak, sizning ismingiz — sizning tanishtiruvchi belgingiz.Ismdan tashqari bizda yana ko‘plab ramzlar ham mavjud. Biz ko‘pincha o‘zimizga ahamiyatli bo‘lgan voqealar va kishilarni eslatib turguvchi ramzlarni uyda asraymiz. Masalan, fotosuratlar, suvenirlar, sovg‘alar.
Madhiya, gerb, bayroq — davlat ramzlaridir.Har bir davlatning ham o‘z nomi bor. U, xuddi inson ismi singari,uni boshqa davlatlardan farqlab turadi. Bunday nom butun
jamiyat tomonidan tanlab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi — bu ikki so‘z katta mazmunni bag‘riga jo etgan: unda faxr-iftixor ham, mamlakatimiz nomi tarixiy
ildizi ham, davlatimizda eng asosiysi xalqdir va aynan u davlatni boshqaradi degan ta’kid ham o‘z mujassamini topgan.
An’analarga muvofiq, davlat nafaqat nomga, boshqa farqlovchi belgilarga - ramzlarga
ham egadir. Har bir davlatning uchta asosiy ramzi bo‘lib, bular: gerb, bayroq va madhiya. Davlat ramzlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yiladi.Har bir davlatda ming-minglab emblemalardan muayyan tasvirlarni tanlab olish tasodifiy bo‘lmagan. O‘z ramzlariga sadoqat va ularni asrlar bo‘yi asrab-avaylash alohida faxr-iftixor
manbayidir. Ramzlar xalqni millatga birlashtiradi, unga davlatchilik baxsh etadi. Davlat ramzlarini e’zozlash Vatanga hurmat va muhabbat nishonasidir.
Bayroq — davlatning rasmiy farqlovchi belgisi.Bayroq butun mamlakatga, davlatning barcha fuqarolarigabirdek tegishlidir. U davlat uchun mustaqillikning bosh
ramzi hisoblanadi. Davlat bayrog‘iga yuksak hurmat-ehtiromko‘rsatiladi, uning tahqirlanishi — millat va davlatning tahqirlanishidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991-yil18-noyabrda tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ramzlari mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan qudratli davlatlar bayroqlariga xos eng yaxshi an’analarni davom
ettiradi. Ayni mahalda bayrog‘imiz mamlakatimizning o‘ziga xos tabiatini, xalqning milliy va madaniy qadriyatlarini aks ettiradi.Bayroqdagi moviy rang — niliy osmon, zilol suv ramzi. Sharqda e’zozlangan firuza rangni qachonlardir Sohibqiron Amir Temur ham o‘z bayrog‘i uchun tanlagan edi. Oq rang — tinchlik va pokizalik ramzidir. Navqiron mustaqil davlat o‘z yo‘lida yuksak dovonlardan o‘tishi lozim. Bayroqdagi oq rang esa yo‘l oydin va charog‘on bo‘lsin degan yaxshi tilakni bildiradi. Qizil chiziqchalar— har bir tirik jonga hayot bag‘ishlovchi kuch-qudratdir.
Yashil rang - go‘zal tabiat timsoli. Hilol O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga mosdir. Bayroqda komillik belgisi hisoblanuvchi son — 12 ta yulduz ham bor.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish