1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi



Download 0,5 Mb.
bet20/42
Sana01.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#624690
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyab.da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dek.da qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997 yilda tayyorlandi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bo‘ldi. 1992 yilda Konvensiyaga qo‘shilgach, O‘zbekiston Respublikasi bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha qator xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Bundan tashqari, Konvensiya qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari qo‘mitasiga muntazam ravishda Konvensiya qoidalarini bajarish yuzasidan davriy hisobotlarni taqdim etadi.
Milliy ma’ruzalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi yakuniy kuzatishlarni ishlab chiqqan bo‘lib, unda davlat tomonidan e’tibor qaratilishini talab etuvchi sohalar ko‘rsatilgan va O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejasini ishlab chiqdi va qabul qildi. Mazkur Harakat rejasi bola huquqlarini amalga oshirish sohasidagi qonunchilikning qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutgan.
Shu munosabat bilan 2007 yil 1 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullanib, 2008 yil 8 yanvarda kuchga kirdi.
Qonunning asosiy maqsadi bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo‘li bilan bolalarni, shu jumladan yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bola huquqlarining barcha asosiy va qo‘shimcha kafolatlarini jamlagan tarzda mujassam etadi hamda mustahkamlaydi.
Ta’kidlash kerakki, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida xalqaro-huquqiy me’yorlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha yetarli darajada katta ishlar olib borildi. Amaldagi qonunchilikda bola huquqlari va manfaatlari, shuningdek, ularning himoyasiga alohida o‘rin berilgan.
Bola huquqlari himoyasi bo‘yicha qonunchilik asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga ko‘ra, bola dunyoga kelishi bilan inson hamda fuqaro huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi hamda bu davlat tomonidan kafolatlanadi. Konstitutsiyamizning 65-moddasiga muvofiq farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Bola huquqlari himoyasi bo‘yicha amaldagi qonunchiligimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi me’yorlarining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, uning talablariga binoan bolaning asosiy huquqlari, ularni himoya qilish shakllarini mustahkamlagan va kengaytirgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Oila kodekslarining qabul qilinishi bola huquqlari himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Qonunning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan 1-bobida bola huquqlarini ta’minlash sohasidagi qator muhim tushunchalar, xususan, “yetim bola”, “jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola”, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”, “nogiron bola”, “ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola” tushunchalari berilgan.
Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 4-moddada belgilangan. Bunday yo‘nalishlar sirasiga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga, yuvenal adliya tizimini yaratish hamda rivojlantirishga ko‘maklashish va boshqalar kiradi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash borasidagi vakolatlari, jumladan, bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etish; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish; bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib va nazorat qilib borish; bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish