Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Oila – nikohga yoki tug`ishganlikga asoslangan kichik guruh. Uning a`zolari ro`zg`orining birligi o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a`zolarining turmush sharoitini va bo`sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirini o`zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o`rnatadi.
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf odatlarini o`zida sinovdan o`tkazadi. Yaxshilarini o`z bag`rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o`z farzandlarini tarbiyalab, umum insoniy qadryatlarni singdirish bilan ularga boshlang`ich ijtimoiy yo`nalish beradi. O`z farzandlarini katta oqimga – jamiyatga qo`shish bilan esa oila jamiyat yo`nalishi, iqtisodiyoti, ma`daniyati va ma`rifatini ham belgilashga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblanib kelgan. Xususan, o`zbek oilalarining serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Bizning millatda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro`zg`or tutishi, farzandlarni odobli ma`naviy etuk bo`lib komil topishini keksalar, ota-onaning ro`li katta. O`zbek oilalari o`zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibati va boshqa qadryatlari bilan ajralib turadi.
2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega . Nikoh tomonlarining ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, deb yozib qo`yilgan. Respublikamizda Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 30-aprelda O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining qabul qilinishi oila manfaatlarini takomillashtirish yo`lida qo`yilgan muhim bir qadam bo`ldi. Ushbu Kodeks oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o`zaro hurmat, hamjihatlik, oila a`zolari o`z huquqlarini hech qanday to`siqlarsiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ifodalaydi. Oila Kodeksi - O`zbekiston Respublikasida oila munosabatlarini tartibga soluvchi yogona tizimga keltirilgan qonunlar majmuasidir. Huquqning alohida tarmog`i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. E`tiborlisi, Oila Kodeksi mamlakatimizda “Oila yili” deb e`lon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 bo`lim, 30 bob 238 moddadan iborat. Amaldagi Oila Kodeksi bir qator oilaviy huquq munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negizlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindosh-urug`chilik, bobo-buvilar va nabiralar o`rtasidagi munosabatlarni yangicha talqini), umum insoniy qadryatlar aks etganligi (nikoh shartnomasi institutining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi kabi hollar.
Kodeks Respublikamiz yerli xalqning milliy hususiyatlarini to`la hisobga olgan. Oilada ota-onaga va katta yoshdigilarga nisbatan hurmat ko`rsatish, ularning duolarini olish, kichiklarga nisbatan shafqatli bo`lish, hovli joylarni supurib-sidirib, suv sepib tozalikni saqlash, idish-tovoq, uy-joylarni pokiza tutish, oila a`zolarining barchasi to`planib dasturxon atrofida shirin suhbat qurish oilaviy rejalarni belgilab olish kabilar sharqona oilaga xos ajoyib hususiyatlardir.
Sharq oilalari o`zlarining ko`p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlariga ega bo`lib, aynan oilada demokratik negizlarga asos soladi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadryatlari shakllanadi.
3 Oila tashkil bo`lishi va rivojlanishida bir necha bosqichlarni o`z boshidan kechiradi.
Dastlabki bosqich – Oilaning tashkil bo`lish davrining o`z ichiga olib, bu davrda oilada er-xotin o`rtasida yangi munosabatlar shakllanadi. Bu o`ziga xos turli oilalarda tarbiyalangan va turli tabiatga ega kishilarning bir-biriga moslashish davri bo`lib o`rtacha bir yilgacha davom etadi. Bu davrda oilaviy moddiy sharoitlar, uy-joy va ruhiy mikro iqlim yaratiladi. Oila sog`lom turmush tarzini shakllantirish “maydonchasi” bo`lib, har bir insonning dastlabki gigiyenik ko`nikmalarga o`rganishi, undagi sog`lom turmush tarziga bo`lgan dunyoqarashning shakllanishi aynan oilada boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda uy-joy sharoitlarini yaratish davom ettirilishi bilan bir qatorda oilada bolalarning tug`ilishi va ularning dastlabki tarbiyasi masalalari kun tartibiga chiqandi. Odatda, oilalar yanada mustahkamlanish davrini o`taydi. Bu davrda er-xotinning bir-biriga nisbatan hurmatda bo`lishi, bir-birini qo`llab- quvatlashi, xalq maqollarining birida aytilganidek, “er-xotin qo`sh xo`kiz” qabulida ish tutilishi oilani yanada mustahkamlaydi, bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Oilaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich – bu oilaning barqarorlashuvi bo`lib, bunda odatda oilaning moddiy sharoitlari asosan yaratilgan bo`ladi, er-xotin e`tibori joriy masalalarga qaratiladi. Er-xotin bir-birini yaxshi o`rganganligi tufayli vujudga kelgan totuvlik oilada bola tarbiyasiga ham, oila jipsligiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Oila rivojlanishining so`ngi bosqichi – oilaning sekin-asta so`na borishi va uning tugashi bilan tafsiflanadi. Bolalarning mustaqil oila qurib chiqib ketishi bilan yoki bir hovlida yashasalar-da har qaysining o`z hayoti, o`z muammolari bilan band bo`lib qolishi tufayli er-xotinning yolg`izlanib, o`z salomatligi masalalari bilan shug`ullanishi, bir-biridan bir muncha uzoqlashuvi kuzatiladi. Bu davrda er-xotin bir-biriga yordamlashib keksalik gashtini surishi, unga moslashishi lozim.
Oilada sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida mahalla faollari bilan hamkorlikda xonadonlarda uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazilmoqda. Sog’lom onadan sog’lom farzand dunyoga keladi. Bu borada oilalarimizda sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish barobarida sport bilan muntazam shug’ullanish ham beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan ko’p shahar va tumanlarda Bolalar va o’smirlar sport maktablarida uy bekalari uchun suzish to’garaklari tashkil etilgan. Davra suhbatlarida tibbiyot xodimlari va bir qator mutaxassislar ishtirokida ayollarimizga suzishning inson salomatligi uchun nechog’li foydali ekanligi tushuntirib borilayotir. Shuning uchun, basseyndan foydalanuvchi sportsevar ayollarimiz safi kundan kunga kengayib bormoqda. Sa’y — harakatlarimiz natijasi mahalladagi diniy ma’rifat va ma’naviy ahloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar, mahalla shifokorlari, patronaj hamshiralarning har bir oilani o’rganishida yaqqol sezilmoqda.
Yoshlarni oilaga tayyorlash, oila qurish ostonasida turgan yigit-qizlarimiz ongini muqaddas qo’rg’on ekanini singdirish maqsadida kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida «Oila – mening oltin qo’rg’onim» insholar tanlovi, «Sog’lom oila – zurriyod, istiqboli porloq kelajakning mustahkam poydevori» mavzusida tadbirlar o’tkazildi. «Mening oilam» mavzusida tasviriy san’at bellashuvi, oilalar o’rtasida quvnoq startlar musobaqasi tashkil etildi.
Yana bir muhim xujjatga asosan oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solishga qaratilgan «To’ylarimiz haqida o’ylarimiz», «Tejamkor oila», «Tartibli marosim», «Ibratli to’y» mavzularida davra suhbatlari o’tkazish an’ana tusiga kirdi desak, xato bo’lmaydi.
Xotin-qizlar qo’mitalari, «Mahalla» xayriya jamoat fondlari va tegishli tashkilotlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, keyingi paytda mahallalarda o’tkazilayotgan «Qiz bazmi», nikohdan o’tish tadbirlari, hayitlarda kelinlarga hayitlik jo’natish hamda «Yetti», «Yigirma» kabi marosimlar qisqartirildi. Ixcham, kamxarj to’ylarimiz oila qurayotgan ikki yoshning kelajagi va baxt-saodati uchun qilinayotganini to’yboshilarimiz anglab yetmoqda. Joylarda yaxshi niyat bilan to’y qilmoqchi bo’lgan mahalladoshlar dastlab qo’ni-qo’shnilarini xabardor qilish bilan birga mahalla raisi va maslahatchisini ogohlantirish odatiy tusga kirgan.
2016 yil Jizzax shahrida joylashgan maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida bitiruvchilar ro’yxati shakllantirilib, bandlikka ko’maklashuv markazi bilan hamkorlikda ularni ishga joylashtirishda amaliy yordam ko’rsatilmoqda. Ushbu mavzular doirasida shahardagi kasb-xunar kollejlari, akademik litseylar, mahalla fuqarolar yig’inida davra suhbatlari o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |