Ma‘lumotlar omboriga relyatsion yondashish muammolari
Oldingi paragraflarda tanishib chiqilgan ma‘lumotlar omborini yaratish xususiyatlaridan foydalanib,
axborot tizimlarini tuzishga kirishamiz. Masalan, oldingi paragrafda ko‘rilgan ma‘lumotlar ombori
«Talabnoma» topshirig‘i bilan bog‘liq uchta jadval «Talabnoma», «Talabgorlar lug‘ati» va «Mahsulotlar
lug‘ati»ni o‘z ichiga oladi.
Ma‘lumotlar omborini yaratuvchilar ma‘lum doirada jadval tuzish va ularning sonini tanlashni
amaliyotda mustaqil xal qilishadi (tizimni turli xil usullarda loyihalash mumkin). Bunda ko‘zlangan asosiy
maqsad — jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo‘lishi va turli holatlarni hisobga olgan holda
jadvallarni normallashtirishga erishishdir.
Buning mohiyati nimada?
Ma‘lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash va ulardan foydalanish
qulay bo‘lishi kerak. Aks holda ko‘zlangan maqsadga erishish o‘rniga ma‘lumotlar o‘rnini topish uchun
vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.
Ierarxik yoki tarmokli tuzilishga ega bo‘lgan ma‘lumotlarni relyatsion kurinishga o‘tkazish jarayoni
normallashtirish deyiladi. Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko‘rinsada, uni amalga oshirish
anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini «Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko‘rib
chiqamiz.
Ma‘lumki, ma‘lumotlar omborini yaratishda jadvalning asosiy kaliti bo‘lishi kerak. Kerakli axborot
ana shu asosiy kalitga ko‘ra izlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan jadvalga «Talabgorniig rekvizitlari» deb
ataladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati bilan aniqlanadi. Lekin talab nomeri —
jadval kalitiga bog‘liq emas. Bunday hollarda axborotning yo‘qolishi ro‘y beradi, chunki biror talabgor
nomeri yo‘qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari ham yo‘qotiladi. Yana bir muammo shundaki, bir
xil rekvizitlarni o‘nlab (balki yuzlab) marta kiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki
ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin.
Shuning uchun, «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar» ustunini olib, uni talabgor nomi bilan Ltaklif
lug‘atiga kiritamiz. Bu lug‘atda muayyan talabgorning rekvizitlari bir marta ko‘rsatiladi. Kelgusida bu
rekvizitlar nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgorning kodi bo‘lgan boshqa fayllarda ham ishlatilishi
mumkin.
Etarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan odam ma‘lumotlarni normallashtirishni amalga oshira oladi. Bunda
eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog‘lanmagan ustunlarni yo‘qotishdir. Foydalanuvchilar
ma‘lumotlarni normallashtirishda, jadvaldagi ustunlar sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Misol tariqasida tuzilishi bo‘yicha relyatsion tizimga ega bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar
omborini ko‘rib chiqamiz.
Ma‘lumotlar omborida imkoni boricha ko‘proq ma‘lumotlar berilishi lozim. Lekin ma‘lumotlar turli
xodimlar uchun turlicha bo‘ladi. Masalan, oldingi ish joyi, xizmat vazifasida siljishi, xizmat safarlari, ilmiy
unvonlari, kasallikka chalinishi va boshqalar. Umuman olganda, satrlar sonini maksimal qilib olganda,
Ma‘lumotlar omboriga bir vaqtning o‘zida mukofotlar nomlari va kodlari berilgan LMUKOFOT
lug‘ati kiritiladi. Unda mukofotlarni quyidagicha kodlash mumkin:
01—Nobelg‘ mukofoti, 02—Beruniy mukofoti, 03—Zulfiya mukofoti, 04— Hamza mukofoti,... .
Ma‘lumotlar omborini boshqarish dasturida «Xodimlar» va (LMUKOFOT ni o‘z ichiga olgan)
MUKOFOT faylini birlashtirish mumkin.
dbf fayllaridagi ma‘lumotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o‘zgaruvchan va
doimiy ma‘lumotlar. Bu guruhlar faqat ma‘lumotlarni qayta ishlash va ularning yangilanish chastotasi
bilangina bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |