Ko‘p davrli egilish deformatsiya Ko‘p davrli egilish deformatsiya texnologik jarayonda va tayyor mahsulotlarni ishlatilganda doimo uchrab turadi. Iplarni ko‘p davrli egilish deformatsiyaga chidamligi har xil rusumdagi asboblarda tahlil qilinadi.
Bu asboblarda iplarning egilishga chidamligi doimiy statik yuk ta’sirida bir tomonga yoki ikki tomonga egish usuli bilan aniqlanadi. Ayrim vaqtlarda ikki tomonga egish, cho‘zish (statik yuk ta’sirida va roliklarda ishqalab emirish) usuli ishlatiladi.
Bir tomonga egish usulini prof. I.P.Indryunas (Litva) usuli deb ataladi. Bu usulda ip namunasining bir uchi 1, qo‘zg‘almas qisqich 2 ga mahkamlanadi. Ipning ikkinchi uchi harakatdagi qisqich 3 ga mahkamlanadi. Qo‘zg‘aluvchan qisqich 3 gorizontal bo‘yicha ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. Qisqich 3 qo‘zg‘almas qisqich 2 ga yaqinlashganda ip xalqa kabi bir tomonlama egiladi. Uslub engil, lekin iplarning egilish deformatsiyasiga chidamligini aniqlash uchun ko‘p vaqt talab qiladi (13-rasm).
Ikkinchi usulda iplar ikki tomonga ma’lum burchakka (10-900) egiladi. Ipning egilish qismi juda kichik, ya’ni qisqich radiusi bo‘yicha egiladi. Iplar egilish bilan bir vaqtda statik yuk ta’sirida cho‘zilib turadi.
13-rasm. Iplarni ko‘p davrli egilish deformatsiyaga sinash.
Ikki tomonga egish usuli bilan ishlaydigan asboblarga SNILV asbobi, DR5/3 (Germaniya) va «Sinus» (Vengriya) asboblari kiradi. Asboblarning ishlash prinsipi quyidagidek: (37-rasm,b) qisqich 1 bir tomonga yoki ikki tomonga gacha bo‘lgan burchakka egilishi mumkin. Namunaning bir uchi egiladigan qisqich 1 ga mahkamlanadi, ikkinchi uchun qisqich 2 ga mahkamlanadi. Qisqich 2 ga qo‘shimcha statik yuk 3 osiladi. Namuna 1-2Gs chastota bilan egiladi. Egilish sonini qayd etuvchi hisoblagich mavjud. Ko‘p davrli egilish deformatsiyaga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1.Iplarga qo‘yilgan statik yuk miqdori. YUk miqdori oshishi bilan egilishga chidamligi kamayadi.
2.Iplarni egish burchagi kamayishi bilan chidamligi kamayadi.
3.Ipni eguvchi qisqich yuzasining radiusi ga bog‘liq.
Har xil tolalarning ko‘p davrli egilish deformatsiyasiga chidamligini Moskva to‘qimachilik institutida tahlil qilgan, uning natijasi quyidagidek:
Tolalar
Paxta
Jun
Viskoza
Atsetat
Kapron
Nitron
CHidamligi, ming davr
70
300
30
10
500
200
Jadvaldagi natijalarni olishda sinov sharoitlari: egish burchak qisqich qirrasining radiusi mm, statik yuk 1 sN.