Bir davrli egilish deformatsiya
Bir davrli egilish deformatsiyada olinadigan ko‘rsatkichlar ham uch bosqichli jarayon bo‘yicha o‘rganiladi: yuk ta’sirida egish - ipni yuksizlantirish - dam olish.
Egilishdagi to‘liq deformatsiya ham uchta qismdan iborat bo‘ladi: qayishqoq, elastik va plastik. YUk ta’sirida egilgan tola, iplar dam olgandan keyin to‘liq boshlang‘ich holatiga kelsa unda egilish deformatsiyasi asosan qayishqoq va tez qaytadigan elastik deformatsiyadan tashkil topgan bo‘ladi. Agar iplar dam olgandan keyin buklanib burchak hosil qilsa unda egilish deformatsiyasi sekin qaytadigan elastik va qaytmas plastik deformatsiyadan tashkil topgan bo‘ladi. Egilish deformatsiyasida iplarning egish qirrasiga tegib turgan tomoni eziladi, tashqi tomoni cho‘ziladi. Egilish deformatsiyasining miqdorini aniqlash uchun iplarning buklangan qismidagi hosil bo‘lgan burchakni o‘lchanadi. Tajriba uchun 50 m ipni bir xil taranglikda (0,5 N) karton qog‘ozga bir xil oraliq bilan o‘raladi. Ip o‘ralgan karton ikkita shisha orasiga joylashtirib 2-3 soat yuk ta’sirida turadi. YUkni olib tashlab iplarni kartonning bir tomonidan kesib, 2-3 soat dam olishga qo‘yiladi.
Ehtiyotlik bilan har bir kesilgan ipning qismini olib transportyor bilan bukilgan burchagi o‘lchanadi. O‘rtacha burchak miqdori bo‘yicha iplarning egiluvchanlik xususiyati aniqlanadi.
12-jadval egilgan har xil iplarning dam olgandan keyin hosil bo‘lgan burchak miqdorlari berilgan.
12-jadval
t/r
|
Iplar
|
CHiziqiy zichligi, teks
|
Elementar iplar soni
|
Bukilgan burchak
|
O‘rtacha
|
Minimum
|
Maksimum
|
1.
|
Paxtadan yigirilgan ip
|
14
|
-
|
53
|
47
|
59
|
2.
|
Jundan yigirilgan ip
|
14x2
|
-
|
118
|
112
|
124
|
3.
|
Viskoza ipi
|
16,5
|
90
|
62
|
53
|
71
|
4.
|
Atsetat ipi
|
16,5
|
60
|
67
|
64
|
70
|
Jadvaldan ma’lumki jun ipining egilishdan keyin tiklanish burchagi katta demak uning ezilishi kam bo‘ladi. Viskoza ipining tiklanish burchagi kichik demak uning ezilishi katta bo‘ladi.
Iplarning egilish deformatsiyasi ularning bikrligi orqali ham aniqlanadi. Iplarning egilishdagi bikrligi, ipning bo‘ylama qayishqoqlik modulini markaziy o‘qiga nisbatan inersiya momenti ko‘paytmasi bilan aniqlanadi:
[mkNsm2] (82)
bu erda: -ipning bo‘ylama qayishqoqlik moduli, mkN/sm2; -ipning markaziy o‘qiga nisbatan inersiya momenti, sm4.
Agar iplarni silindr shaklida deb hisoblansa,
(83)
Formula (83) ga -ning qiymatini qo‘yib,
(84)
quyidagi bikrlik formula olinadi.
(85)
bu erda: -ipning chiziqiy zichligi, teks; -ipning hajm zichligi mg/mm3.
Bu korxonadan qayishqoqlik moduli kichik bo‘lgan iplar uchun foydalanilsa natija qoniqarli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |