Metallar va qotishmalar, ularning ichki tuzilishlari
.
Metall deb harakterli xususiyatga, yaltiroqlik, plastik, elektir, issiqlik
o‘tkazadigan va shaffof bo‘lmagan jismga aytiladi.
Texnikada metal deb hamma metall materiallari tushinilib, ularni 2 guruxga bo‘lish
mumkin
1)
Oddiy yoki sodda metallar (nisbatan boshqa ximiyaviy elementlardan toza
bo‘lgan )
2)
Murakkab matallar yoki qotishmalar (bir nechta oddiy metallarni birikmasi)
Mendeleev D, I. davriy sistemasiga ko‘ra hozirda 110 ximiyaviy element
bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallardir. Qolgan qismi metalmaslardir. Metallarni
shunday ko‘p bo‘lishiga qaramasdan sanoatda juda oz soni ishlatiladi .
Asosiy sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metall bu temir (G‘e) bo‘lib, uning
uglerod (S) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi.
Mashinasozlikda ishlatiladigan metallar va qotishmalar
Dunyo sanoatida ishlatiladigan metallarning 93% ni qora metallar tashkil
etadi.
Hamma qurilishlarda, mashina va mexanizmlar asosan qora metallar
ishlatiladi. Shuning uchun har bir davlatning texnik o‘sganligi qora metallarni
qancha eritilganligi bilan ifodalanadi.
Qolgan metallar va ularni qotishmalari rangli metallar gruppasiga kiradi.
Rangli metallardan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan Mis-Si, Aluminiy –Al, Magniy
–Mg, qo‘rg‘oshin-Rv, rux-Zn, qalay va boshqalar bo‘lib, texnik ahamiyatga egadir.
Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji boricha ularni o‘rnini
bosa oladigan qora metallardan ishlatishga harakat qilinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan rangli metallardan tashqari sanoatda xrom Cr, nikel
Ni, marganes Mn, molibden Mo, kabolot So, titan Ti ham ishlatiladi. Bu metallar
asosan, asosiy materialaarni, xususiyatlarini yaxshilash uchun, unga ma’lum
xususiyatlar berish uchun qo‘shimcha materiallar hisoblanadi. Misol: V, W, Ti va
So lar esa kesuvchi asboblarni tayyorlashda ishlatiladi.
Yuqoridagi hamma metallarni texnik matallar deb aytamiz. Platina,oltin va
kumish metallarini nodir metallar deb aytiladi.
Sanoatda va texnikada eng ko‘p va keng tarqalgan metall qotishmalarning
xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha yuqori bo‘ladi. Pishiq, talabga javob
beradigan, har xil xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy metallardan keng
ishlatiladigan faqat mis va aluminiy bo‘lib, ular elektr simlari va boshqa
elektrotexnika va elektronika detallarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Metallmas ximiyaviy elementlardan sanoatda eng muxim rol o‘ynaydigan
metallmas elementlar kislorod, uglerod, azot, vodorod, kremniy, fosfor va
oltingugurtdir.
Texnikada azotni birikmasi NH
3
-ammiak gazi po‘latni sirtqi qismini qattiq
qilish, azotlashtirish uchun ishlatiladi.
Kislorod sanoatda metallarni payvandlash va qirqishda, domna va
konverterlarda metall ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish uchun ishlatiladi.
Kremniy Si . Turli xil metall qotishmalarini olishda ishlatiladi, metallarni
jilvirlashda, silliqlashda kremniy karborunti SiC ishlatiladi.
Oltingugurt S cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi.
Uglerod S olmos, grafit, toshko‘mir holida uchraydi.
Po‘lat va cho‘yanni xossalari uglerodni miqdoriga va holatiga
bog‘liq.(Erkin, yani grafit holida, temir bilan birikma – sementit holida bo‘ladi)
Fosfor R juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, temirning barcha uglerodli
birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan oltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli
elementlar hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |