1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


-mavzu. Mustaqillik yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilm va madaniyatning rivojlanishi



Download 181,33 Kb.
bet16/16
Sana04.07.2022
Hajmi181,33 Kb.
#739181
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5436024589106810883

15-mavzu. Mustaqillik yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilm va madaniyatning rivojlanishi


Reja:
1. Mustaqillik yillari ma’naviy hayot. Milliy me’roslarning tiklanishi.
2. Xalq ta’limi va ilm sohasidagi o’zgarishlar.
3. San’at va adabiyot sohasidagi o’zgarishlar.


Аdabiyotlar:
1.Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т. «Ўзбекистон», 2017.
2.Айтмуратов Ж. Ғәрезсизлик дәўиринде Қарақалпақстан мәдениятының раўажланыўы Н. 1999
3.Айтмуратов Ж. Халық ансамблине айланған «Ҳүрлиман» Н. 2016
4.Бердақ атындағы Қарақалпақ мәмлекетлик университети ғәрезсизлик жылларында Т. 2011.
5.Қощанов Б.А. Қарақалпақстан тарийхнамасы. Нөкис, «Билим», 2016
6.Кощанов Б.А., Аметов Т.А. Очерки новейшей истории Республики Каракалпакстан. Нукус, «Қарақалпақстан», 2015
7.Кощанов Б.А., Аметов Т.А., Генжемуратов Я.Б., Кощанов С.Б. Очерки зарубежной историографии новейшей истории республики Каракалпакстан. Нукус, «Qaraqalpaqstan» 2016
8.Теберик билим дәргайы Н. 2010.
9.Юсупов О. Нөкис мәмлекетлик педагогикалық институты (1934-2004 жж.). Н. 2004.
10.Ходжаметова Г.И., Кошанов Б.А. Музыкальная культура Каракалпакстана 1950-2005 гг. Н. 2007.

Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol uynadi: 1 yanvar - Yangi yil, 8-mart - Xotin-qizlar kuni, 21-mart Navruz, 9-aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9-may - Xotira kuni, 1-sentyabr - Mustaqillik kuni, 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni, 8-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro’za hayiti va Qurbon hayiti.


Mustaqillik yillarida Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, Turtkul shahrining 120 yilligi, Ajiniyaz Qosiboy ug‘li va Berdaq Qarg‘abay ug‘lining 170 yilligi, Nukus pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi, Allayar Dustnazarovning 100 yilligi, Yernazar Alakozning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Qaypbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga Ajiniyaz shoir nomi, Qoraqalpoq davlat universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug‘bek haykallari o’rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Ayimxan Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.
1994 yili Qoraqalpog‘istonda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Markaz raisi - Ibroxim Yusupov, Ulmambet Xujanazarov. Shuningdek «Oltin meros», «Amir Temur», «Nuraniy», «Navruz» fondlari tashkil etildi.
1993 yili respublika Ministrlar Kengashi Qoraqalpoq tilida yangi lotin yozuviga o’tish haqida qaror qabul qildi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning o’zida 65 nomda darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi. Shuningdek Qoraqalpog‘istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kolledj, 18 maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat ko’rsatdi.
1990 yili Qoraqalpoq davlat universiteti uchta fakulteti va ikkita bo’limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. 2005 yili Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi.
1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida Tariyx, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol buyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, Mustaqillikdan avvalo uchta institut bo’lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi. Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Yeщanovlar boshkardilar. Hozirgi vaqtda bulim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov ishlaydi.
Shuningdek, O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musaev nomidagi Chimboy dehqonchilik instituti, «Sholi» uyushmasi, Oltinko’l stansiyasi, molchilik, bog‘chilik, uzumchilik muassalari kirdi. Qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot soxalari buyicha J.Mambetullaev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud.
Qoraqalpog‘istonda 65 fan doktori, 600 dan ortik fan nomzodi faoliyat ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari Mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) qatoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbaev, A.Baxiev, T.Yeщanov, A.Dauletov, X.Xamidov ham qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Kuttimuratov O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.
Tilshunos olimlar M.Kalenderov, R.Yesemuratova, A.Turabaev, K.Dauletbaevlar, faylasuf Polat Seitov O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofatini oldilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofatini A.Baxiev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbaev, K.Dauletova, M.Ametov, J.Saparniyazov, T.Yeщanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro «Goldman» nomidagi ekologik mukofat egasi bo’ldi.
Respublika olimlari Mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormokda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari buyicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995 yili Muynoqda Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Arxeologla olimlarimiz Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda. Tarixchilarimiz Qoraqalpog‘iston hududida turizmni targ‘ibot qilish maqsadida «Oltin marshrut»-ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkan, Ellikal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda «Qirq-qiz» dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi
Mustakil O’zbekiston va Qoraqalpog‘iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O’zbekiston kahramonlari, O’zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Tulepbergan Qaipbergenovlar qatoriga Tolibay Qabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Yesemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizomov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib qo’shildi.
1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o’tkazildi. 1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy «Ajiniyaz» operasi ijro etildi. 1996 yili Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli balet saxnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muxammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, Sh.Paxratdinov, T.Yesirkepov va boshqalar Mustaqillik yillari yaxshi faoliyat kursatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapaeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Maqset Xujaniyazov, Maqset Utemuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova va boshka qo’shiqchilarimiz butun O’zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo’ldi. Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Yesemuratov, baqshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova, Jarilkagan Yeщanov, Tenel Kalliev va boshqalar Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda Qoraqalpoq dostonlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga ma’lum bo’ldi. Qoraqalpoq universiteti «Hurliman» ansambli 2000 yili Toshkentda «O’zbekiston - Vatanim manim» konkusida 1-o’rinni egalladi.
2002 yili may oyidan boshlab milliy televideniede «Assalam Qoraqalpog‘iston» tongi ko’rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, «Maurit», «Tarix va taqdir», «Bayterek», «Shaңaraq», Yoshlar kanali» ko’rsatuvlari tashkil etildi. Prezidentimiz Yerkin Qutibaev, Alisher Auezbaev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi mardliklarini munosib bohaladi.
Mustaqillikning o’tgan davri - tarix uchun bir lahzadir. Lekin shu muddatda Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko’lami bilan bir necha un yilliklarga teng keladi. Tarixan kisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O’zligimizni anglay boshladik.
Keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari respublikaning barcha jabxasini qamrab oldi. Nukus shahrida I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining qo‘shimcha ikkita yangi binosi qurilib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi va foydalanishga topshirildi. Mo‘ynoq va Bo‘ston shaharlarida filiallari mavjud Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining yangi binosi qurildi, Yosh tamoshabinlar teatri rekonstruksiya qilindi. Nukus shahrida Orolbo‘yi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli «Imkon» maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan qurildi. Berdaq nomidagi kino-konsert zali rekonstruksiya qilindi. Chimboy tumanidagi Aqimbet-baxsi, Mo‘ynoq tumanidagi Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota) va Bug‘roxon maqbaralari rekonstruksiya qilindi va obodonlashtirildi. Chimboy tumanida ulug‘ qoraqalpoq ma’rifatparvar shoirlari Kunxo‘ja va Berdaqning maqbaralari qurildi. Nukus xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome’ masjidi tubdan rekonstruksiya qilindi.
Shuningdek, bugungi kunda Nukus shahrida «Prezident maktabi» va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining 120 o‘rinli klinikasi qurilmoqda.
Ayniqsa, keyingi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasiga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. 2010-2019 yillar davomida respublika bo‘yicha 74 ta sog‘liqni saqlash muassasalarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Respublika xirurgiya markazi bazasida akad. V.Voxidov nomidagi Respublika maxsus ilmiy-amaliy xirurgiya tibbiyot markazining Nukus filiali ochildi. Respublika maxsus ilmiy-amaliy onkologiya va radiologiya markazining Qoraqalpoq filialida palliativ bo‘limi tashkil qilindi. U yerda ko‘z bilan bog‘liq va og‘ir yurak kasalliklari bo‘yicha murakkab operatsiyalar olib boriladi.
Bugungi kunga kelib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, respublikamiz turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu borada Ellikqal’a, Mo‘ynoq va boshqa hududlarga yangi turistik yo‘nalishlar ochish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston poytaxti - Nukus shahri kundan kunga chiroy ochib bormoqda. Shahar markazida 55 metr balandlikda Davlat ramzi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari mag‘rur hilpirab, u gullab yashnash va obodonchilik hissini yaratmoqda.
Nafaqat xalq sog‘ligini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilishga, balki ta’lim, fan, madaniyat va sportga ham katta e’tibor beriladi. Yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining soni kundan kunga ortib boryapdi. 2017 yili iqtidorli bolalar uchun maxsus I.Yusupov nomidagi maktab-internat ochildi. 2018 yili Nukus shahrida Navoiy davlat tog‘ universiteti, O‘zbek davlat jismoniy tarbiya va sport instituti hamda Samarqand veterinariya tibbiyot institutining filiallari ochildi.
Qoraqalpoq sportchilari xalqaro maydonda o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar. Faqat 2017 yilning o‘zida bizning sportchilarimiz Osiyo va jahon chempionatlarida 440 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Ularning orasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Rustam Janabaev O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi unvoniga ega bo‘ldi. Keyingi yili 7 ta qoraqalpoq sportchilarimiz O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishdi va ular orasida eshkak eshishda Islom Mambetnazarov, og‘ir atletika bo‘yicha Rustam Janabaevlar sovrindor bo‘lishdi.
Madaniyat sohasida jirov aytuvchisi Salamat Ayapov, opera qo‘shiqchisi Aqilbek Piyazov, baxshichilik bo‘yicha Sherzod Kenjaev, Muxamed Turabekov esa xoreografiyadan O‘zbekiston Respublikasining «Nihol» mukofoti sovindorlari bo‘lishdi.
Respublikamizda davlatimiz rahbari tomonidan mehnatlari yuksak baholangan turli xil kasb egalari yashab, unumli mehnat qilib kelmoqda. Xususan, «O‘zbekiston Qaxramoni» degan sharafli unvonga: Onesiya Saitova (1997), Allaniez Uteniyozov (2001), To‘lepbergen Qaipbergenov (2003), Ibroyim Yusupov (2004), Agitay Adilov (2005), G‘ayratdin Xo‘janiyazov (2008), Sarsenbay Seyitnazarov (2011) lar sazovor bo‘lgan edi. 2019 yil 28 avgustda «O‘zbekiston Qaxramoni» unvoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Musa Tajetdinovich Yerniyazovga ham topshirildi.
Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish