1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


- mavzu. XIII – XV asrlardagi Janubiy Orol atrofidagi va Dashti Qipchoqdagi qoraqalpoqlar



Download 181,33 Kb.
bet5/16
Sana05.04.2023
Hajmi181,33 Kb.
#924925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsi

5- mavzu. XIII – XV asrlardagi Janubiy Orol atrofidagi va Dashti Qipchoqdagi qoraqalpoqlar


Reja:
1. Janubiy Orol bo’ylari Dashti Qipchoq mo’g’ullar va temuriylar davrida.
2. Dashti Qipchoqdagi turkiy qabilalar va ularning jaVolga-Ural bo’yidagi qoraqalpoqlar.
3. Janubiy Orol bo’ylari va Dashti Qipchoqdagi ijtimoiy –iqtisodiy va madaniy turmıshi.

Adabiyotlar:


1.Археология Приаралья. Выпуск VII. Т. 2008.
2.Баҳадырова С. Қарақалпақ қандай халық. Т. 2017.
3.Доспанов О.Т. Жампыққала - орта әсирлер естелиги. Н.1992
4.Есбергенов Х. Қоңырат тарийхый ҳәм мәдений естеликлери. Н.1994.
5.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан Н.2001
6.Қдырниязов М.Ш. Алтын Орда дәўириндеги түслик Арал бойы мәденияты Н.1993
7.Мәмбетов К. Тарийх төркинлери. Н.1999.
8.Мамбетуллаев М.,Туребеков М. Қубла Арал бойы халықлары тарийхынан. Т.II. Н.1997.
9.Нызанов М. Қарақалпақлар. Н. 2020
10.Хожаниязов Ғ., Юсупов О. Қарақалпақстандағы мухаддес орынлар. Н.1994.

Bu davrda Markaziy Osiyo yerlarida ikki kuchli davlatga asos solingan edi. Mongoliya dalalarıda ko’chmanchi qabilalar qurıltayıda Temuchin, ya’nı Chingizxon nomi bilan yangi davlat, Tushlik Orol bo’ylarıda esa markazı Urganch bo’lgan buyuk Xorazmshoxlar davlati tuzilgan edi. Bu ikki davlat o’rtasıda savdo va elchilik munosabatlar ornatila boshladi. Lekin shu munosabatlar asosida, Xorazm yerlarini yaxshı o’rganib, keyin esa bosib olish, Chingizxonnıng maqsadlarining biri bo’ldi.


Shu davrga kelib Xorazmshoxlar davlatining ichki siyosiy va iqtisodiy turmıshinıng og’irlıgı, o’zaro qarama-qarshılıklarnıng kuchayishi, Chingizxon boshchiligidagi mongol askarlarining bosib kirishiga imkoniyat tug’diradi. 1219-yili mo’g’ullar Otrornı, 1220-yili Buxoronı, Samarqand Shimolini egallaydi. 1221-yili esa davlat poytaxti Urganch shahrı 6 oyga cho’zılgan qamalidan soʻng bosib olinadi. Arab tarixchılarınıng ma’lumoti bo’yicha Urganchni qimoya qiluvchilar qattıq qarshılık ko’rsatgan. Erkaklar, ayollar va bolalar tınımsız urushgan, shundan keyin mo’g’ullar shaharga suvni ochıb yubardi, suvga oldırıb keyingina shaharnı birato’la egallab, omon qolganlarnı o’ldirdi deydi. Bunday qarshılık harakatlari Janubiy Orol bo’ylarıdagı har bir shaharda davom etkan. Kulga aylangan madaniy qatlamlar Mizdaxkan, Guldirsin va Qabatshahar yodgorliklarida da uchraydi. Xo’jayli shaharıdagı Gawir shaharda yashagan xalq mo’g’ullar yurishidan soʻng shaharnı tashlab ketishiga majbur bo’ladı.
Mo’g’ullarnıng Xorazmni bosib olishınıng natiyjasida og’ir oqibatlarga olib keladi. Xo’jalıknıng rivojlanishı uzilishga tushadi, Qabat qala oazisindagi shaharlar va qishloqlar xarobaxonalarga aylanadı. Xalqning soni kamayib ketadi. Ko’plagan yerlarda tirikchilik to’xtab, faqat Mizdaxkan, Jampıqshahar, Qıyat va Narinjan elatlarıda oz miqdorda xalq yashaydi. Amudaryo o’z o’zanini o’zgartib Sarıqamısh ko’liga borıb quyadı.
Chingizxonnıng o’limidan keyin Janubiy Orol bo’yları Chig’atoy va Jojıxon uluslarıga o’tadi. Janubiy Xorazm shaharları Qıyat, Xiywa, Xazarasp Chig’atoy ulusıga, Shimoliy Xorazm shaharları Urganch, Mizdaxkan, Kerder Jojı ulusıga qaraydı.
Janubiy Orol bo’yları Oltin O’rdanıng tarkibiga o’tishi bilan, XIII asrning ikkinchi yarmıdan boshlab uning iqtisodiyoti va shaharlar turmıshi yaxshılana boshlaydi. Elning sug’orish sohalari avvalgi holida bo’lmasada qayta tiklana boshlaydi. Hunarmandchilik, dexqonchilik va savdo munosabatlari tiklanib, rivojlanib boradı.
Yangi shaharlar paydo bo’ladı. XIII-XIV asrlardagi Orol bo’yıdagı yirik shaharlarning biri Mizdaxkan bo’lgan. Bu yerda savdo yaxshı rivojlanadı. Ayniqsa Mizdaxkan shaharınıng o’sishi, Orol bo’yı yerlarining Oltin Orda tarkibida bo’lgan vaqtida kuchayadi. 1349-yili Xorazm hokimi Qutlug’ Temurnıng qo’lı qo’yılgan, Sulayman Xaddadiyning ma’lumotida Mizdaxkan va Bagdat (hozirgi Qorao’zak tumaninda) oralıgıdagı yerlarda, ko’plagan kanallar, dexqonchiliknı rivojlantirısh orqalı don maxsulotlarini yetishtirgani haqida aytıladı. Mizdaxkan balandligida Gawirshahar, Nazlımxon Suluv maqbarası, Jomart qassab, Qırıq-shopan, Xalfa Erejep, Juma masjidi, Shamun-nabi mazorı va yana boshqa da jamiyatlik qurılıshlar joylashgan.
Nazlımxon Suluv O’rta Osiyo arxitekturasınıng durdonaları bo’lgan Ismayıl Somoniy, Xoja Axmad Yassawiy, Bibixonım, To’rabek xonım, Muxammad Taktesh, Maxmud Paxlavanlar bilan bir qatorda turadigan arxitekturalık ajoyib yodgorlik.
Mizdaxkan-arxeologik kompleksi butun ittifoq, Evroaziyalık tarixıy ahamiyatga ega yodgorlik sifatida hisobga olingan edi. Shuning uchun ham Mizdaxkan kompleksiga himoya qilish, ularnı qayta tiklash bo’yicha respublika hukumatining 1979-yili, 1990-yili qarorlar qabul etilgen edi. Agarda shu qarorlar to’lıq ishga tushib, bu yerdagi arxitekturalık yodgarliklar qayta tiklansa, o’lkamizning o’rta asrlardagi boy tarixıy merosın saqlap shaharimız U xalqimızning tarixıy holida keng tarqatishda xızmat qiladi.
Amudaryonıng o’ng tarafida esa Qıyat qala, Qabat qala, Narinjanqala, Jampıq qala, Bagdat shaharlarda shu davrda xalq yashagan. Shu shaharlarning biri Jampıq-shahar tosh maxsulotlarin qayta ishlash markazı bo’lgan. Shahar Oltin O’rda davrining hunarmandchilik markazı bo’lıb qolmay, savdo karvonları o’tgan yirik shahar markazı ham bo’lıb hisoblanadi. Hindistonnıng va Ironnıng toshtan ishlangan har xıl idishlari bilan tangalarining topilishi bunıng guvohi. Shaharda kanalizatsiyalar bo’lgan. Hammom xızmati yaxshı yo’lga qo’yılgan. Shahar atrofinda qishloq xojaligi yaxshı yo’lga qo’yılgan. Bu yerda paxtachilik bilan bog’dorchilik keng rivojlangan. Shahar atamasınıng kelib chiqishiga to’xtab o’tsak xalq orasida ikki taqmin qaysar Chor Yampuk nomi bilan, ikkinchi taqmin Jampıq qala tog’ bag’riga joylashganlıgı, olısdan qaraganda qıyalab ko’rinib turadiganligi sababli Jampıq qala deb atalgan bo’lıshı mumkin.
Shu davrdagi yirik markazlarnıng biri Qıyat bo’lıb, u Amudaryo bo’ylaridan Mavarounnaxrga boradigan savdo yo’llarinıng bo’yıda joylashgan. 1340-yili Qıyat orqalı Buxoro tarafga o’tgan Ibn-Battuta «Kat dunyodagı eng go’zal shaharlarning biri» deb yozadi. Kat shahrıda turmıshi XVII-asrga qadar davom etadi. Shaharda kulolchılık, temirchilik, to’qımachılık qo’l hunarmandchiligi rivojlangan. Kat shahrı karvon yo’llari bilan Xorazmni Buxoro, Samarqand Shimoliy shaharları va Sırdaryo bo’yı ko’chmanchi ellari bilan munosabatda bo’lgan.
Amir Temur 1388-yili Urganchga qilgan beshinchi yurishida Bagdat daryosi (Bagdat shaharı) orqalı o’tkan. Bagdat shahrı XI-XIII asrdagi ko’chmanchi va o’troq xalqlarnıng chegarasida joylashgan, savdo-hunarmandchilik va boshqaruv markazlarınıng biri bo’lgan.
«Qıpchaq» deb oltoyda chettan ko’chip kelgan qabilalarni atalgan. Qıpchaqlar Don, Dnepr daryosı bo’yıda yashagan. Dashti Qıpchaq tarkibiga qıpchaqlar, Pecheneglar, o’g’uzlar, boshhqirtlar, totarlar, kolmıklar kirgan. XI asrdan boshlab Qıpchaq xonı Aqtosh Vo’lga bo’yıda Sumeru (Samara), Simber (Simbirsk), Sarı tog’ (Saratov), Uralda – Chelyaba (Chelyabinsk), Tagil, Kurgan v.h. shaharlardı qurgan. Dashti Qıpchaqta Aqtoshtan soʻng Tanggrixon boshqaradı. Dashti Qıpchaq katta ittifoq bo’lıb, u Irtısh daryosidan to Karpatka qadar Oralıqnı egallagan. Dashti Qıpchaqlar tarkibi qulagandan keyin No’g’ay O’rdası paydo bo’ladı. Nogay Ordası XV asrdan XVII asrga qadar hukmronlik qilgan. Unı paydo bo’lishi – Mangıtlar (Qora uychilar deb nomlanadi). Nogay Ordası XV asrda «oq bayroq» deb atalib, uning tarkibiga turkiy tilda gapiradigan Qıpchaqlar, Qanglı, Nayman, Qongıratlar, Kereitlar, Totarlar, Boshqirtlar v.h. kirgan. Nogay Ordasınıng bosh shaharı Saroy yoyıq daryosinıng quyidagi tarafida joylashgan. No’gaylar Rossiyaga asosan ot, toy sotuvchı bo’lıb hisoblanadi. Nogay xalqınıng eng buyuk farzandi Edige, u Oltin Ordanıng eng keyingi xonı To’xtamıshga zarba berib turadı. Urushda mag’lub bo’lgan To’xtamıshxon nogaylardan solıq olishnı to’xtatadı. Amir Temur Edige bilan munosabatda bo’ladı. Amir Temurnıng To’xtamıshxondı qulatishiga (1365 j.) Edige qatnashgan. Qoraqalpoq eposlarınıng bosh qahramonları uchunda Edige – haqıyqıy bo’lgan shaxs. Nogay Ordasıga ruslar tez-tez hujim qilib, mol-mulkin tortıb oladi. Natijada, Nogay Ordası tarkibidagı Qoraqalpoqlar ota yurtı Turkistonga ko’chishga majbur bo’ladı. Shu davrda No’g’aylarnıng boshchisi Ormambet biy vafot etib, undan ug’il farzandi qalmay, uch qızı boshqaradi. Ormambet biyning katta qızı Suyinbiyke Qoraqalpoqlarnıng boshchisi bo’lıb, Keyinchalik Kazan xonlıgıga xon bo’ladı. Rossiya podshosi Ivan Groznıy Kazandı bosib oladi. 1556 yili Qoraqalpoqlar Nogay Ordasıdan bo’linib chiqib, ota yurtı Turkistonga ko’chadi..
XIV asrda 60-80-yilları Janubiy Orol bo’yıdagı Qo’ng’ırat elatınıng biylari martabali bo’lgan. Ular Oltin Orda yoki Jojı ulusınıng xonları bilan yaxshi munosabatda bo’lgan. Ular natijasida Amudaryonıng quyi bo’yıdagı mustaqil elat-Qongırat so’fılar sulolası paydo bo’lgan.
Qoraqalpoqlar XVI asrdan boshlab mustaqilllik uchun kurashib, Musabiy avlodlarıdan xon tiklaydi. Bunıng eng etiborlısı ypyıq bo’yıda Qoraqalpoq xonlıgın tuzish uchun harakat etkan Ormambet biy bo’ldi. Xalq o’g’zida bu botır va dona odam haqida turli afsonalar saqlangan.
Qoraqalpoqlar bundan keyin ham Turkistonda 3, Xorazmda 5 xonga ega bo’ldi. Lekin bu davrlar haqida yetarli tadqiqotlar olib borilmagan.
XIII asrning ikkinchi yarımıga qadar Qoraqalpoqlar Amudaryonıng quyar erida yashaydi. Ularning o’zin-o’zi boshqaruv sisteması ya’nı davlati bo’ladı. Qoraqalpoqlar Xorazm davlatidan yarım qaram bo’lıb, uning xalqı bilan tıg’ız iqtisodiy va siyosiy munosabatta yashaydi. Lekin Chingizxon Xorazmni bosqinchilik olishınıng va Amudaryonıng suv sistemasın buzıb unı Sarıqamısh va Uzboy tarafiga oqızıb yubarganliktan Qoraqalpoqnıng yerlari suvsız qoladi. Amudaryonıng quyar yerlari qurıb, ular har tarafga ko’chishga majbur bo’ladı. Ularning ko’pchiligi XIV-XVII asrlarda dastlab Vo’lga soʻng Sırdaryo bo’ylarıda yashaydi. Shu davrlarda ham ular Qoraqalpoq nomi bilan o’zin-o’zi boshqaruv tartibi ya’nı davlatchiligini saqlaydı. XVI asrning oxirida Amudaryo o’zining eski o’zaniga qaytıb oqib Orolga quyadı. Shu vaqtlardan boshlab Qoraqalpoqlar har tarafdan o’zlarining avvalgi joylashgan yerlariga qaytıb kela boshlaydi.
XIII-XV asrda Janubiy Orol bo’ylarıda ilmning, madaniyatnıng rivojlanganlıgı haqida arxeologik malumotlar va tarixchılar, adabiyotshunoslar tarafidan tadqiqot olib borib o’tirgan tarixıy yozma asarlar qimmatli malumotlar beradi. Shuning uchun moddiy, madaniy nomida rivojlangan. Ularga ko’rkam etib solingan arxitekturalık qurılıshlar minor, karvon saroylar, kulolchılık maxsulotlarining namunalari v.h. Mizdaxkan va Jampıq shahar yodgorliklarida paxta va jun gazlamalarning namunalari topilgan. Paxtanıng Jayhun etaklarida Qadimdan ishlab chiqarganin buyuk baholanib akademik V.V.Bortold. O’rta Osiyoda, ayniqsa, Zarafshan va Amudaryo bo’ylarıda hech qachon paxta ishlab chiqarish va paxta gazlamalarin tayyorlash to’xtab qolgan emas deb ko’rsatadi. etnograflarnıng fikricha Ustyurtagi «Qo’rg’onsha» qalası XIII-XIV asrlarning yodgorligi bo’lıshı bilan birga bu shaharnıng arxitekturasıda mahalliy xalqning hunarlari keltirilgan. Shuning uchun «Qo’rg’onsha» shaharıdan topilgan kulol narsaları ko’za, qum, badiya tog’ara sınıqlarıga qaraganda bu narsalar mahalliy loydan, mahalliy kulollar tarafidan ishlangani seziladi. Qo’rg’onsha qalası Qoraqalpoq xalqınıng «Qoblan» dostanıda Amudaryonıng quyidagi alabındagı qadimgi va yirik shaharlarning biri haqida gap etiladi. Yoshlarnıng hunar sırların o’rganish o’rni, odob- axloqnı o’z onglariga singirish, ta’lim-tarbiya maktablarining biri bo’lgan. Milliylikning ildizlari shakillangan, saqlangan va otadan-bolaga o’tkan o’rınlarnıng biri shunday o’troq elatıning o’rınlar shahar, qo’rg’on bo’lıb hisoblangan. Shunday yodgarliklarning biri Chımboydan topilgan mramor plitosı bo’lıb hisoblanadi. U fors yozuvida yozilib 48 satrdan iborat. Bunı olimlarning fikricha ikki ko’z-qarash, biri XV asrga, ikkinchisi XVIII asrga tegishli deb ko’rsatmoqda. Bu hududdagi qanchadan-qancha buyuk insonlar dunyoga kelgan. Ularning orasida dunyo ilmin, adabiyotın, madaniyatın va ma’naviy merosların boyıtıshda alohida o’rni bor shaxslar o’sib chiqqan. Ulardan Sulayman Xadadiy Museviy, Abdallax An Narinjaniy, Seyd Ota, Al-Kerderi v.h. bor.
XV-asrning oxiri XVI asrning boshlarida yashagan mashhur Tarixchılarnıng biri O’temis Hajı bo’lıb hisoblanadi. O’temis Hajı haqıdagı eng dastlabki malumot mashhur rus Sharq tadqiqotchisi B.P.Yudin tarafidan berilgan. U topgan O’temis Hajınıng «chıngıznoma» tarixıy asarining qol yozması, XIII-XVI asrdagi Orol bo’yları xalqlarınıng tarixın o’rganish buyuk xazina bo’lıb hisoblanadi.
O’temis Hajı XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida Yangidaryo bo’yında yashagan. O’temis Hajı o’zining qaysı millatning odamı ekani haqida to’lıq malumotlar bermaydi. U o’zini: «Men xıtay, Qıpchaqlar orasıdan chiqqan tolib-ilm egasiman» deydi. xıtay, Qıpchaq qavm ota momoları Qoraqalpoq, qazaq va ko’chmanchi o’zbeklar orasida ham bor. Bu bo’yicha tadqiqot uchun yurgizgan mashhur adabiyotchı olım K.Mambetov, O’temis Hajınıng bu mehnatin XV-XVI asrdagi Qoraqalpoqlar tarixı uchun eng xarakterli hujjat deb hisoblaydi.
O’temis Hajı v.h. donishmandlarımıznıng merosları Qoraqalpoq adabiyoti, madaniyatı, ma’naviy tarbiyasida, talim tarbiya tarixıda o’z o’rnın topishi shart. Bu Qoraqalpoq adabiyotining tarixın halida terang tadqiqotga imkoniyot yaratib beradi.

Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish