10
ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish masalalari belgilab berilgan bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq,
yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar,
informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va
talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish
sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga
sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni
chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu bois,
O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor berilib, ta’lim tizimida
tub o‘zgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil etgan holda, mavjud
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim o‘rin
tutadi.
Bugungi kunda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli,
samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy
kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy
qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas
iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, qaytadan
dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida
ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.
Ta’lim
tuzilishini
modernizatsiyalash,
uni
demokratlashtirish,
kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash,
uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni
fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki
fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning
har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun
loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion
loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga
erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
Yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona
bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual
salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib
voyaga etkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha
olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
Bugungi hayotimizni Internet, kompyuter tarmog‘isiz tasavvur etib
bo‘maydi. Axborot texnologiyalari tufayli uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson
bo‘lmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir
sharoitda yoshlarning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech
shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham
to‘g‘ri kelmaydi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoev shunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: