Ish beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar: Xodim ish beruvchiga bevosita etkazilgan haqiqiy zararni to‘lashi shart.Bevosita etkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining ortiqcha to‘lovlar qilish zarurati tushuniladi.Xodim ish beruvchiga bevosita etkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga etkazilgan zararni to‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo‘ladi.
Moddiy javobgarlik 2 xil tartibda: chegaralangan va to’liq moddiy javobgarlik tartibida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |