1-Mavzu: Kirish. Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari


-Mavzu: Mehnat muhofazasining nazariy, xuquqiy va tashkiliy asoslari



Download 15,56 Mb.
bet14/131
Sana27.01.2022
Hajmi15,56 Mb.
#412534
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131
Bog'liq
maruza matn 2020

2-Mavzu: Mehnat muhofazasining nazariy, xuquqiy va tashkiliy asoslari:

Mehnat muhofazasining asoslari.

Reja:


1. Mehnat vazirligining tashkil etilishi va korxonalarda mehnat muhofazasini boshqarish.

2. Yo’riqnoma maqsadi va turlari.

3. Davlat nazorat organlari tizimi.

1. Mehnat vazirligining tashkil etilishi va korxonalarda mehnat muhofazasini boshqarish.

Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 7-noyabr 558-qarorga binoan korxona va muasassalarda mehnat muhofazasini boshqarish va nazoratga olish maqsadida Mehnat Vazirligi tashkil topdi. Keyinchalik 1995-yil 16-fevralda Mehnat Vazirligi qoshida Mehnat muhofazasini boshqarmasi tashkil topdi.

Korxonalarda mehnat muhofazasini boshqarish korxana rahbariga yuklatiladi unga yordamchi bo’lib texnika xavsizligi mutaxasissi va kasaba uyushmasidan tayyorlangan masul shaxs hisoblanadi.

Mehnat muhofazasini boshqarish deganda texnika xavfsizligi, sanitar gegienik tadbirlarni amalda qo’llay olishga aytiladi.

Mehnat muhofazasini boshqarishda mehnat muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assotsiasiya, korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazoratqilish tartibi belgilangan.

Korxonalarda mehnat muhofazasigaoid ishlarni tashkil qilish:

Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarning asosiy vazifalari mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda “Xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari” bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishgaoid mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni amalgaoshirish, tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga javobgarlik korxona rahbari uning o’rinbosari-bosh muhandis zimmasiga yuklatiladi.

Korxona rahbari:

-ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini oluvchi tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga;

-ana shu tadbirlar uchun o’z vaqtida mablag’ ajratishga va ularni o’tkazishga doir ruyxatlarni tasdiqlashga hamda mehnat sharoitini mustahkamlash va sog’lomlashtirish uchun ajratilgan mablag’ning to’g’ri sarflanishini nazorat qilib borishga;

-mehnat muhofazasiga doir jamoa shartnomalari va bitimlarining bajarilishini ta’minlashga;

-mehnat va dam olish tartibi, ayollar hamda o’smirlar mehnatini muhofaza qilish haqidagi qonunlargaamal qilishga;

-kasaba uyushmasi texnik nazoratchilari va jamoatchi nazoratchilar hamda mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi komissiyasinimng mehnat muhofazasiga doir buyruqlarini bajarishga;

-ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yo’llari bo’yicha yo’riqnomalarni tasdiqlashga;

-ishchi-xizmatchilarni o’z vaqtidaamaldagi me’yorlarga muvofiq korjoma, maxsus poyafzal, yakka tartibdagi himoya vositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga majbur.

Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimgaxavfli ish usullari bo’yicha yo’riqnoma, maxsus malakaolgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro’xsat beriladi. Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko’tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o’kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo’lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va ularni to’g’ri tashkil qilish bo’yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo’limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o’rgatish shu tsex hamda bo’lim rahbarlariga, shuningdek, o’z vaqtida va sifatli o’qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.


Download 15,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish