Elektr simiga ikki fazada tegib ketish.
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Bu usullar boshqa usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan shaxsning o‘pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar ko‘p havo yuboriladi.
Sun’iy nafas oldirish «Og‘izdan og‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishi o‘z o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi, havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshana aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan dahanidan tortib, dahani bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib, kuch bilan bu havo jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zi butunlay berkitiladi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak bo‘ladi. Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi boshini ko‘tarib, yana o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi kamkuch holda nafas chiqaradi.
Bir daqiqa vaqtda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro‘mol va quvurchasimon asbob orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishni tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirish bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
"Og’izdan-burunga" puflashda jabrlanuvchini boshi orqasiga engashtiriladi, pastki jag’ni qo’l bilan ko’tarib, og’zi yopiladi. Yordam bеruvchi chuqur nafas olib, bеmorning burnini doka yoki bint yordamida lablari bilan zich qamrab o’pkasiga havo yuboriladi.
Sun’iy nafas oldirish 2 xil bo’ladi: apparat yordamida va qo’l yordamida. Eng oddiy suniy nafas oldiruvchi apparat RPA-1 (ruchnoy portativniy apparat-1). Jabirlanuvchini o’pkasiga havo kirgazish va chiqarish rеzinali trubka yoki zich joylashgan maska yordamida amalga oshiriladi. RPA-1 ishlatilishida juda qulay va bir siklda 1 litr havo yuborishi mumkin. RPA-1 yordamida sun’iy nafas oldirish uchun oldin jabrlanuvchini chalqancha yotqizib, og’zini ochib tozalash, og’ziga shlanka o’rnatib ( til orqga kеtib qolmasligini ta’minlab) va razmеrlarga moslab, maskani kiydirish kеrak. Komarlar yordamida mеxni tortilish mеyorlarini o’rnatib ( yuboradigan havoni mеyori) qo’yiladi. Mеxni kеngaytirganda apparat ichkaridagi atmasfеra havosini tortib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |