1-Mavzu: Kirish. Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari



Download 15,56 Mb.
bet105/131
Sana27.01.2022
Hajmi15,56 Mb.
#412534
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
Bog'liq
maruza matn 2020

OP-lOA o’t o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog‘och va plastmassalardagi yong‘inlarni o‘chirishda ishlatiladi.

SI-2 ko‘chma o’t o‘chirgichi neft mahsulotlari, metalloorganik birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t o‘chirgichlari tok ta’siridagi elektr qurilmalar yong‘inini o‘chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.

Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o‘t o'chirgichlar soni quyidagicha aniqlanadi:

n0= m0S,

bu yerda, S - ishlab chiqarish xonasining yuzi, m2,

m0-lm2-maydonga me’yor bo‘yicha belgilangan o‘t o'chirgichlar soni.

Bu ko‘rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug‘xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, laboratoriyalar uchun 50 m2 maydoniga 2 ta qilib qabo’l qilinadi.

0‘t o‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada to‘liq bartaraf etish va yong‘in bo‘linmalari kelguncha yong‘in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar va ko‘chma bo‘ladi. Zaryadlovchi moddalaming turi va tarkibiga ko‘ra esa suvli, bug‘li, gazli (uglekislota), aerozol (galoid uglevodorod), suyuqlikli va kukunli bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘t o‘chirishda ATs-30(66), ATs- 40(131), ATs-40(130Ye) rusumli mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 rusumli motopompalardan ham keng foydalaniladi.

Ko`pincha yong`inni o`chirish uchun suv va 3-10% li brometil va boshqa aralashmalardan tayyorlangan eritmalar ishlatiladi. Eritmani namlaydi, sovitadi va yonuvchi materialni bug` bilan qoplaydi. Ko`pik sovutkich vazifasini bajarib, ma'lum vaqt ichida kislorodni issiq yuzaga kirishiga qarshi turish qobiliyati ega. Kimyoviy ko`pik ko`piksimon kukunlarni qo`llaganda generatorlar yordamida hosil qilinadi. Ko`pik kukun sariq-kul rang ko`rinishada bo`lib, kislota va ishqordan iborat. Kislota qismiga odatda mayin maydalangan alyuminiy sulfat, ishqorga esa - maydalangan natriy gidrokarbonat olinadi. Bu ko`pik neft maqsulotlari, spirt, aseton va boshqa moddalarni o`chirishda qo`llaniladi. Kimyoviy ko`pik hajmi bo`yicha 80% karbonat angidrid, 19,7% suv va 0,3% ko`pik hosil qiluvchi moddadan iborat. Ko`pikning turg`unligi (to`la parchalanguncha) 40 daqiqaga yaqin. Mexanik-havo ko`pik neft mahsulotlarini o`chirishda qo`llaniladi. U suv, havo va ko`pik hosil qiluvchi moddalarni maxsus elektr generator stvollarida va o`t o`chirgichlarda tez aralashishi natijasida olinadi. Mexanikaviy havo ko`pik amalda agressiv kimyoviy xossalarga ega emas, kimyoviy ko`pikka nisbatan elektr o`tkazuvchanligi kamroq bo`lgani uchun elektr qurilmalarni kuchlanishi bo`lganda ham (masofadan turib, tizillab chiquvchi ko`pik bilan) o`chirishda qo`llaniladi.



Karbonat angidrid gazi - SO2, - inert, rangsiz gaz, havodan 1.5 marta og`ir, 0° da bosimi 3,6 MPa da suyuq holatga aylanadi. O’t o`chirgichdan purkalganda juda tez kengayadi (500 martagacha) va past (-72°) haroratli, qorsimon massaga aylanadi. Karbonat angidridning asosiy xosslaridan biri shundan iboratki, u erimasdan to`g`ridan-to`g`ri gaz holatiga aylanadi. Karbonat angidrid gazining elektr neytralligi kuchlanish ostida bo`lgan elektr qurilmalarni o`chirishda qo`llash imkoniyatini beradi. Yonayotgan xonadagi hajmga nisbatan SO2 aralashmasi 30% dan kam bo`lmasa karbonat angidrid gazi ishlatilganda yong`in butunlay to`xtaydi. Bu gaz yordamida berk imoratlarni o`chirishda yaxshi natijalar olinadi. Kukunlar suv bilan reaksiyaga kirishuvchi ishqoriy metallar, alyuminiy organik birikmalar, fosfor, yonuvchi suyuqliklar va boshqa moddalar. Ular suv va ko`pikdan buziluvchi qimmatli xujjatlar, suratlar va boshqa qimmatbaho materiallarni o`chirish uchun mo`ljallangan.

Suv - eng ko`p tarqalgan, oson topiladigan, qulay ishlatiladigan o`t o`chiruvchi modda hisoblanadi. U yuqori issiqlik sig`imiga ega bo`lgani uchun olovni o`chirish jarayonida yonayotgan moddalardan juda ko`p issiqlikni oladi. Bir gramm suvni bug`ga aylantirish uchun 2,26kJ issiqlik sarf qilinadi. Suvning kamchiliklari - issiqlik sig`imidan foydalanish koeffisienti past, elektr o`tkazuvchan, chang qatlamiga ta'sir etganda portlovchi xavfli 130 aralashma hosil qiladi. Shu sababli suv ko`p holatlarda ishlatilmaydi.


Download 15,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish