7-Mavzu: Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi. Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va ta’riflari.
Reja:
1.“Mehnat gigienasi” bo’yicha asosiy tushunchalar.
2.“Ishlab chiqarish sanitariyasi”, “mehnat psixologiyasi” bo’yicha asosiy tushunchalar.
3. Mehnatning psixologik og’irligi va gigiyenik sharoitlarini kompleks baholash.
1. “Mehnat gigienasi” bo’yicha asosiy tushunchalar.
Mehnat gigiyenasi - gigiyenaning bir bo’limi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga ta’sirini o’rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena me’yorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish o’rinlarida yaratiladigan sanitariya gigiyena sharoitlariga bog’liq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, aqliy mehnatda esa asabiy ruhiy tomondan zo’r keladi.Texnika rivojlanib, ishlab chiqarish jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat o’rnini aqliy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini ko’proq o’rganishga ehtiyoj tug’ildi. Ishlab chiqarishning sanitariya gigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan kimyoviy moddalar, chang , shovkin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar ko’p yoki kamligi va boshqa tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar ko’rilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. Mehnat gigeyenasinig asosiy vazifasi ham ana shu nojo’ya ta’sirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash O’zRda umumdavlat vazifasi hisoblanadi. "O’zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi nizom"ga muvofiq, mehnat gigeyenasinig sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir. Mehnat gigeyenasida nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariya gigiyena tekshiruvlaridir. Ob havoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, shovqin, radioaktiv nurlarni o’lchash va boshqa ishlarda shu metod qo’llanadi. Bundan tashqari, fiziologik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. Mehnat gigeyenasi ishlab chiqarishda odam organizmining fiziologik va biologik talablariga hammadan ko’ra ko’proq muvofiq keladigan gigiyena normativlarini belgilab olish maqsadida organizm bilan ishlab chiqarish muhiti o’rtasida bo’lib turadigan o’zaro taʼsir qonuniyatlarini ham o’rganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartibqoidaga muvofiq, ishlab chiqarishomillarining birontasi ham yo’l qo’yiladigan normadan yoki eng katta konsentratsiyadan ortiq bo’lmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurganida omillar o’sha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror o’zgarish paydo qilmasligi kerak. Mehnat gigeyenasi O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat normativlari, yo’riqnoma va ko’rsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |