Barmoqlarning sinishi. Bu hollarda birinchi yordam shinaga panjalar qattiq bog‘lanadi, shuni e’tiborga olish kerakki, barmoqlar ozgina egilgan holatda mato (ro‘mol) yordamida bo‘yinga osib qo‘yiladi.
Umurtqa pog‘onasining sinishi yiqilish, tom bosib qolish holati va qattiq zarba orqali bo‘ladi. Umurtqa suyagi sinishining asosiy belgisi birdaniga umurtqada paydo bo‘lgan qattiq og‘riqdir. Bemor belini bukolmay qoladi va tomondan tomonga ag‘darila olmaydi.
Orqa miya zarar ko‘rmasligi uchun bu hollarda bemorni kasalxonaga olib borish vaqtida uni ko‘tarmasdan ostiga taxta kiritiladi. Agar iloji bo‘lmasa bemor yuz tuban qilib ag‘dariladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, bemor ag‘darilgan paytda uning badani qiyshaymasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |