2. O’t o’chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari.
0’t o‘chirgichlar yong‘inni boshlang‘ich fazasida o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular sig‘imi, o‘t o‘chirish moddasi, o’t o‘chiruvchi moddani chiqarish usuli bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong‘inini o‘chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-IO, OP-YUMo‘t o‘chirgichlari kiradi'. Ulaming ishlash vaqti ko‘pik karraligi 5 ga teng bo‘lganda 60 sek ballonlar hajmi 8,7 va 9,1. Zaryadlari ishqorli va kislotali qismdan iborat. Ishqorli qismi- 450 ... 460 gr bikarbonat natriy va qizilmiya ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasidan, kislotali qismi - 15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o‘t o‘chirgichlaming korpusi foydalanilgandan 1 yil o‘tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir partiyadagi o‘t o‘chirgichlarning 25%). Ikki yildan keyin esa 50%, uch yildan keyin 100% o‘t o‘chirgichlar sinovdan o‘tkaziladi.
Sanoatda OV-5, OVP-IO rusumli qo‘l o‘t o‘chirgichlari, OVP- 100, OVPU-25 rusumli yuqori karrali statsionar o‘t o‘chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko‘pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
Uglekislotali o‘t o' chirgichlar turli xil moddalar, materiallar va elektr qurilmalaridagi yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi.Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (S02) foydalaniladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarga OU-5, OU-8, OU- 25, OU-8O va OU-400 rusum o‘t o‘chirgichlar kiradi. Ular tortib ko‘rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg. dan kam bo‘lsa (mos holda, OU-2, OU-5 va OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun), ular qayta zaryadlanadi.
Uglekislotali-brometilli o‘t o‘chirgichlarga OUB-3A vaOUB- 7 A lar kiradi. Ulaming hajmi 3,2 va 7,41 bo‘lib, brometil va uglekislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu rusumdagi qo‘l o‘t o‘chirgichlarini ishlash vaqti - 35 sek, uzatish uzunligi - 3,0-4,5 m.
O’t o’chirish vositasi sifatida umumiy va maxsus qo’llaniladigan kukunlar ishlatiladi. Umumiy kukunlar tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, gazlar,yog’ochlar va boshqa uglerodli mahsulotlarni o’chirishga mo’ljallangan. Maxsus kukunlar ishqorli metallar, alyuminiy,, kremniorganik birikmalar va boshqa o’zidan-o’zi yonuvchi mahsulotlarda sodir bo’ladigan yong’inlarni o’chirishda foydalaniladi.
|
OP-10 rusumli kukunli o’t o’chirgichning ko’rinishi
|
1 - po’lat qobiq, 2 - sifon naycha, 3 - klapan, 4 - dastak, 5 - ochqich, 6 - ishlatish dastasi, 7 - bosim ko’rsatkichi (manometr), 8 - ochqich kallagi, 9 - egiluvchan ichak, 10 - kukun, 11 - manometr strelkasi.
O’t o’chirish vositasi sifatida umumiy va maxsus qo’llaniladigan kukunlar ishlatiladi. Umumiy kukunlar tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, gazlar,yog’ochlar va boshqa uglerodli mahsulotlarni o’chirishga mo’ljallangan. Maxsus kukunlar ishqorli metallar, alyuminiy,, kremniorganik birikmalar va boshqa o’zidan-o’zi yonuvchi mahsulotlarda sodir bo’ladigan yong’inlarni o’chirishda foydalaniladi.
Uglekislotali o’t o’chirgichlar turli xil moddalar, materiallar va elektr qurilmalaridagi yong’inni o’chirishda ishlatiladi; Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (S02) foydalaniladi. Hamma turdagi karbonat angidrid gazli, yong’in o’chirgichlardagi suyuq karbonat angirid tezlik bilan bug’lanib, gaz xolatiga o’tishda uning maxsus qopqoqdagi (rastub)da qorsimon mahsulot hosil bo’ladi. Qorsimon mahsulotning zichligi 1,5 g/sm 3 -80 0 S bo’ladi. Xaroratning pastligi natijasida yong’in o’chog’idagi issiqlik xaroratini tushirish va xavodagi kislorod miqdorini kamaytirish evaziga yong’inni o’chiradi.
|
|
1-saqlagichli membrana plombasi;
2-zaryad plombasi;
3-maxovik;
4-ventil-tomba;
5-ushlagich;
6-kronshteyn tombasi bilan;
7-qor hosil qiluvchi moslama;
8-ballon;
9-yorliq joyi
|
Uglekislotali o’t o’chirgich
-
Qo’lda ishlatiladigan uglekislotali o’t o’chirgichlar
А) OU, OU-2А, OU-2mm, OU-5 rusumdagi uglekislotali o’t o’chirgichlar
B) OU-8 rusumdagi uglekislotali o’t o’chirgichlar
Bunday o’t o’chirgichlarga:
- qo’lda ishlatiladigan OU, OU-2А, OU-2mm,OU-5, OU-8;
- bir joyga o’rnatiladigan OSU-5P, OSU-5;
- xarakatlanadigan OU-25, OU-80, OU-400 markali o’t o’chirgichlar kiradi.
OVPU-250 yong’in o’chirgich ko’pik hosil qiluvchi qorishma saqlash uchun po’lat tik tsilindr idishdan, naychalardan, qorishmani siqib chiqaruvchi, hajmi 5 litrli gaz ballonidan, uchida o’rta ko’piruvchi, ko’pik hosil qilish uchun ko’pik dastasi ulangan g’altakli shlang (ichak)dan iborat.
Аralashma yong’in o’chirish vositali OK-100 o’t o’chirgichi.
O’t o’chirgichlarni saqlash uchun mahsus yashiklar
“Kapsula” nomli o’t o’chirgich.
Kukunli o‘t o'chirgichlar OP-1, «Moment», OP-2 A, OP-lOA, OP-lOO, OP-250 va SI-120 rusumli bo‘lib, ular uncha katta boimagan yong‘inlami o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va «Moment» o4 o‘chirgichlaridan avtomobillar hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |