1-mavzu. Kirish. Mantiqiy elementlar va funksiyalar. Reja



Download 156,1 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2022
Hajmi156,1 Kb.
#396213
1   2   3   4
Bog'liq
1 ma\'ruza

A=an-1an-2a2a1a0

polinom ko‘rinishda yoziladi



A=an-1 qn-1+an-2 qn-2+…+a2 q2+a1q+a0. (1.1.)

Qson har bir razryad uchun qiymat koeffitsientidir va sanoq tizimini asosi deb nomlanadi. Sanoq tizimini asosi ixtiyoriy son, yoki kasr son bo‘lishi mumkin.

Raqamli texnikada o‘nlik, ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq tizimlar qo‘llaniladi. Mazkur tizmlarda sonlar mosligi 1.1.-jadvalda keltirilgan.

1.1.-jadval



Sanoq tizimi

Son kodi

O‘nlik

0

1

2

3

4

5

6

7

8

Ikkilik

0

1

10

11

100

101

110

111

1000

Sakkizlik

0

1

2

3

4

5

6

7

10

O‘n oltilik

0

1

2

3

4

5

6

7

8

O‘nlik

9

10

11

12

13

14

15

16

Ikkilik

1001

1010

1011

1100

1101

1110

1111

10000

Sakkizlik

11

12

13

14

15

16

17

20

O‘n oltilik

9

A

V

S

D

E

F

10

Ikkilik sanoq tizimi alfaviti ikki simvoldan iborat {0,1}. Ular yordamida barcha so‘zlar (sonlar) yoziladi. N razryadlarni qo‘llagan holda turli 2n ikkilik sonlar (so‘zlar) kombinatsiyalari to‘plamini yozish mumkin.

Bir sanoq tizimidan ikkinchi sanoq tizimiga o‘tish 1.1.-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Masalan:

1012=1•22+0•21+1•20=4+1=510 , 1012=510

Ikkilik sanoq tizimidagi raqamli qurilmalar ishlashining matematik asosini bo‘lib mantiq algebrasi va bul algebrasi tashkil etadi. Uni XIX asr urtasida irland matematigi Dj. Bul ishlab chiqqan.

Bul algebrasi ikki qiymatni qabul qiladigan o‘zaruvchilarni qo‘llaydi: rost xodisa va yolg‘on xodisa. Ikkilik sanoq tizimida mazkur tushunchalarga alfavitning ikkita sonini qo‘yiladi: mantiqiy bir (rost xodisa) va mantiqiy nol (yolg‘on xodisa). Ikkilik alfavit faqat ikkita simvoldan iborat shuning uchun nafaqat kiruvchi o‘zgaruvchilar, balki chiquvchi funksiya qiymatlari faqat ikkita qiymatni olishi mumkin. Ikkilik o‘zgaruvchilar funksiyasi shuningdek bul funksiyasi, mantiq algebrasi, o‘zgaruvchi funksiya deb ham ataladi.

Ixtiyoriy raqamli axborotni jarayonlari va o‘zgartirishlari, qanday murakkab bo‘lmasin, natijada oddiy mantiqiy o‘zgaruvchilar 1 va 0 ga olib kelinadi. Mantiqiy algebra funksiyalarini shakillantirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar mantiqiy qurilmalar deb nomlanadi. Ular ikki stabil holatga ega. Bir holatga mos holda mantiqiy bir qo‘yiladi. Ko‘p hollarda bu yuqori kuchlanish holati. Boshqa holatga esa mos holda mantiqiy nol qo‘yiladi – past kuchlanish holati.

Raqamli qurilmalar ishini avtomatlar nazariyasi yordamida ta’riflanadi.

Avtomatlar nazariyasi – boshqaruvchi tizimlar, diskret axborotni o‘zgartirishni matematik modellarini o‘rganadigan nazariya bo‘limi.

Raqamli avtomatlarni ta’riflash uchun ikki model ishlatiladi: abstrakt va strukturali.

Abstrakt model nazariy ko‘rib chiqishda qo‘llaniladi. Raqamli avtomat abstrakt modelda uchta alfavit va ikkita tavsifiy funksiya orqali taqdim etiladi (1.1.-rasm):
DISKRET AVTOMAT


1.12.-rasm.


Kiruvchi alfavit X={x1,x2,…,xn}, chiquvchi alfavit Y={y1,y2,…,ym} va ichki holatlar to‘plami U={u1,u1,…,uk}yakuniydir, shuning uchun abstrakt avtomat yakuniy deb nomlanadi.

O‘tishlar funksiyasi F(U, X)“kiruvchi so‘z-ichki holat” aloqasini tashkil etadi va U da X x U ko‘plikni aks ettiradi.

CHiqishlar funksiyasi Ψ(U, X, Y) “chiquvchi so‘z – ichki holat” juftligini bog‘laydi va Y da X x U ko‘plikni aks ettiradi.

SHunday qilib, diskret avtomat kiruvchi va chiquvchi alfavit, ichki holat, o‘tish va chiqish funksiyalarining A={ X, U, Y, F, Ψ} ko‘pligi bilan ta’riflanadi. Diskret (raqamli) avtomatlar diskret vaqtda ishlaydi va diskret axborotni qayta ishlashni amalga oshiradi.

Strukturali model mantiqiy elementlardan diskret avtomatni yakuniy sxemasini qurish uchun mo‘ljallangan.

Raqali tizimlarni strukturali sxemasini qurishda mantiqiy kurilmalarni texnik o‘ziga hos tomonlarni hisobga olish maqsadida uchta model ishlatladi: 1) mantiqiy model; 2) vaqtinchalik to‘xtashli model; 3)elektr tavsiflar va parametrlarni xisobga oladigan model.

Mantiqiy model mantiq algebrasini nazariy asoslariga tayanadi. U nisbatan past tezlikka ega bo‘lgan raqamli qurilmalarni ishini etarlicha aniq ifodalaydi va 20% ga yaqin qurilmalarni ishlab chiqishda to‘g‘ri keladi. Ushlab qolishlarni hisobi ikkinchi modelda ishlaydi va o‘tish jarayonlari raqobatlashayotgan jarayonlarni aniqlash uchun zarur va yolg‘on ishlashlar, raqamli qurilmani ishiga mos kelmaydigan signallar kombinatsiyasi paydo bo‘lishi oldini oladi. Uchinchi modelni murakkab sxemalarni hisoblashda qo‘llash zarur, bunda bitti elementni chiqishiga boshqa ko‘plab elementlar kirishlari ulanadi , ishlatilayotgan quvvat, tok, 0 va 1 mantiqiy sathlar, aloqa tarmog‘ida signallarni uzatish ishlari o‘ziga hosligini hisobga olgan holda.

Mantiqiy (raqamli) qurilmalar turli xususiyatlar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi.

Axborotni kiritish-chiqarish xususiyati bo‘yicha: ketma-ket, parallel va ketma-ket-parallel (aralash).

Ketma-ket qurilmada kiruvchi va chiquvchi simvollar kirishga uzatilishi va kirishdan olinishi bir vaqtda bajarilmaydi, balki ketma-ket, razryaddan keyin razryad bajariladi.

Parallel qurilmalarda barcha kiruvchi o‘zgaruvchilar kirishga uzatiladi, barcha chiquvchi o‘zgaruvchilar razryadlari chiqishlardan bir vaqtda olinadi. Kirish va chiqishlar soni kiruvchi va chiquvchi so‘zlar razryadlari orqali aniqlanadi.

Ketma-ket-parallel qurilmalarda kiruvchi va chiquvchi o‘zgaruvchilar turli shaklda taqdim etilishi mumkin. Kirishga ketma-ket ko‘rinishda tushadi, chiqishdan esa paralell ko‘rinishda olinadi, yoki aksincha.

Mantiqiy qurilmalar ishlash usuli bo‘yicha ikki sinfga bo‘linadi: kombinatsion va ketma-ket.

Kombinatsion qurilmalarda (xotirasiz avtomatlarda) chiquvchi so‘z faqat joriy lahzada faoliyat ko‘rsatayotgan kiruvchi simvollar kombinatsiyasiga bog‘liq, va oldingi kiruvchi signallarning oldingi holatlariga bog‘liq emas.

Ketma-ket qurilmalarda (xotirali avtomatlarda) chiquvchi so‘z nafaqat joriy vaqt lahzasidagi joriy so‘zdan, balki oldingi ichki holatga bog‘liq, ya’ni kelib tushgan kiruvchi signallar ketma-ketligidan. Ketma-ket qurilmalar qurilmaning oldingi ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlaydi, xotiraga ega.

Xotira xajmi bo‘yicha raqamli qurilmalar quyidagi klassifikatsiyalarga bo‘linadi:



  • xotirasiz (kombinatsion qurilmalar);

  • yakuniy xotirali;

  • cheksiz xotirali.

CHeksiz xotirali avtomatlar ideallashtirilgandir. Bunday avtomatlar mavjud emas. Lekin bu model qulaydir, xotira katta va masala shartlar bo‘yicha xotira kattaligi va to‘lib qolish mumkin emas bo‘lgan hollarda raqamli qurilma ishini analizi va hisoblashlarini sezilarli darajada soddalashtiradi.

CHiquvchi signalni shakllantirish usuli bo‘yicha Mur avtomatlari va Mili avtomatlari farqlanadi.

Mur avtomatlarida chiquvchi signal Y kiruvchi so‘zga X bog‘liq emas, balki joriy vaqt lahzasidagi ichki holatga U bog‘liq:


Download 156,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish