Muhandislik materiallarning ko‘pchiligi asosan uch guruhga bo‘linadi: metallar,
keramika va polimerlar. Bularni kimyoviy, fizik, mexanik xossalari har xil; qaysilari ishlab
chiqarishga ta’sir qiladi. Yuqoridagi materiallardan tashqari 4-guruh materiallari ham bor -
kompozitsion materiallar. To‘rttala guruh materiallarini klassifikatsiyasi 1-rasm.da berilgan.
1.1.rasm.. To‘rtta guruh materiallari klassifikatsiyasi.
Keramika.
Keramika metallik (yoki yarim metalik) va nometallik elementlarning birikmasi.
Keramika ko‘pchilik ananaviy va zamonaviy ananaviy va zamonaviy materiallarni o‘z ichiga
oladi. Ananaviy keramika ming yillar davomida ishlatilgan; o‘z ichiga loyni olgan: g‘isht va
cherepitsa va keramik buyumlar yasalgan. Hozirgi zamon keramikasi o‘z ichiga oldingi
materiallar-alyuminiy oksidi xossalari zamonaviy usullari bilan kuchaytiriladi. YAngi keramika
o‘z ichiga volfrom karbidi, titan karbidi (keskich materiali sifatida ko‘p ishlatiladi), metallar
nitridlari, titan va bor nitridlarini oladi.
Ishlash maqsadida keramikani ikkiga ajratish mumkin: kristallik keramika
kukunlardan har xillar bilan qizdirib, presslab olinadi. SHisha keramika eritib va qo‘yib olinadi,
keyin ananaviy usulda puflab forma beriladi.
Polimerlar.
Polimerlar qoida bo‘yicha, uglerod va bir yoki ko‘proq boshqa elementlardan tashkil
topgan. Uch kategoriyaga bo‘linadi:
1-termoplastik polimerlar;
2-termoplastik polimerlar;
3-elastomerlar.
Termoplastlarni bir necha marta qizdirib sovitish mumkin, xossasi va moleqo‘lyar
strukturasi o‘zgarmaydi. Bular polietilen, plastrol, neylon. Makromoleqo‘lalari chizig‘iy yoki
shaxobchali strukturaga ega. Termoreaktiv polimerlar qizdirganda eriydi, sovitilgach qotadi.
Qayta qizdirilganda qayta erimaydi. Kimyoviy reaksiya bilan qotadi. Fazoviy-to‘qilgan
strukturaga ega. Bular fenollar, amino-smolalar, epoksidli smolalar. Elostomerlar yuqori elastik
xususiyatig‘a ega. O‘z ichiga tabiiy kauchukni, neopirilinni, silikon va poliuretanni oladi.
Kompozitlar
Kompozitlar alohida katergoriyali toifali materiallar; ular uch xil materiallar
aralashmasidir. Tarkibi ikki yoki ko‘proq fazali materiallar. Alohida ishlanadi va maxsus xossa
(tashkil etuvchilarni bittasiga ham o‘xshamaydigan) olish maqsadida birga birlashtiriladi. Odatda
kompozitsion materiallar strukturasi bir fazoning zarrachalaridan yoki tanalaridan iborat.
Ikkinchi fazoda aralashgani matritsa deyiladi. Kompozitlar tabiatda ko‘p uchraydi: masalan,
yog‘och. Kompozitlarni sun’iy usulda olish kattaroq qiziq: tola bilan sinchlangan plastik;
polimer matritsada shisha tola; bir tipdagi polimer tolalari ikkinchi tip polimerli matritsa ichida;
keramika metal matritsada (BKG, T15K6). Kompozitlarning xossalari uni komponentlariga –
tashkil etuvchilariga bog‘liq, ularni fizik formasiga, ularni birlashish usuliga bog‘liq. Ba’zi
kompozitlar yuqori mustahkamlikka ega va engil: bular aviatsiyada va avtomobillar kuzovlarida
va h.k.da ishlatiladi. Ba’zilari baquvvat, qiyin ishlanadi, o‘z xossalarini (ayniqsa, mexanik)
yuqori haroratda ham saqlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: