ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Materiallarga quyidagi talablar qo‘yilgan, yani Respublikamizning texnik-iqtisodiy va
sosial taraqqiyotini jadal suratlar bilan rivojlanishida mashinasozlik sohasi alohida ahamiyatga
ega bo‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy etish bilan bir qatorda texnika-iqtisodiy talablarga
to‘la javob beradigan yuqori sifatli materiallar yaratish, ulardan tejamli foydalanish kabi
vazifalarni hal qilishi lozim.
Davlatni, turmushni farovonligida texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra ishlab chiqarish
muhim ahamiyatga ega. Texnologiya jamiyatni va uni a’zolarini kerak mahsulotlar bilan
ta’minlash yo‘lida ilmni qo‘llanishidir. Texnologiya so‘zi lotincha texne-hunar, logos-o‘rganish;
hunar o‘rganishni anglatadi.
Iqtisod nuqtayi nazaridan ishlab chiqarish moddiy farovonlikni, mulkchilikni yaratuvchi
quroldir. Hozirgi zamon dunyo iqtisodiyotida mamlakat kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega
bo‘lishi kerak.
Bu kirish qismida ishlab chiqarishni umumiy masalalarini ko‘rib chiqamiz. Ishlab
chiqarishni o‘zi nima? Sanoatda bu qanday tashkil etilgan?
Ishlab chiqarish lotincha ikki so‘zdan kelib chiqgan: “manus” -qo‘l; “faktus”- qilingan-
yasalgan. Mahsulot qo‘l bilan yasalgan, tabiatdan tayyor emas. Albatta, hozirgi zamonda
mahsulotlar avtomatlashtirilgan mashinalar, kompyuterlar vositasida yasaladi.
Mahsulot olish tarixini ikki bo‘lakka ajratish mumkin: 1-material va jarayonlarni ixtiro
qilish; 2-ishlab chiqarishni rivojlanishi. Quyish, bolg‘alash jarayonlariga 6000 yil va undan ko‘p
bo‘lgan.
Sanoat revolyutsiyasi yillarida (1760-1830) suv, shamol va hayvonlar kuchlarini o‘rnini
bir qator mashinalar va bug‘ kuchlari egalladi. Detallarni o‘zaro almashish imkonini beradigan
ishlab chiqarish texnologiyasi tadbiq qilindi. 1881 yilda birinchi elektrostansiya qurildi. Detal va
mahsulotlarni olishda fizik-kimyoviy jarayonlar ishlatildi. Mahsulotlarni potok - oqim usulida
ishlab chiqarish usuli tadbiq qilindi. Standartlash qabul qilindi. O‘z davrini yangi va ilg‘or
materiallari ixtiro qilindi.
Oddiy operatsiyalar uchun stanoklar 1770-1850 yillarda ishlab chiqarilgan. 1913-yilda
Genri Ford mashinalarni yig‘ish tizimini (“liniyasini”) tadbiq qildi – konveer ishga tushdi.
Hozirda ishlab chiqarishni ikki usulda aniqlash mumkin: 1-texnologik; 2-iqtisodiy.
Texnologik deganda materiallarga (mashina mexanizmlarga) fizik, kimyoviy, mexanik va h.k.
jarayonlarni ta’sir ettirib, detallar yoki mahsulot ishlab chiqarishga aytiladi. Iqtisod nuqtayi
nazaridan ishlab chiqarish – bu materialni ko‘proq ahamiyatli (tannarxli) mahsulotlarga
aylantirish. Ishlab chiqarish texnologik-iqtisodiy qonuni: bu kam mehnat (jismoniy, aqliy) sarf
qilib, sifatli mahsulot olish. Ishlab chiqarishni kalitli vaqti shundaki, ishlab chiqarish materialni
qiymatini (tutgan o‘rnini, tannarxini) oshiradi (formalarini, xossalarini o‘zgartirib; ularni boshqa
materiallar bilan qo‘shib va h.k). Masalan, temir rudasi po‘latga aylanadi; qum shishaga.
Mahsulot bor; ishlab chiqarish bor.
Mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: ommaviy-ko‘plab, seriyalab,
donabay. Namunaviy, tajribaviy ishlab chiqarishlar donalab ishlab chiqarishga tog‘ri keladi.
Lekin, ularni texnologik ta’riflash, loyihalash boshqacha o‘ziga xos. Ommaviy ishlab chiqarish -
bu shunday ishlab chiqarish turi bo‘lib, bunda bir xil mahsulot o‘zgarmas chizmalar asosida uzoq
vaqt muddatda to‘xtovsiz ishlab chiqariladi.Seriyalab ishlab chiqarishda mahsulot seriyalab-
partiyalab ishlab chiqariladi. Texnologik jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turiladi. Seriyadagi
mahsulotlarning soniga qarab uch turga bo‘linadi: yirik, o‘rta va mayda seriyali. Donalab ishlab
chiqarishda mahsulot bir-ikki dona yasaladi.
Zavod quvvati deb yiliga ishlab chiqilgan mahsulot birligiga aytiladi: zavodda bir yilda
eritilgan po‘lat miqdori (necha tonna), zavodda ishlab chiqilgan avtomobillar soni (necha dona)
va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |