Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari
O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari ( B M ) 6-7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun davlat tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari hisoblanadi. Respublikamiz amaliyotida bolalar yoshidagi guruhlarga quyidagilar qabul qilingan:
3 yoshgacha bo'lgan yasli bolalari (yoshiga qarab 1 guruhda 15 ta- dan 20 tagacha bola bo'ladi);
7 yoshgacha kichik maktabgacha yoshdagi bolalar ( I guruhda 25 ta- dan bola bo'ladi).
Sog'lom va aqli raso maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy turdagi muassasalar asosiy hisoblanadi.Maxsus turdagi bolalar muassasalari quyidagilardin
1. Bolalar uylari (ota-onasidan ajralgan bolalar uchun).
2. Sanitariya sogMomlashtirish (yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bolalar uchun) uylari.
3. Maxsus (yuragi porog, ko‘zi ojiz, aqli zaif bolalar uchun) muassasalar.
Bolalar muassasalari sig'imiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
- kichik sig'imli - 4 ta guruh;
- o'rta sig'imli - 5-8 ta guruh;
- katta sig'imli — 9—14 ta guruh.
14 ta guruhdan oshgan B M kompleks hisoblanadi.
Sig'imiga qarab hozirgi zamon normalarga asosan BM 6 ta turdan iborat, ya’ni ular 50, 95, 140, 190, 280, 330 o'rinli bo'lib, mos ravishfda, 2, 4,6, 8, 12, 14 ta guruhga to'g'ri keladi. 560-660 o'rinli B M lar bolalar yasli-bog'cha komplcksi hisoblanib, 24-28 ta guruhdan iborat bo'ladi O'tgan asming 50-yillarigacha bolalar yaslisi va bolalar yasli-bog'chalarini birga qurish keng tarqaldi. Yasli-bog'chalami birga qurilishi ayrim qurilishdan ko'ra qulayroq va tejanilidi.
280 o’rinli bolalar muassasasining asosiy xonalar guruhining o'zaro bog'liqlik sxemasi: - vcstibyul; 2- oshxona; 3— ma’muriy-xojalik xonalari; 4 - bog'chaning yacheykalari; 5 — yaslining yacheykalari; 6 — koridor-galercya. 280 o'rinli bolalar muassasasi maydonini tashkil qilish sxemasi: - bog’cha-yasli binosi; 2 - kirish alleyasi; 3 - xo'jalik hovlisi; 4 - yasli gumhidagi bolalar uchun maydon; 5 - katta bolalar uchun maydon; 6 - o'yin uchun maydon; 7 - ayvonlar.
Bolalar bog'chasi yasli xonalarining joylashish sxemasi: ma’muriy xonalar guruhi; 2- bolalar yaslisining yacheykasi; 3 - bolalar yaslisining yacheykasi.
Bolalar yaslisi xonalarining funksional sxemasi: - kirish tamburi; 2 - qabulxona; 3 - o'yinxona-oshxona; 4- ayvon; 5 - bufet; 6— hojatxona.
Bolalar yaslisi xonalarining funksional sxemasi: I - kirish tamburi; 2 - yechinish xonasi; 3 - guruj xonalari; 4 - krovatxona 5 — ayvon; 6 - bufet; 7 - hojatxona.
Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari yasli xonalarining joylashish sxemalari. Yasli-bog'chalardan birgalikda foydalanganda xizmat qilish radiusi ka- mayishiga, arzon qurilishi va ekspluatatsiyaga olib keladi. Bolalar muassasalarining shaharda joylashishi Shaharda 140 o'rinli, shahar tipidagi aholi markazlarida 90 o'rinli va qishloq sharoitida esa 50 o'rinli BM tavsiya qilinadi. BM laming ommaviy tiplari asosan mikrorayonlarda joylashtirilib, shu mikrorayonni o'ziga xizmat qiladi. Qo'shilgan yasli-bog'cha uchun xizmat qilish doirasi 300 m ni tashkil etadi. Sutkali, haftali B M (intematlari) tuman, kichik shahar, qishloq yoki posyolka miqyosida bo'lib, bolalar turadigan joyga aloqasi bo'lmasligi mumkin, shu sababli xizmat qilish doirasi belgilanmaydi.
Bolalar muassasalarining uch asosiy guruhi. Maxsus va sanitar-sog'lomlashtirish BM lar, asosan, shahar chetidagi ko'kalamzor mikroiqlimli joylarga quriladi. Amal qilinib kelinayotgan normalarga asosan bolalar yasli-bog'chalari shahar demografik tuzilishga qarab birinchi navbatda qurish uchun 75% hisobida B M o'rinlari mo'ljallaniladi.
BM ning ommaviy tiplari mikrorayonlarda, alohida ajratilgan ko'kalamzor yerlarda va umumiy ta’lim maktablari qurilgan hududlarida joylashishi kerak. BM shahar chegarasiga va tuman magistral ko'chalariga yaqin joylashtirish tavsiya etilmaydi. Uchastkada BM lari qizil chiziqdan 15 metr tashlagan holda joylashtirilishi kerak va asosiy bolalar xonalari (o'yinxona, oshxona va guruh xonalari) janubga yoki janubiy-sharqga va sharqqa qarab joylashishi kerak. Bolalar xonalarini shimolga, shimoliy-g'arbga, shimoliy-sharqqa qaratib qurish tavsiya etilmaydi. Bizning sharoitda 41 o'rinli bolalar xonasini g'arbga va janubiy-g'arbga qaratish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |