1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘simliklarning hayotiy shakllari. Reja



Download 234 Kb.
bet9/11
Sana01.11.2022
Hajmi234 Kb.
#858898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘siml

Savollar:

  1. Bevosita munosabatlarga misollar keltiring.

  2. Bir-biriga zarar yetkazmasdan o‘zaro hamkorlikda yashaydigan organizmlar nima deyiladi?

  3. Allelopatiya nima?

  4. Yuksak o‘simlik turlaridan ajralib chiqqan moddalar nima deb ataladi?

  5. Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan moddalar nima deb ataladi?



5-mavzu. Fitotsenozning tuzilishi, tasnifi, dinamikasi (o‘zgarishi) va doimiyligi.


Reja:

  1. Fitotsenozlarning turlarga boyligi.

  2. Vertikalstruktura.

  3. Gorizontal struktura.

  4. Fitotsenozning almashinuvi haqida tushuncha.

  5. Singenetik almashinishhaqida tushuncha.

  6. Endoekogenetik almashinishhaqida tushuncha.

  7. Ekzoekogenetik almashinishhaqida tushuncha.



Tayanch ibora va atamalar:floristik tarkib, determinant, dominant, kondominant, subdominant, edifikator, antropofit, ekologik qavat, mozaiklik,efemer, fluktuatsion o‘zgarishlar, suksessiya, singenetik almashinish, endoekogenetik almashinish, ekzoekogenetik almashinish.
Fitotsenozning o‘rganishda turlar tarkibi eng muhim belgilaran biri hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig‘indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi fitotsenozning xususiyatini va tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o‘simliklardan tashqari bir qancha bakteriyalar, suv o‘tlari, zamburug‘larning ko‘plab turlarii mavjud bo‘ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o‘zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun ba’zi bir turlar tuproqning xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to‘liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o‘simliklarni muhitni belgilovchi – determinant o‘simliklar deyiladi. Fitotsenozning tarkibi uning hosil bo‘lish, kelib chiqish evolyutsiyasini,taraqqiyotini, tarixini va ekologik muhitga moslashib yashab ketish xususiyatini belgilaydi. O‘rta Osiyo tog‘larida, jumladan Hisor, Nurota tog‘lariining ba’zi joylarida, baland adirlarda, yakkam-dukkam archalarni uchratish mumkin. Asosan qadim qabrlarda buni kuzatish mumkin. Bu holat shuni biddiradiki, shu yerlarda ham qadimda ko‘plab archalar ko‘kargan, archazorlar mavjud bo‘lgan. Archazorlar siyraklashishi bilan bu yerlarning tuprog‘i, iqlimi, o‘simliklar qoplami kuchli o‘zgarishga uchragan. Fitotsenozning to‘liq turlar tarkibini to‘liq hisobga olish uchun ma’lum uchastkalardagi turlarning miqdorini bilish lozim bo‘ladi. Buning uchun fitotsenozdan bir necha namuna maydonchalari ajratib olinib, ularning tur soni aniqlanadi. Fitotsenozning turlar tarkibi va uning miqdor ko‘rsatkichi iqlim sharoitiga, relyefiga, tuproq tarkibiga, turlarning biologik xususiyatiga, antropogen omillar ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida cho‘l va adir mintaqasiga nisbatan tog‘ mintaqasida fitotsenozning florasi turlarga boy bo‘ladi. Fitotsenozning tashkil bo‘lishida ishtirok etgan o‘simlik turlarining soniga qarab,fitotsenozlar floraviy oddiy va floraviy murakkab guruhlarga bo‘linadi. Oddiy fitotsenozlar bir va ikki turlardan iborat bo‘ladi. Murakkab fitotsenozlar ikki va undan ko‘p turlardan iborat bo‘ladi.
Fitotsenozda miqdor jihatidan ko‘p bo‘lib, boshqa turlarga nisbatan hukmron turlar dominant turlar deyiladi. Bir necha dominant turlar bitta jamoaning o‘zida uchrashi mumkin. Ular asosiy organik massa to‘plovchi bo‘lib, fitotsenozning fonini va xarakterini ifoda etadi. Dominantlar jamoada zichligi, son miqdori va hajmi bilan belgilanadi. Jamoada bir vaqtning o‘zida bir nechta tur dominantlyak qilsa buni kondominantlar deb ataladi. Jamoada shunday turlar ham mavjudki, ular asosan jamoaning muhitini tashkil etadi. Bunday turlarni Sukachev (1928) edifikator “quruvchi” turlar deb tariflagan, Dominant turlar bir vaqtning o‘zida shu jamoada edifikator tur ham hisoblanadi. O‘zbekistonning cho‘l mintaqasi uchun saksovul (Haloxylon aphyllum) edifikator tur bo‘lsa, tog‘ mintaqasi uchun archa (Juniperus zeravschanika Kom.) va bargini to‘kadigan o‘rmon daraxtlari edifikator hisoblanadi. Fitotsenozda shunday turlar ham mavjudki bular dominant turlarga nisbatan kam, lekin fitotsenozda malum ahamiyat kasb etadi. Bunday turlar subdominant turlar deb ataladi. Adir mintaqasining chala buta o‘simliklari ichida shuvoqlar turkumining bir qancha vakillari dominantlik qilsa, sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi chug‘on (Ayellenia subaphulla CAM), izen (Kochia prostrata (L) Schrad), keyreuk (Salsola rigida Pall) kabi turlar subdominant bo‘lib ishtirok etadi. Jamoada shunday turlar ham mavjudki, ular dominant, subdominant bo‘lib ishtirok etmasdan jamoaning biron-bir pog‘onasidagi tur bilan birga o‘sadi. Bunday turlarni G.I.Povlovskiy va Sukachev assektator, ya’ni ishtirokchi turlar deb ataydi.
Fitotsenozda turli xil ekologik omillar ta’sirida begona turlar paydo bo‘lib qoladi. Bunday turlarni “kelgindi” antropofit turlar deyiladi.
Har bir fitotsenozning komponentlari makonda vertikal taqsimlanish (yaruslilik) va gorizontal taqsimlanish (o‘rnashish, joylashish) xususiyatiga ega.
Bizga ma’lumki fitotsenozdagi turlarning yer ustki va yerostki qimslari fazoda va tuproqda yarus hosil qilib joylashadi. Har bir fitotsenozda uning qavatlarga bo‘linishi aniq ifodalanadi. Buni cho‘l, adir, tog‘ mintaqalarda va o‘rmonlarda yilning to‘rt faslida ham kuzatishimiz mumkin. Har bir fitotsenozda qavatlar soni jamoaning tur tarkibiga qarab 5 ta va ayrim hollarda bundan ko‘p bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi. Har bir qavatda shu qavat uchun xarakterli o‘simlik turlari joylashgan bo‘ladi. Xar bir yarus bitta ekologik qavat hisoblanadi.
Tog‘ mintaqasida birinchi qavatda doimiy ravishda daraxtlar, ikkinchi qavatda butalar, uchinchi qavatda chala butalar, eng pastki qavatda esa ko‘p yillik o‘tlar, efemerlar va moxlar o‘sadi. Ushbu o‘simlik turlarning hammasi muhit sharoitlarining o‘ziga xos holda shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yaruslilik- pog‘onalik o‘rmon fitotsenozlarida aniq ko‘zga tashlanadi. O‘rmonlarda odatda ko‘pincha 4-5 yaruslilik bo‘ladi. Birinchi yarusda daraxtlar, ikkinchi yarusda biroz pakanaroq daraxtlar, uchinchi yarusda butalar, to‘rtinchi yarusda chala butalar, beshinchi yarusda o‘t o‘simliklar keyin esa moxlar yarusi mavjud bo‘ladi. O‘t o‘simlikli fitotsenozlarda, o‘rmonlardagi fitotsenozlardek, ayniqsa, yaylov va botqoqliklarda yaruslilik unchalik yaxshi ko‘zga tashlanmaydi. Ochiq yaylov dalalardagi fitotsenozlarda birinchi yarusni bitta yoki ikkita qo‘ng‘irboshdoshlar (Poa bulbosa L.) oilasiga mansub turlar, yovvoyi arpa va bug‘doyiq (Agropyron repens L.) tashkil qiladi. Ikkinchi yarusda ham qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosa L.)doshlar oilasiga mansub boshqa turlar mavjud bo‘ladi. Uchinchi yarusda esa burchoqdoshlar oilasiga mansub sebarga turlari, to‘rtinchi yarusda esa qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosa L.)doshlarga mansub turlari mavjud bo‘ladi. Yaylovlarda ba’zan ikki yarusli o‘simliklar qoplami uchraydi. Ammo tabiatda bir yarusli o‘simliklar qoplami deyarli uchramaydi. Markaziy Osiyoning sho‘rhok cho‘llaridagina bir yarusli o‘simliklar qoplami uchrab, u yerda oqboyalish (Sa1so1a arbusculaeformis Drob), tatir (S.gemascens Pall), sho‘pbyta (S. dondraides. Pall), poshmak (S. leptoclada Gand), sertuk baliqko‘z (S. arassa M.V), to‘rg‘aycho‘p (S. brachiata Pall) larning qavatidan iborat bo‘ladi. Fitotse-nozdagi yaruslyalikka birinchi navbatda ekologik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Yaruslilik yerning iqlimiga va tuproq sharoitiga bog‘liq bo‘lib, ko‘p yaruslik yuzaga chiqishida ta’sir ko‘rsatadi. Eng murakkab yaruslilik bizda Hisor, Tyan-Shan tog‘ tizmalarining o‘rmonlarida uchraydi. O‘simliklar jamoasining qoplamida yaruslik faqat yer usti organlarida kuzatilib qolmay, balki yer ostki organlarida ham xuddi yer ustki organlaridek pog‘onalik mavjud. Fitotsenozdagi yer ostki ildiz sistemasining pog‘onalarida eng ustki pog‘onani yaylovlarda odatda qo‘ngirboshdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘g o‘simliklarning ildiz sistemasi egallasa undan keyingi pog‘onani o‘q ildizli dukkakdoshlar — astradoshlar, labguldoshlar va boshqa oila vakillari egallaydi. Navbatdagi pog‘onani esa bir yillik va ko‘p yillik ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan yem-xashak turlar egallaydi.
O‘simliklar qoplamining fitotsenozlarida yer ostki va yer ustki organlarining pog‘onaligigi, ayniqsa, daraxt o‘simliklarda sezilarli darajada kuzatiladi. O‘simliklarda yer ustki va yer ostki pog‘onalilik o‘simliklarning qoplami qanday maydonda uchrashiga va zichligiga bog‘lik bo‘ladi. Agar o‘simliklar o‘sadigan maydonlarga harorat va yorug‘lik yetarli bo‘lsa, pog‘onalilik shuncha yaxshi namoyon bo‘ladi. Fitotsenozdagi pog‘onalilik yilning fasllarida o‘zgarib turadi. O‘lkamizda bunday holat cho‘l mintaqasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Erta bahorda bir yillik efemer o‘simliklar keyingi fasllarda esa ko‘p yillik efemeroid o‘simliklar undan keyin esa buta va chala butalar almashinadi. Daraxt o‘simliklarning ildiz sistemasining qavatliligi tuproqda boshqa turdagi o‘simliklar ildizining yaxshiroq o‘rnashishiga halaqit qiladi.
Shunday qilib, fitotsenozda murakkab hayotiy jarayon davom etadi. Muhitning abiotik omillari bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali uni malum yunalishga solib turadi. Ayni bir vaqtda o‘simliklarning o‘zlari ham biogeotsenozning barcha komponentlariga faol ta’sir ko‘rsatadi va bu ularni o‘rab turgan muhitini o‘zgartiradi. O‘simliklar bilan atrofidagi muhitning o‘zaro ta’sir etish jarayonida tobora murakkabroq o‘zaro aloqalar vujudga keladi.
Fitotsenozda gorizontal taqsimlanishni mozaiklik deb ataladi. Boshqacha aytganda fitotsenozning turli maydonlarida o‘simlik guruhlarining turli mikrorelyefda o‘ziga xos bo‘lib shakllanishi mozaiklik deyiladi. Mozaiklik fitotsenoz arealining turli maydonlarida turli-tuman bo‘lishi,suv rejimining har hil bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi. Cho‘l mintaqasida shunday o‘simliklar qoplamini kuzatish mumkinki, bu yerlarda turlar tarkibi ham, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari ham, qavatligi ham, tashqi qiyofasi ham bir xil bo‘ladi. Hammasi bir xil fitotsenozga cho‘l o‘simliklar qoplami kiradi. Bu yerda har bir tur o‘simlik o‘ziga xos joyda ko‘karadi. Ular orasida shu yerga mansub o‘simlik turlari joylashadi. Shunday bo‘lsada har bir yer o‘ziga xos gorizontal tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular bir-birlaridan eng kichik belglari bilan bo‘lsada farq qiladi. Bunday maydonlarni mikrogruppa yoki mikrofitotsenoz deb atash mumkin.
Cho‘llarda, asosan, saksovul (Haloxylon aphyllum) , shuvoq (Artemisia sp.), yantoq (Alhagi pseudoalhagi), isiriq (Peganum harmala L.) hukmron turlar hisoblanadi. Lekin hukmron turlarning zich joylashgan joylarida ham boshqa turlarning mikrogruppa hosil qilib o‘sayotganini ko‘rish mumkin.
O‘simlikdar qoplami doimiy ravishda u yoki bu darajada o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy tiplari sutkalik, mavsumiy hamda yillik o‘zgarishlarga bo‘linadi. O‘simliklar qoplamining o‘zgarishida bir qancha ekologik omillarning o‘ziga xos o‘rni bor. Jumladan iqlim omillari, edafik omillar, antropogen omillar. Shuningdek jamoalarning almashinishida turlarning alohida almashinishi, aksincha yoppasiga almashinishi hamda jamoa evolyutsiyasiga bog‘liqlik bor.
Iqlim omillarining keskin o‘zgarishi natijasida o‘simliklar qoplamida sifat va miqdor jihatidan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Yog‘in miqdorining ko‘p bo‘lishi, o‘simliklarning qoilamining sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi. Mavjud turlarning bo‘yining baland bo‘lishi, sershox va ko‘p hosil qilishi kuzatilsa, jamoadagi turlar individ jihatidan ham ko‘p bo‘ladi. Aksincha, yog‘ingarchilik miqdori juda kam bo‘lganda jamoadagi ko‘plab namsevar o‘simlik turlari nobud bo‘lib ketishi mumkin. Ular o‘rniga qurgoqchilikka chidamli boshqa turlar kirib keladi. Bundan tashqari o‘simliklar qoplamining o‘zgarishida tuproq omillarining roli katta. Bunga tuproqning mexanik, ximiyaviy tarkibi ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun tuproq tarkibining sho‘rlanishi natijasida mavjud jamoaning turlar tarkibi keskin o‘zgaradi. Uzoq tarixiy taraqqiyotga ega bo‘lgan turlar o‘rniga boshqa sho‘rga chidamli turlar kirib keladi. Bunday holni Orol dengizi atrofida, Qarshi va Mirzacho‘liing o‘zlashtirilgan maydonlarida ko‘rish mumkin. Qarshi cho‘lida bugungi kunda sho‘rga chidamli sho‘radoshlar oilasining vakillari hamda qamish, yulg‘un (Tatapx hispida willd), kabi turlar keng tarqalgan. Har bir jamoa aslida asrlar davomida shakllanadi. Unda tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdori ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Yerda oziq moddalar miqdori yetarli yoki ko‘p bo‘lganda turlar soni ham,individlar soni ham ko‘p bo‘lib, efemer va efemeroid turlar ko‘plab o‘sadi. Tuproqda oziq moddalar miqdori kam bo‘lganda jamoada o‘simliklarning turlar soni ham anchagina kam bo‘lish bilan birga individlar miqdori ham son jihatidan kam bo‘ladi.
Har qanday muhitga tez moslashgan o‘simlik turlari shu jamoaning xo‘jayin turi bo‘lib hisoblanadi. Misol uchun, shuvoq bilan yantoq (Alhagi pseudalhagi) bir jamoada deyarli birga o‘smaydi. Sababi shuki, yantoq (Alhagi pseudalhagi) muhitga tez moslashadi. Ildiz sistemasi yerga chuqur kirib, namga to‘liq yetib boradi. Bu esa shuvoqning o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, shuvoqni jamoadan siqib chiqaradi yoki aksincha tog‘li zonalarda, yerosti suvlari kam bo‘lgan joylarda shuvoq yantoq (Alhagi pseudalhagi)ni jamoadan siqib chiqaradi.Jamoaning o‘zgarib turishida bundan tashqari antropogen omillarning, hayvonot dunyosining va tabiiy ofatlarning ham roli va o‘rni juda katta.
Qumli cho‘l sharoiti uchun o‘simliklar qoplamida, asosan, quyonsuyak va saksovul (Haloxylon aphyllum) asosiy o‘rinni egallar edi. Hozirgi kunda esa inson ta’siri natijasida bu o‘simliklar keskin kamayib ketgan. Inson ta’siri natijasida O‘zbekistonda juda ko‘plab tur o‘simliklar sifat va son jihatidan inqirozda uchragan. Juda katta maydonlarni egallagan jamoalar ham yo‘q bo‘lish darajasiga kelib qoldi. Tabiiy bodomzorlar, yongoqzorlar, pistazorlar, bodomchazorlar maydoni keskin kamayib ketdi. O‘zbekistonning noyob boyligi bo‘lgan archazorlar o‘tgan asrning boshlarida katta inqirozni boshidan kechirdi.
Chorva mollarining doimiy ravishda yaylov almashinib boqilishi natijasida tog‘ va adir mintqasidagi ko‘plab yovvoyi o‘simlik turlari cho‘l mintaqasida ham keng tarqaldi. Cho‘l mintaqasida esa isiriqzorlar (Peganum harmala L) keng maydonlarni ishg‘ol etib jamoa hosil qilib o‘smoqda. O‘simlik turlarining bunday tarqalishida hayvonot dunyosining, jumladan, chorva mollarining o‘rni katta.
Ma’lumki har bir jamoada o‘ziga xos o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi. Har bir jamoa sutka davomida ham o‘zgarib turadi. Jamoaning sutkalik o‘zgarishi deganda har bir individda sutka davomida bo‘ladigan o‘sish, rivojlanish, g‘unchalash, gullash, urug‘ va meva hosil qilish holatlari tushuniladi. Jamoada bo‘ladigan mavsumiy o‘zgarish ham son va sifat o‘zgarishidan iboratdir. Malum bir fitotsenozda turlar tarkibiga ko‘ra har xil o‘zgarish bo‘ladi. Fitotsenozdagi bir yillik efemer turlar yillik yog‘ingarchilik miqdoriga, havo haroratita qarab o‘zgaradi. Jamoadagi har bir tur urug‘ hosil qilib, vegetatsiya davrini tugatayotgan davrda ikkinchi bir tur gullayotgan, uchinchi bir tur endi unib chiqayotgan bo‘ladi. Bu hol jamoaning sifat o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Jamoadagi turlarning bazilari yil davomida o‘sib rivojlansa, boshqa bir turlar juda qisqa muddatda o‘z vegetatsiyani tugatadi. Fitotsenozda turlar son jihatidan ancha kam bo‘lib qoladi. Jamoadagi har qanday o‘zgarish jamoa yashab turgan muhitga — ekologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. O‘simliklar qoplamidagi yillik o‘zgarishlar fluktuatsion o‘zgarishlar deyiladi. Mavsumiy va yillik o‘zgarishlar qaytar o‘zgarishlar deyiladi, ular fitotsenozlarning o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Fitotsenozning almashinuvi deganda bir turdagi o‘simliklar o‘rniga boshqa turdagi o‘simliklarning kirib kelishiga, shuningdek fitotsenozlarning boshqalari bilan almashinuviga olib keladigan qaytmas o‘zgarishlar — almashunuvlar yoki suksessiyalar tushiniladi. Suksessiya — lotincha suksessio vorislik degan manoni bildirib, o‘simliklarni almashinishi bir fitotsenozning shu joyiing o‘zida boshqa bir fitotsenoz bilan almashinishi, ya’ni o‘simlik jamoasining navbatlanishi, gallanishi demakdir. Ba’zi adabiyotlarda berilishicha suksessiya deganda o‘simliklar dunyosida juda katta masshtabda emas aksincha ancha kichik maydonlarda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni tushunamiz
V.N.Sukachev “Fitotsenologiyaningbir qancha asosiy masalalari” (1950) asarida fitotsenozning almashinishini quyidagi gruppalarga bo‘ladi.
Singenetik almashinish — biror bir yangi muhitga o‘simlik turlarining yangidan kirib borishi bo‘lib, qumloqlarda, toshloqlarda, daryo o‘zanlarida ro‘y beradi. Bunda turlar bir-birlari bilan tuproq, atmosfera muhitida o‘zaromunosabatda bo‘lib, moslasha boradi. Bu yerda yangidan tuproq-o‘simlikmuhiti tashkil topa boshlaydi. Ba’zi fizgeografik va floristik tumanlarda singenitik o‘zgarishlarning o‘tishi boshqa joylardagidan keskin farq qiladi. Xususan sernam muhitli joylarda bu jarayon butunlay o‘ziga xos bo‘ladi. Singenetik ikkilamchi ekotopda sodir bo‘lsa, u dastlabki mavjud bo‘lgan fitotsenoz tiklanguncha davom etadi va suksession qator tarzida kechadi. Ba’zan o‘rmondagi daraxtlarning yoshga bog‘liq almashunuvlari ham singenetik almashinuvga misol bo‘ladi.Singenetik o‘zgarishlar ba’zan ancha tez, ba’zan esa haddan tashqari sekin (asriy) sodir bo‘ladigan jarayondir. Bunga siyrak o‘simliklar qoplamiga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo cho‘llarini misol qilish mumkin. Bunday bo‘lishining sababi haroratning yuqori bo‘lishi va suvning yetishmasligidir. Tabiiyki bunday sharoitda turlar soni va indivitlar zichligi ancha kam bo‘ladi.
Endoekogenetik almashinish buo‘zgarishlar singenetik o‘zgarishlarning keyingi bosqichi bo‘lib,bunda jamoa o‘zining malum bir qat’iy muhitiga ega bo‘ladi. Uning navbatdagi o‘zgarishi jamoaning yangidan muhit hosilqiluvchi o‘zgarishini ifodalaydi. Endoekogenetik almashinish deganda, fitotsenoz o‘zi yashab turgan sharoitni — fitotsenozning ichki muhitini o‘zi tomonidan o‘zgartirilish natijasida kelib chiqadigan almashinuvga tushiniladi. Klements aytganidek, fitotsenoz o‘z tabiatidan kelib chiqadigan sabablarga ko‘ra rivojlanadi, yetiladi va nobud bo‘ladi va boshqa fitotsenozga o‘rin bo‘shatib beradi.
Ekzoekogenetik almashinish — bu jamoaga tashqaridan bo‘ladigan tasodifiy hodisalar orqali ta’sir ko‘rsatiladi. Hashoratlarning ko‘payib ketishi, yer ko‘chkilarining hosil bo‘lishi, yer surilishi kabi hodisalar ro‘y beradi. Bazanbunga inson ta’sirini ham kiritish mumkin. Masalan yong‘inlarbo‘lishi, yoppasiga kesish, surunkali chorva mollarini boqish va hakozolar. Ekzoekogenetik almashunuvlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
a) klimatogen (iqlimiy), b)geomorfogen, d) edafogen, e) zoogen, f) antropogen.
Klimatogen almashinuvlar. Bu almashunuvni iqlimiy almashunuv ham deb ataladi. Iqlimiy o‘zgarishlar natijasida fitotsenozning ma’lum bir qismi o‘zgarishi ham mumkin. Ba’zan to‘liq o‘zgaradi. Masalan uchlamchi davr oxirida iqlimning sovub ketishi natijasida o‘sha davr florasining juda kambag‘allashb ketishiga asos bo‘lgan. Natijada florada faqatgina sovuqqa chidamli turlar hukmron bo‘lib qolgan.
Geomorfogen almashinuvlar. Bu almashunuv Yer shari landshaftining o‘zgarishi bilan bog‘liq. P.D.Yaroshenko fikriga ko‘ra bu xil o‘zgarishlar tog‘ massivlarining ko‘tarilishi, yer qobig‘ining to‘lqinsimon tebranishi natijasida kelib chiqadi. Tog‘ massivlarining ko‘tarilishi natijasida iqlim ham o‘zgaradi, shu bilan birga balandlik pog‘onalari ham shakllanadi.
Edafogen almashinuvlar. Edafogen almashinuvlar tuproq muhitining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi.
Zoogen almashinuvlar. Hayvonlar natijasida bo‘ladigan almashunuvlar. Bunga yaylovlarning degradasiyaga uchrashi yaxshi misol bo‘la oladi. Bundan tashqari ba’zi bir turlarga turli xil kasalliklarning yuqishi natijasida nobud bo‘lishi ham misol bo‘la oladi.
Antropogen almashinuvlar inson ta’sirida ro‘y beradigan almashinuvlardir.
Sukachev (1954) jamoada o‘simliklar almashinuvini yana bitta turga ko‘paytiradi. Gologenetik almashinish — bu jarayon ancha katta maydonlarni o‘z ichiga olib, jamoada turlar tarkibi ham keskin o‘zgaradi. Bunday almashinish iqlim sharoitining keskin o‘zgarishi natijasida, daryo sohillarining, o‘zanining almashinishi, vodiylarning kengayishi, kuchli to‘fonlarning bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Bu o‘zgarishda o‘simliklarqoplamining keskin almashinishi katta maydonlarda ba’zan birmintaqa va davlatlarda ham bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar qoplamining o‘zgarishini va almashinishini Yaroshenko (1961) ikki gruppaga bo‘ladi. Tabiiy ravishda bo‘ladigan almashinish. Bu ham o‘z navbatida ikkigabo‘linadi: a) doimiy ravishda bo‘ladigan o‘zgarishlar; b) tasodifiy ravishda bo‘ladigan almashinish.
Antropogen omil ta’sirida bo‘ladigan almashinish. Bu ham o‘znavbatida ikkiga bo‘linadi; a) doimiy bo‘ladigan almashinish; b) tasodifiy bo‘ladigan almashinish. Doimiy ravishda bo‘ladigan o‘zgarishlar har ikkala holda ham ma’lum bir qonuniyat asosida ro‘y beradi. Inson xo‘jalik faoliyati uchun o‘simliklar olamida rejali, samarali, tejamkorlik bilan foydalanishi lozim. Tasodifiy almashinishni “halokatli” almashinish deb ham atash mumkin. Sababi tasodifiy almashinish doimiy ravishda halokatli tugaydi. Iqlimning keskin o‘zgarishi, kuchli suv toshqinlari, yerning tektonik harakati kabi hodisalar tasodifiy ro‘y beradi.



Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish