Tarixiy omillar. Yerda tiriklikning belgisi namoyon bo‘lganiga ikki yarim milyard chamasida yil bo‘lgan bo‘lsa, shu davrda o‘simliklar olamida ham ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y bergan. Turli xil o‘zgarishlar jumladan, iqlim o‘zgarishlari, geologik o‘zgarishlar natijasida juda ko‘p turlar yo‘q bo‘lib ketgan. Bugungi kunda istalgan o‘simlik turini topish mumkin emas. Ularni faqatgina qazilma holida topish, uchratish mumkin. Planetamizda o‘simliklar qoplamining shakllanishini ilmiy asosda o‘rganishda tarixiy geologik omillarning roli katta.
Savollar:
Abiotik omillarga nimalar kiradi?
Yorug‘ sevar o‘simliklar nima deb ataladi?
Termofil o‘simliklarga misollar keltiring.
Kserofitlar qanday sharoitdao‘sadi?
Anemoxoriya nima?
Qumli tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar nima deb ataladi?
O‘simliklarning o‘simliklarga o‘zaro ta’siri nima deb ataladi?
Hayvonlarning o‘simliklarga ta’sirini nima deb ataladi?
Antropogen omillarga misollar keltiring.
4-mavzu. Fitotsenozda turlar orasidagi o‘zaro munosabatlar.
Reja:
Bevosita munosabatlar.
Bilvosita munosabatlar.
Tayanch ibora va atamalar: parazitik, simbioz, fiziologik, bioximiyaviy, mexanik, epifitlik munosabatlari.
O‘simliklar jamoasida turlarning o‘zaro munosabatlarini botaniklar bir qancha tizimga bo‘ladilar. Geobotanik olimlardan V.N.Sukachev (1950), A.A.Korchagin (1956) tizimlari bir xil ko‘rinishda ifoda etilgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita munosabatlar. Bunga parazitik, simbiotik, fiziologik, bioximiyaviy, mexanik, epifitlik munosabatlar misol bo‘la oladi.
Parazit organizmlar, parazitik munosabatlar to‘g‘risida botanika fanidan yetarli ma’lumotga egamiz. Parazit tur ikkinchi tur o‘simlikka zararli ta’sir ko‘rsatadi, ularga zarpechak (Cuscuta approximate. Robingt), shumg‘iya, devpechak (Sissi1a lehmanniana. Bdl) kabi turlar kiradi. Shu bilan birga chala parazit turlar ham mavjud bo‘lib, deyarli barcha yashil o‘simliklardan to‘liq bo‘lmasdan ikkilamchi oziq manbai sifatida foydalanadi. Tuban o‘simliklardan bo‘lgan zamburuglar yuqori o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi.
O‘simliklar olamida o‘zaro birikib yashovchi turlar ham borki, bular bir-biriga zarar yetkazmasdan o‘zaro hamkorlikda yashaydi. Bunday organizmlarni simbioz organizmlar deyiladi. Misol uchun zamburug‘lar, suv o‘tlari va lishaynik bilan, tuganak bakteriyalar dukkakli o‘simliklar — mosh (Rhaseolus aureus Poxb), no‘xat (Cicer arietinura I yoki Pisum sativum L), beda (Medicago sativa L.) kabi turlarning ildizida yashaydi. Bunday hodisani mutalizm ham deyiladi.
Bioximiyaviy munosabatlar. Bioximiyaviy munosabatlar jamoada o‘sadigan har bir turda ro‘y berib, o‘simlikning har xil organlarida oziqlanish miqdori va turiga, quyosh energiyasiga, yoruglikning tushishi darajasiga qarab har xil namoyon bo‘ladi. Jamoadagi yuksak o‘simliklar o‘rtasida bioximiyaviy jarayon allelopatiya deb atalib, bu fitotsenozda birga yashovchi o‘simliklarning har bir turi o‘zidan har xil moddalar ajratib chiqarishi bilan bir-biriga ta’sir etishidir. Yuksak o‘simlik turlaridan ajralib chiqqan moddalar kolin deb atalib, boshqa tur yuksak o‘simliklarga u yoki bu darajada ta’sir etadi. Kolinlar o‘simliklar ishlab chiqqan fitonsitlardan tubdan farq qiladi. Fitonsitlar mikroorganizmlarga antibiotik sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Archazor o‘rmonlardan ajraladigan fitonsitlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Jamoadagi mikroorganizmlar marazminlar nomli moddalar ishlab chiqaradi. Bir turdagi mikroorganizmlar ishlab chiqargan antibiotiklar boshqa turdagi mikroorganizmlarga va yuksak o‘simliklarga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jamoada o‘sadigan o‘simlik turlarning ildiz sitstemalari ham har xil moddalar ishlab chiqadi. Misol uchun sirka kislota, chumoli kislota, otquloq kislotasi, qand, aldegidlar, etilen spirti, aminokislotalar, alkoloidlar, vitaminlar kabi moddallar o‘simliklar qoplamining bioximiyaviy tarkibini keskin o‘zgartiradi. Bu ajralmalar o‘simliklarga salbiy hamda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Misol tariqasida shuni ko‘rsatish mumkinki, kartoshka ekilgan maydonning qator oralariga, pomidor ekinining qator oralariga piyoz ekish, bu ekinlarning fitoftora zamburug‘i bilan kasallanish darajasini kamaytiradi. Ma’lumki piyoz o‘zidan fitonsit moddasi ishlab chiqaradi. Aksincha, uzumzorga yaqin ekilgan karamlarda kasallanish darajasi yuqori bo‘ladi. Bunga sabab shuki uzumdan ajralib chiqqan kolin moddasi karamga zarar yetkazadi.Bunday hodisalarni pishib yetilgan mevalarni saqlashda ham kuzatiladi. Masalan uzum va olmani behi bilan birga saqlash turli xil kasalliklarni ketirib chiqaradi va mevalarni chiritadi.
O‘simliklar qoplamida bir turning boshqa turlarga mexanik ta’sir etuvchi munosabatlari ham mavjud. Jamoadagi har bir tur o‘ziga yaqin turgan boshqa turga yer osti organlari va yer usti organlari bilan ham katta mexanik ta’sir ko‘rsatadi. Natijada jamoadagi turlararo va tur ichida yashayotgan joyning tuproq namligi, unumdorlik darajasiga, yorug‘likka, issikdikka nisbatan kuchli raqobat bo‘ladi. Jamoadagi turlar ichida epifitlik munosabatlar ko‘plab uchrab bunday hol o‘rmon o‘simliklarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bir turga mansub o‘simlik ikkinchi bir tur o‘simlikka, ayniqsa yirik o‘rmon daraxtlar ustida boshqa tur o‘simlik o‘sadi. Bunda bir tur ikkinchisiga parazitlik qilmaydi, faqat substrat sifatida foydalanadi. Yirik, ko‘p yillik yongokzorlardagi yong‘oqlarnish ozgina yoriqlarga chang zarrachalarining tushishi, shamol va qushlar yordamida boshqa turlarning urug‘i tushishi natijasida shu yerda ildiz chiqarib rivojlanishiga imkon yaratadi.
O‘simliklar qoplamidagi bilvosita munosabatlarga muhit hosil qilish va raqobat kirib, bular barcha fitotsenozlarda doimiy mavjud bo‘ladi. Bunday muhitni tog‘ o‘rmonlarida, zax muhitdagi fitotsenozlarda yaqqol ko‘rish mumkin. Fitotsenozdagi turlar o‘rtasida raqobat muhitni tashkil etishda to‘liq namoyon bo‘ladi. O‘rmondagi yirik daraxtlar shu yerda o‘suvchi butalarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga daraxtlardan to‘kilgan barglar tuproqning tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Fitotsenozdagi buta va o‘t o‘simliklar, mikroorganizmlar ham tuproqning tarkibiga hamda muhitga o‘ziga xos ta’sir qiladi. Barqaror jamoadagi turlar doimiy ravishda bir-birlari bilan kuchsiz raqobat qiladi, Agar jamoada yangi turlar ko‘p bo‘lsa bu yerda raqobat kuchli bo‘ladi. Umuman jamoada raqobat, muhit tashkil etishga nisbatan ancha murakkabdir. Raqobat turlar aro va tur ichida bo‘ladi. Turlar aro raqobat jamoaning barqarorligiga va turlar miqdoriga bog‘liq holda yuzaga keladi. Qisqa muddat davom etadigan jamoalarda bir turga mansub individlar o‘rtasida juda kuchli raqobat namoyon bo‘ladi. Ekologik xususiyatlarni namoyon etishda fitotsenozdagi har bir tur o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |