1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja



Download 288,84 Kb.
bet48/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

TAVSIYANOMA

Sohibova Gulchehra filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan paytdan (2017-yil) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men G.Sohibovani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar kengashi, fakultet ma’muriyati, o‘zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o‘zbek tilshunosligining dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o‘rta umumta’lim maktablarida o‘rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O‘tgan shu qisqa davr ichida u o‘zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko‘rsatdi. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi G.Sohibovaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda uning nomzodini magistraturada o‘qishga tavsiya etaman.

Fakultet guruh murabbiyi: MARDONOV B.M.

2018.16.05.


MA’LUMOTNOMA

Biror tashkilot, korxona yoki muassasada bo`lgan voqea, mavjud holatlarni aniq dalillar asosida tasdiqlash yoki ular haqida talab etilgan joyga ma’lumot berish maqsadida tuziladigan, shuningdek fuqarolarning ish joyi, lavozimi, oylik maoshi miqdori, o`qish joyi, mutaxassisligi, kursi, yashash joyi, turmush sharoiti, oilaviy ahvoli kabilar to`g`risida ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat. Ma’lumotnomalar ham mazmuni va vazifasiga ko`ra ikki turga bo`linadi:

1. Xizmat ma’lumotnomalari. 2. Shaxsiy ma’lumotnomalar.

Xizmat ma’lumotnomalari korxona yoki muassasa faoliyatiga oid voqea-hodisalar, mavjud holat, ishlab chiqarish va boshqa sohalar bo`yicha turli-tuman ma’lumotlarni qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan boqg`iq xizmat ma’lumotnomalarini qamrab oladi. Korxona, tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan bog`liq xizmat ma’lumotnomalari talab etilayotgan mavzu doirasidagi dalillar, raqamlar, ma’lumotlar asosida tuziladi.

Shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarning ayrim turlari korxona, muassasa, tashkilot, qishloq va mahalla kengashlari tomonidan avvaldan tayyorlab qo`yilgan andozalarga to`ldirib beriladi. Ularga tegishli ma’lumotlar qayd etilib, imzolanadi va muhr bosiladi. Bunday andozalarning qulayligi shundaki, uning o`zida qaysi tashkilot tomonidan berilayotganligi yozib qo`yilgan bo`ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda fuqaro o`qiyotgan o`quv yurti, ishlayotgan korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati, yashayotgan joyi bo`yicha mutasaddilar tomonidan uning qayerda, qaysi fakultet, bo`lim, kursda o`qishi, qayerda va kim bo`lib ishlashi, oylik maoshi, yashash joyi, uy-joy sharoiti, moddiy-maishiy ahvoli, oila a’zolari va boshqa shu kabilar to`g`risida ma’lumot berilib, mavjud holat tasdiqlanadi. Shuningdek, tibbiy muassasalar ham shaxsning salomatligi yoki betobligi haqida shaxsiy mazmundagi ma’lumotnomalarni berishlari mumkin.

Shaxsiy ma’lumotnomalarning zaruriy qismlari:

- ma’lumotnoma beruvchi tashkilot nomi, uning manzili;

- ma’lumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;

- hujjat nomi - ma’lumotnoma;

- ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

- matn (unda tasdiqlanayotgan voqea, dalillar, ma’lumotlar, holat qisqa ravishda bayon etiladi);

- hujjatning qayerga taqdim etilishi haqidagi qayd, ma’lumotnomani tasdiqlovchi mutasaddilarning lavozimi, familiyasi, ismi, imzosi va muhr.



Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish