1-mavzu. Kirish. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati Reja


Agar buyumning chuqurligi eni va balandligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilish qanday nomlanadi?



Download 0,59 Mb.
bet11/51
Sana01.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#476320
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
1.15 Техник ижодкорлик ва дизайн

3. Agar buyumning chuqurligi eni va balandligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilish qanday nomlanadi?

  1. Frontal B*Fazoviy Gorizontal

  2. Vertikal

  3. Ob’ekt

Mavzuni mustahkamlash uchun savollari

  1. Ijodkorlik faoliyatiga oid keltirilgan tushunchalarni soddadan murakkabga tomon o‘sib boruvchi ketma-ketlikda joylashtirib chiqing.

  2. O‘zingiz tanlagan istagan 3 ta tushunchaga yordamchi adabiyotlardan foydalanib muqobil ta’riflarni toping.

  3. Ta’riflarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning takomillashgan variantini taklif qiling.

3-mavzu. Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari
Reja:
1. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati.
2. Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari.
3. O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari.
4. o‘quvchilar ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari.
5. Texnik ijodkorlik jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish.


1. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati.
Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fransuz olimi A.Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan, u «Fanning o‘zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo‘lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi.
Ijodkorlikni amalga oshirish davrlari va uning bosqichlari to‘g‘risida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini bildirganlar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M. Born quyidagilarni yozadi: «… men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq hisoblanib, unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma’lum bo‘lgan hodisaning real obrazi o‘zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir…». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Lever’elarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan N’yuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi».
Ikkinchi tip ixtiroga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan Quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi kiradi. Bu, inert va gravitatsion massaning praporsionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M. Bornning ta’biricha «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o‘tishda, shuningdek nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog‘liqligi, ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin. Psixologik lug‘atda intuitsiya - "paydo bo‘lish yo‘llari va shartlari anglanmagan xolda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko‘ra sub’ekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo‘ladi" deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo‘luvchi asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning fikrimizcha ko‘ra intuitsiya - bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish