1-mavzu. Kirish. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati Reja


O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi



Download 0,59 Mb.
bet19/51
Sana01.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#476320
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
Bog'liq
1.15 Техник ижодкорлик ва дизайн

5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq sanoat mulki ob’ektlarini muhofaza qilish soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi sanoat mulk ob’ektlarga talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, ushbu Qonunning qo‘llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Patent idorasining faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashning manbai Davlat byudjeti mablag‘idan patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan xaqdan iboratdir.
Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jixatdan muhofaza qilish. Sanoat mulki ob’ektiga bo‘lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo‘ladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi (patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.
Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki ob’ektini yaratgan bo‘lsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga bo‘lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan shaxsga beriladi.
Ob’ekt muallifi, basharti o‘zining ob’ektiga nisbatan g‘ayrihuquqiy ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan, yohud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olingan bo‘lsa sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma o‘ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir.
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilganidan keyin, patent esa, ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng beriladi.
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentining haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq xuquqini tasdiqlaydi.
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini, patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Patentning huquqiy muxofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi.
Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki ob’ektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi.
Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida» qonun qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa o‘n yil mobaynida amal qiladi.
Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.
Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’ekti patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgadan so‘ng berilishi mumkin.
Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi.
Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib boriladi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish