1-mavzu. Kirish: akademik yuridik yozuv uslubi, ahamiyati, boshqa yozuv turlaridan farqi. Funksional uslublar. Rasmiy uslub leksikasi Mavzuning asosiy masalalari


Bu uslubning qanday asosiy xususiyatlari bor?



Download 30,73 Kb.
bet3/4
Sana03.06.2022
Hajmi30,73 Kb.
#631876
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU MATNI

Bu uslubning qanday asosiy xususiyatlari bor?
Rasmiy uslub, asosan, yozma; ba’zan og‘zaki shaklda voqe bo‘ladi. Bu uslubning asosiy xususiyatlari:
1. Aniqlik. Odatda, bunday hujjatlar tilida hech qanday noaniqlik, g‘alizlik, ortiqcha izohtalab o‘rinlar bo‘lmaydi. Fikr, mazmun sodda, lo‘nda, tushunarli ifodalanadi:
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarning birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 13-modda).
2. Qolip. Fikr tayyor holdagi nutqiy shtamplar-qoliplashgan birikmalar yordamida bayon etiladi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi ...moddasining birinchi qismiga muvofiq..., Fuqarolik Kodeksining ...moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi; ...orden bilan mukofotlanadi, ... “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin Yulduz” medali topshirilsin; ...rasmiy vizit bilan tashrif buyurdi, ...ozodlikdan mahrum etildi, ...amnistiya e’lon qilinsin kabi qoliplashgan ifodalar rasmiy uslubga xosligi bilan ajralib turadi. Rasmiy uslubga xos bo‘lgan bunday qoliplashgan nutqiy ifodalarning qo‘llanilishi ijobiy holdir. Chunki rasmiy uslubni ma’lum bir oborotlar asosida shakllantirish va takomillashtirish huquqqa oid, diplomatiyaga oid tushunchalarning tez va yengil tushunilishiga, fuqarolar tomonidan oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi, ularning ongiga qonun va qonun osti hujjatlarining mazmun va mohiyati tez yetib borishiga ko‘maklashadi. Shu sababdan rasmiy uslub yoki qonunlar tilini ma’lum bir oborotlar (qurilmalar) asosida qoliplashtirish zarur. Huquqiy me’yorlarni ifodalashda mumkin qadar shunday tayyor holdagi qoliplashgan ifodalardan foydalanish lozim. Lekin bunday qoliplashgan ifodalarni adabiy til va uning tarkibiy qismi bo‘lgan yuridik til me’yorlariga muvofiq qisqa va aniq tarzda tuzish kerakki, oddiy fuqaro ham tez o‘zlashtirib olishga erishsin. Ayniqsa, qonunlar va ularning moddalarini tayyorlashda bunday birikmalarni qo‘llash tartibini qat’iylashtirish zarur.
Rasmiy uslubga xos hujjatlarni xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Yuridik munosabatlar doirasidagi hujjatlar: qonun, kodeks, hukm, farmon, farmoyish, qaror, nizom va b.
Ma’muriy-idoraviy doiradagi hujjatlar: buyruqlar, ariza, tavsifnoma, tarjimayi hol, ma’lumotnoma, tilxat va b.
Diplomatik munosabatlarga oid hujjatlar: bitim, bayonot, nota, kommyunike, memorandum, konvensiya, deklaratsiya va b.
Bu hujjatlarning barchasi o‘ziga xos lisoniy xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, mazkur hujjatlarda til ikki xil vazifani bajaradi. 1) informativ (axborot berish); 2) volyuntativ (buyurish). Jumladan, ma’lumotnoma rasmiy guvohlik belgisiga ega bo‘ladi va unda xabar berish vazifasi amalga oshadi. Buyruq, qaror va farmonda buyurish vazifasi amal qiladi. Bayonnomalarda esa buyurish (zimmasiga yuklansin, bajarilsin, tasdiqlansin...) ma’nosidan tashqari, axborot berish (eshitildi, tinglandi, muhokama etildi) vazifasi ham o‘z in’ikosini topadi. Ariza iltimos, shikoyat ma’nolarini bildiradi.
Rasmiy uslub dialektizmlardan, jargonlardan, kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlardan, jonli so‘zlashuv nutqi elementlaridan xoli bo‘ladi. Tasviriy vositalar, obrazli so‘zlar bu uslubda qo‘llanilmaydi. So‘roq, undov, modal so‘zlar nihoyatda kam qo‘llaniladi.
Rasmiy uslubda har doim rasmiylik ma’nosi ustun turadi. Tildagi rasmiy uslub uchun xos bo‘lgan so‘zlar va qoliplashgan barqaror iboralar, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllar hujjatlar tiliga xos leksik-grammmatik xususiyatlar hisoblanadi. Masalan, muhokama qilindi, qaroriga muvofiq, ma’lumot uchun qabul qilinsin, ruxsat berishingizni so‘rayman, ishonch bildiraman, tadbirlar ishlab chiqilsin, zimmasiga yuklansin kabi.

Download 30,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish